• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Foto: Hind kinosanoatidagi mashhur opa-singil va aka-ukalar

    Bollivud yulduzi sifatida yaxshi tanish bo‘lgan tug‘ishgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Sanni va Bobbi Deollar

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Dxarmendraning Hema Malinidan avval ham turmushi bo‘lgan. Birinchi rafiqasi Prakash Kaur Sanni va Bobbi Deollarni dunyoga keltirgan. Aksariyat yulduzlar singari aka-ukalar ham kinosanoatda karyera qilishga qaror qilgan. Bobbi akasidan avvalroq suratga tushgan hamda “Sevgining abadiy ertagi” filmida otasining bolaligi rolini ijro qilgan. “Sevgining kuchli” filmida debyut rol ijro qilgan Sanni esa shundan keyin faol suratga tusha boshlagan. Bir qancha loyihalarda ishtirok etganiga qaramay, Bobbi akasicha, kinosanoatda muvaffaqiyatga erisha olmagan. Vaqt o‘tishi bilan Sannining o‘zi film suratga olishni boshlagan va ukasiga ham ijro qilish uchun rol berishga harakat qilgan.

    Kajol Devgan va Tanisha Mukerji

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Tanuja va Shomu Mukerjining farzandlari ham ota-onasi singari san’atni tanlagan. 1975-yilda dunyoga kelgan Kajol 16 yoshida “Haqiqiy sevgi” filmida suratga tushgan. Filmlari muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa har bir ijrosidan keyin mashhurlikka erishib borgan. Ajay Devgan bilan suratga olish maydonchasida tanishgan juftlik turmush qurishga qaror qilgan. 20 yildan buyon birga yashaydigan yulduzlarning ikki nafar farzandi bor. Aktyor va aktrisaning har ikkalasi ham vaqtini oilasiga bag‘ishlashga hamda faoliyatini ham tashlab qo‘ymaslikka harakat qiladi. Ilk marta 2003-yilda suratga tushgan singlisi Tanisha esa Kajolchalik mashhurlikka erisha olmagan. Muxlislar, tomoshabin va OAV ularni taqqoslab, Tanishani iste’dodi yo‘q deb atagan.

    Nutan Bexl va Tanuja

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Shobxna Samart va Kumarsen Samartning farzandlari Tanuja va Nutanni muxlislar yaxshi taniydi. Ilk bor 1950-yilda suratga tushgan Nutan “Sima” filmidagi ijrosi sabab Filmfare mukofotini ham qo‘lga kiritib ulgurgan. Muvaffaqiyatga erishishda davom etayotgan aktrisa 1991-yilda ko‘krak saratonidan vafot etgan. Opasi bilan birga “Bizning qizimiz” filmida debyut rol ijro qilgan Tanuja 1965-yilda “Oy va quyosh” filmida ham suratga tushgan. Bir qancha filmlarda asosiy va ikkinchi darajali qahramonni gavdalantirganidan keyin ikki marta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan. Shomuga turmushga chiqqan aktrisa Kajol va Tanishani dunyoga keltirgan. Ajrashganidan keyin esa qizlarining tarbiyasi bilan band bo‘lgan. Opa-singillar orasida Nudan ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan. 5 marta Filmfare’ni va Padma Shri mukofotini qo‘lga kiritgani esa buning isboti.

