Parijda “chinni qurollar”ni yaratish bilan shug‘ullanuvchi 29 yoshli haykaltarosh va rassom Helena Hauss istiqomat qiladi. Qiz tomonidan yaratilgan noodatiy shakllar shkafdagi oddiy choynak servislarni yodga soladi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Helena bu kabi ishlari orqali nozik va mo‘rt niqob ostida kuch, g‘azab va nafrat yashiringan bo‘lishi mumkinligiga oid g‘oyani yetkazib berishga urinadi.
Mazkur namunalar chinni deb nomlangani bilan, aslida haykaltaroshlik asarlarini yaratishda ishlatiladigan plastik material — poliuretandan ishlangan. Tashqi tomondan uni rostdan ham nozik chinni bilan adashtirib yuborish mumkin, biroq u bir qarashda ko‘ringanidan mustahkamroq.
Helenaning o‘zi ushbu haykaltaroshlik namunalarini yasaydi va ularni bezaydi. Haykalchalar yetarli darajada katta, masalan, granataning o‘lchami 38x25 santimetr.
Izoh (0)