Amerikaning Boston Dynamics robotsozlik kompaniyasi yuklarni avtomatik tarzda yuklashga yordam beradigan yangi qurilma — Stretch robotini taqdim etdi. Yuk ortuvchining taqdimoti tasvirlangan videoni muhandislar o‘zlarining YouTube’dagi kanaliga joylashtirgan.
Ushbu universal mobil robot yuklarni qo‘llaridagi so‘rg‘ichlar yordamida tashiydi. Qurilmadan omborlarda va tovarlarni taqsimlash markazlarida foydalanish mumkin.
Stretch’ning mobilligi robotning tovar ortiladigan yoki tushiriladigan har qanday hududda bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, tez orada u shu kabi maqsadlarda foydalanib kelinayotgan qimmat turuvchi qurilmalar o‘rnini egallaydi.
Stretch istalgan yo‘nalishdagi manyovrlarni amalga oshirishi, shuningdek, turli to‘siqlarni bosib o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, uning kompyuter “ko‘rish” texnologiyasi ham mavjud bo‘lib, buning yordamida robot ma’lum bir mijozning yukini aniqlay oladi.
Avvalroq Hyundai robotlar ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics’ning asosiy egasiga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)