Jizzaxda IIB xodimining o‘z ko‘kragiga o‘q uzib, vafot etgani haqida “Huquq va iste’molchi” gazetasida chop etilgan maqola yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 2020-yil 29-avgust kuni soat, taxminan, 09:40 larda yuz bergan. Do‘stlik tuman IIB ma’muriy binosining nazorat o‘tkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bo‘lgan marhum Sh.B. o‘ziga biriktirilgan “Makarov” nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan ko‘krak qismiga bir marotaba o‘q uzib, tan jarohati olgan.
Shu sababli u tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan, soat 10:30 larda vafot etgan.
“Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi prokuratura xabarida.
Izoh (0)