    Karishma va Karina Kapur

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Randhir Kapur va Babitaning qizlari ham Bollivudda yetarlicha muvaffaqiyat qozonib ulgurganlardan. 1991-yilda ilk bor suratga tushgan qizlarning to‘ng‘ichi Karishma o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi va qaddi-qomati, yaxshi raqsga tushishi bilan yetarlicha e’tibor tortib ulgurgan. Haqiqiy mashhurlikka 1996-yilda “Radja Hindustani” filmida Amir Xon bilan suratga tushganidan keyin erishgan. Aynan mazkur roli sabab u Filmfare mukofotini “Eng yaxshi aktrisa” sifatida qo‘lga kiritgan. Aktrisa turmushga chiqqanidan keyin faoliyatida ijodiy tanaffus kuzatilgan. 2000-yildan suratga tushishni boshlagan Karina esa “Gohi shodlik, gohi g‘am”, “Men Premning ma’shuqasiman” va boshqa filmlardagi ijrosidan keyin yetarlicha tanilib ulgurgan. Mukofotlar qo‘lga kiritish va mashhurlikka erishish borasida opasidan o‘zib ketgan Kapur xonim Bollivud yulduzi Saif Ali Xon bilan turmush qurgan. Ayni vaqtda ikkinchi marta homilador bo‘lgan aktrisa oilasi va karyerasini muvozanatda ushlashga harakat qiladi.

    Rishi, Randxir va Rajiv Kapurlar

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Krishna Kapur bilan turmush qurgan Raj Kapurning uch o‘g‘il va ikki nafar qiz farzandi bo‘lgan. O‘g‘illari qizlardan farqli o‘laroq san’at bilan hayotini bog‘lashni istagan. To‘ng‘ich farzand Randxir bolaligida “Janob 420”da suratga tushganini aytmaganda, haqiqiy faoliyatini 1971-yilda boshlagan. 1987-yildan boshlab aktyor ijodida o‘n yillik tanaffus kuzatilgan. 1997-yildagi ijrosi esa muvaffaqiyatsiz chiqqan. 1999-yildagi “Ona” filmining natijasi esa unchalik yomon bo‘lmagan. Rishini debyutining o‘ziyoq unga omad keltirgan. “Bobbi” filmidagi ijrosi sabab mashhurlikka erishgan aktyor suratga tushish va ijoddan to‘xtamagan. Nita Singx bilan turmush qurgan o‘g‘liRanbir ham kasb borasida otasidek tanlov qilgan. Millionlab muxlislarning mehriga sazovor bo‘lgan Rishi Kapur 2020-yil 30-aprelda vafot etgan. 1983-yilda suratga tushishni boshlagan Rajiv ham bir qancha urinishiga qaramay, Rishichalik mashhur bo‘la olmagan. U 2021-yil 9-fevral kuni miokard infarktidan vafot etgan.

    Salmon Xon, Arbaaz va Soxail Xon

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Salmon Xonning Arbaaz va Soxail Xon ismli ikki nafar ukasi bor. Ulardan birinchi bo‘lib tabiiyki, Salmon suratga tushishni boshlagan. Debyut roli 1989-yilda bo‘lgan aktyor karyerasining ikkinchi yilidayoq Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan. Rejissorlar uni filmning muvaffaqiyatli chiqishi garovi deb hisoblagan va ijro qilish uchun takliflar soni uzilmagan. Ukasi Arbaaz esa ilk bor 1996-yilda ekranda ko‘rinish bergan. U ham Filmfare’ni qo‘lga kiritgani bilan akasi singari muxlislar qalbidan joy ololmagan. Shundan keyin Arbaaz Productions kinokompaniyasini tashkil qilgan. Soxail Xon akalaridan farqli o‘laroq, karyerasini rejissorlikdan boshlagan. 2002-yilda esa aktyor sifatida ishtirok etgan film taqdim qilingan. Akalari singari kinosanoatda mashhurlikka erisha olmagan Soxail shaxsiy hayotda ulardan omadliroq hisoblanadi.

