O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2023-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston boks federatsiyasining xabar qilishicha, Toshkent bo‘lib turgan AIBA rahbari Umar Kremlyov 2-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda rasman ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilgi Jahon chempionatiga Serbiyaning Belgrad shahri mezbonlik qiladi.

2019-yilda esa mazkur musobaqa Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgandi. O‘zbekistonlik bokschilar ushbu musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, Bahodir Jalolov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!