• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning Miraziz Bozorov atrofida bo‘layotgan ishlar to‘g‘risida Twitter’dagi postlari haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi” — IIV

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi so‘nggi vaqtlarda ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan LGBT mojarosi va Miraziz Bozorov atrofidagi hodisalar to‘g‘risida Twitter’da tvitlar qoldirayotgan xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaga raddiya e’lon qildi.

    Raddiya matni quyida to‘lig‘icha keltiriladi.

    Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning faollari va jurnalistlar tomonidan Toshkent shahrining Amir Temur xiyobonida sodir etilgan tartibsizliklar, fuqaro Miraziz Bozorovning ig‘voli chiqishlari hamda unga nisbatan noma’lum shaxslar tomonidan yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida jinoyat ishi ochilganligi keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

    Ushbu ‘ko‘pkari’ga yurtimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy vakillar va jurnalistlar ham qo‘shilgan. Biz e’tiborni 2021-yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tib, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Al Jazeera xalqaro OAVning muxbiri Agneshka Pikulitska (Agnieszka Pikulicka)ga qaratmoqchimiz.

    Jurnalist 2021-yilning 29-martidan boshlab M.Bozorov atrofida bo‘layotgan voqealarga noxolis yondashib, o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aslida ro‘y bermayotgan voqealarni yoritib kelmoqda.

    Masalan,

    ‘Mening yigitimni maxsus xizmatlar so‘roq qilishyapti, (u jurnalist emas, faol emas, faqat kecha men bilan kasalxonada bo‘lgan). Bu noto‘g‘ri yo‘l. Hurmatli maxsus xizmatlar, sizlar odamlarga o‘ldirish bilan tahdid qilayotgan radikallar bilan ishni hal eting’.

    My boyfriend is now being questioned by the security services (he is not a journo/activist but he was with me in the hospital yesterday). That's quite an unfortunate move. Dear security services, you better go after the radicals who are sending ppl death threats #Uzbekistan

    — Agnieszka Pikulicka (@Aga_Pik) March 29, 2021
    Maxsus xizmatlar geylarni faol qidirishmoqda. Odamlarning rasmlarini ko‘rsatib, ularni geylikda gumonlashyapti. Odamlarga LGBT jamoasi haqida ma’lumot tarqatishlik haqida bosim o‘tkazishyapti. Ertaga boshqalar ham so‘roq qilinadi. Bu yangi O‘zbekiston.

    The security services are now actively searching for gay men. Showing pictures of individuals they suspect of being gay and putting immense pressure on people to give away info about the LGBT community. More people will be questioned tomorrow. This is the new #Uzbekistan.

    — Agnieszka Pikulicka (@Aga_Pik) March 29, 2021
    Men bilaman, maxsus xizmatlar mening do‘stlarimdan geylar haqida so‘rashyapti. Xorijlik bo‘lganim uchun meni so‘roqqa chaqirishmadi. Ishoning, bu yalmog‘izlarga ov!

    Darling, I know this for a fact. My friends are being questioned by the security services about gay people. They didn’t called me for questioning just because I’m a foreigner. Believe me, it’s a witch hunt

    — Agnieszka Pikulicka (@Aga_Pik) March 29, 2021
    Men uning (M.Bozorovning) provokatsiyalari haqida bilaman. Lekin bu uning oyog‘ini sindirishga bahona emas. Uning gapiga biz shubha bilan qaraymiz. Endi barcha, undan shifoxonada xabar olgan odamlar LGBT jamoasiga aloqadorligi haqida savol tug‘ilmoqda. Mening yigitim sinib, qaytib keldi.

    I am aware of his provocations. Still, it’s not a reason to break his leg. Now all the people who visited him in the hospital - and trust me, most of us have reservations about what he says - are being questioned about the LGBT community. My boyfriend came back broken

    — Agnieszka Pikulicka (@Aga_Pik) March 29, 2021
    Mening bir do‘stim hozir DXXda, 4 yoki 5 soatdan beri. Boshqasini ertaga chaqirtirishyapti.

