Taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuvida 22 yil avval militsiya xodimini mashinasida urib yuborgani, hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani haqida so‘zlab berdi.
“1999-yili mashinada kelayotganimda mast holatdagi militsiya xodimi yo‘limga chiqib ketib, urilib, aylanib, boshi bilan tushgan asfaltga. Darhol mashinaga ortib, kasalxonaga olib borganman. O‘sha yerda vafot etgan. Endi bu falokat, hech kim ko‘chaga o‘laman deb chiqmaydi. Uning aybi ichganida bo‘lgan. Kelayotganimda chayqalib, yo‘limga chiqib ketib qolgan. Endi taqdiri shunaqa ekan. Uning ayoliga qaraganman, ular asli viloyatdan bo‘lgan. Toshkentga propiska qilib berganman, uy olib berganman. Tashlab qo‘ymaganman. Bolalari katta bo‘lib qoldi hozir. Shu paytgacha boqib, rozi-rizolik qilganmiz”, — deydi so‘z ustasi.
Izoh (0)