    Raj, Shammi va Shashi Kapur

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Pritxviraj Kapur va Ramsarning turmushidan 6 nafar farzandi bo‘lgan, ulardan 2 nafari vafot etgan. Bolaligi teatr va suratga olish maydonchalarida o‘tgan Raj nafaqat aktyor, balki rejissor sifatida ham faoliyat olib borgan. Shammi Kapur ham karyerasini “Pritxvi” teatrida boshlagan, 50-yillarda esa kinoda suratga tusha boshlagan. Faoliyati davomida Rajchalik mashhurlikka erisha olmagan Shammi 2011-yilning 14-avgustida vafot etgan. Aka-ukalarning kenjasi Shashi ham karyerasini teatrda rol ijro qilishdan boshlagan. 1961-yil filmda debyut rol o‘ynagan aktyor 70-80-yillarda hind kinosidagi eng yaxshi aktyorlardan biri bo‘lgan. Xorijiy filmlarda suratga tushgan Shashi amerikalik va britaniyalik ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan. Muvaffaqiyat borasida Raj rejissor, Shashi esa aktyor sifatida yetakchi bo‘lgan.

    Saif Ali Xon va Soxa Ali Xon

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Sharmila Tagor Mansur Alixon Pataudi bilan turmush qurgan. Saif Ali Xondan keyin, Soxa Ali Xon dunyoga kelgan. Aktyor sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan Saif Ali Xon 1991-yilda Amrita Singx bilan turmush qurgan. Debyut roli 1993-yilda bo‘lgan aktyor faoliyati davomida bir qancha esda rollar ijro qilgan va nufuzli kinomukofotlar bilan taqdirlangan. Ayni vaqtda ham suratga tushishda davom etayotgan aktyor ishtirokidagi deyarli barcha loyihalar muvaffaqiyatli chiqadi. Singlisi Soxa esa ilk marta 2004-yilda suratga tushishni boshlagan. Kinosanoatda muvaffaqiyatga erisha olmagan Soxa 2015-yilda Kunal Kxem bilan turmush qurgan. To‘yida akasi va uning rafiqasi Karina Kapur ham ishtirok etgan.

    Puja va Aliya Bxatt

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Maxesh Bxattning farzandlari orasida Puja katta, Aliya esa kenja farzand hisoblanadi. Puja 1989-yilda ijro qilgan debyut roli uchun Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1991-yildagi “Yurakka buyruq berib bo‘lmaydi” filmi omadli chiqqan aktrisa 2001-yil muxlislarga so‘nggi marta ko‘rinish bergan. Shundan keyin faoliyatini rejissor va prodyuser sifatida davom ettirgan. Aliya Bxatt esa bolaligida ilk bor 1999-yilda suratga tushgan. O‘smirligidagi debyuti esa 2012-yilda bo‘lgan. Karan Johar suratga olgan “Yil talabasi” aktrisani mashhurlikka erishishiga sababchi bo‘lgan. Aliya aktrisalikda opasini ortda qoldirgan, Puja esa kinosanoatda prodyuser va rejissor sifatida o‘z o‘rnini topgan.

    Mavzuga doir:

    • Oilasiga katta boylik qoldirgan Bollivudning marhum aktrisalari (foto)
    • Bollivud yulduzi Madhuri Dikshit haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar (foto)
    • Farzandlari bilan tengqurdek ko‘rinadigan Bollivud yulduzlari (foto)

    02.04.2021, 14:45   Izoh (0)   57723
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari yana qanday seriallarda suratga tushgan?

    02.04.2021, 10:46

    Instagram: Serialdagi partnyoriga turmushga chiqayotgan aktrisa, kiyim do‘konini ochgan Davron Kabulov, barmog‘i “uzilib ketgan” Durdona Qurbonova

    01.04.2021, 22:33

    Ashaddiy muxlislari ta’qibiga uchragan mashhurlar (foto)

    01.04.2021, 19:57

    Foto: Bir xil ko‘rinishdagi libosga turli miqdorda pul sarflagan yulduzlar

    01.04.2021, 16:46

    Sir tutilgan muhabbat: Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi (foto)

    01.04.2021, 14:20

    Amerikalik xonanda Beyonsening jami 1 million dollardan ortiq bo‘lgan libos va sumkalari o‘g‘irlab ketildi

    01.04.2021, 12:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    Toshkentda ikkinchi xotinining 11 yashar qizini zo‘rlab kelgan blogerga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.