    Спасибо! Один друг сейчас в СГБ, уже 4 или 5 часов. Другого вызвают завтра 😞

    — Agnieszka Pikulicka (@Aga_Pik) March 30, 2021
    Niqoblangan holdagi shaxsiy adovati yoki hissiyotini bayon etayotgan mazkur jurnalist ma’lumotlarni go‘yoki O‘zbekistonda ro‘y berayotgan ‘salbiy axborot’ sifatida bir qator xorijiy internet nashrlariga tarqatgan.

    Vaholanki, ushbu ma’lumotlar haqiqatga mutlaqo mos kelmaydi hamda mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi organlarini obro‘sizlantirishga qaratilganligining yaqqol misoli.

    Muxbir Agneshka Pikulitska o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi majburiyatini unutib, axborotni buzib talqin etib va soxtalashtirib tarqatgan. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari erkinligini suiiste’mol qilgan.

    O‘zining harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining ‘Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida’gi qonuni 6-moddasi, ‘Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida’gi qonuni 7-moddasi hamda ‘Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida’gi qonuni 6-moddasi talablarini buzgan.

    Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotni tarqatib, fuqarolarimizning ongini chalg‘itish, davlat organlari faoliyatiga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otish hamda xorijiy ommaviy axborot vositalariga noxolis ma’lumotlar yetkazib, yurtimiz haqida salbiy fikr shakllanishiga sababchi bo‘lishdan bu ayolga nima naf?

    Bu masalaga yana qaytamiz.

    IIV matbuot xizmati

    Ma’lumot uchun, 1-fevral kuni polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska Rustam ismli TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini, shuningdek, anchadan buyon TIVda akkreditatsiya ololmayotganini ma’lum qilgandi. TIV bunga 2-fevral kuni munosabat bildirib, polshalik jurnalistdan uzr so‘radi va unga tegajog‘lik qilgan xodimini ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi, 3-fevral kuni esa unga akkreditatsiya berdi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir jinsli munosabatlarning qonuniylashtirilishiga qarshi bo‘lgan faollar 28-mart kuni o‘z noroziliklarini bildirish maqsadida Toshkent markazidagi Amir Temur xiyoboni oldida to‘plangandi. Keyinroq Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati LGBT faollariga qarshi norozilik holatidan so‘ng 12 kishi ushlanganini ma’lum qildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sherbek Bo‘ronov, Gulbahor Saydg‘aniyeva va Gulruh Agzamova so‘nggi kunlarda Toshkentda yuz bergan voqealarga o‘z munosabatlarini bildirdi.

    Deputat Alisher Qodirov LGBT targ‘ibotiga qarshi “yumshoq jazo”ni kuchaytirishga, Rasul Kusherbayev esa provokatorlarga chora ko‘rishga chaqirdi. Keyinroq LGBT huquqlarini himoya qilgan bloger Miraziz Bozorov o‘z uyi oldida do‘pposlab ketilgani ma’lum qilindi.

    Ushbu mojarolar haqida 30-mart kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham munosabat bildirib, xalqaro tashkilotlarni O‘zbekiston yoki boshqa har qanday davlatga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishga chaqirdi. AOKA esa LGBT mojarolari hamda shu bilan bog‘liq voqealar yuzasidan bloger va ijtimoiy tarmoq faollariga murojaat qildi.

    Bundan tashqari, BMT Toshkentda sodir bo‘lgan “xavotirli voqealar”ni xolis tergov qilishga chaqirdi.

    02.04.2021, 00:59   Izoh (0)   42454
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda boshlangan vaksinatsiya, maoshidan norozi shifokorlar, Birinchi raqamli bortdagi prezident. 1-aprel suratlari

    01.04.2021, 23:58

    O‘zbekistonda vaksinatsiyaning birinchi kunida qancha fuqaro emlangani ma’lum qilindi

    01.04.2021, 23:58

    Paxtachida sel buzib yuborgan “yap-yangi qurilgan” ko‘prik aslida 50 yillik eski ko‘prik ekani ma’lum qilindi

    01.04.2021, 23:46

    Erkinjon Turdimov: “Samarqand millionli shahar bo‘ladi”

    01.04.2021, 23:22

    Namanganda 200 nafardan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi. Ular safida 87 yoshli otaxon ham bor

    01.04.2021, 23:10

    Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning Sirdaryo modelini barcha hududlarda joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

    01.04.2021, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.