Nafaqat Rossiya, balki dunyo bo‘ylab tomoshabinlar ko‘nglini zabt eta olgan guruhlar taqdiri qanday kechgani, albatta, ko‘pchilik uchun qiziq. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

“A’Studio”

Foto: “Yandeks Dzen”

“A’Studio” guruhi tarixi ikki davrga bo‘linadi. 2000-yillarda guruhni dastlab Botirxon Shukenov tark etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Uning o‘rnini Polina Griffis egalladi. Oradan vaqt o‘tib, maftunkorlikda undan qolishmaydigan Ketti Topuriya guruh a’zosiga aylandi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Guruhga qo‘shilgan yangi ovoz muxlislarni quvontirdi. Jamoa shundan so‘ng 6 ta albom yozdi, 17 ta rasmiy tarona va 22 ta to‘liq klip suratga oldi.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Korni”

Foto: “Yandeks Dzen”

2000-yillarda ko‘pchilik muhabbat qaysi qavatda yashashini bilar edi. “Korni” guruhi esa “Yulduzlar fabrikasi”ning birinchi g‘olibiga aylandi. Ular chindan ham muvaffaqiyatga erishish uchun mehnat qildi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ularning tezkor ravishda suratga olgan uch klipi ham mashhurlikka erishgan. Shundan so‘ng ijodiy safarlar, konsert dasturlar va hattoki “Birgalikda baxtli” serialida suratga ham tushgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Bir necha yillik shov-shuvdan so‘ng ular asta-sekin mashhurlik cho‘qqisidan tusha boshladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Dastlabki tarkib 8 yil faoliyat yuritdi. So‘ngra Aleksandr Berdnikov, Aleksey Kabanov va Dmitriy Pokulichev yangi guruhni tashkil etdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

“TATU”

Foto: “Yandeks Dzen”

Yosh hamda iste’dodli qizlar kutilmaganda mashhurlikka erishdi. “TATU” guruhi faoliyatini shu tarzda boshladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Muvaffaqiyat to‘lqini ostida “Yevrovideniya”da ishtirok etgan qizlar 3-o‘rinni egalladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Guruh prodyuseri Ivan Shapolov ishdan ketganidan so‘ng qizlar ijodda susaya boshladi. 2014-yilda esa ular guruhdan ajralgan holda o‘z karyerasini qurishga qaror qildi.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Band’Eros”

Foto: “Yandeks Dzen”

2005-yil guruh a’zolari uchun unutilmas bo‘ldi. Ikki yigit va qizlardan tashkil topgan guruh chinakamiga rus sahnasida mashhurlikka erishgan edi. Ayni paytda kvartet trioga aylangan va avvalgi a’zolardan faqatgina Natalya Ibadin qolgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

“Ranetki”

Foto: “Yandeks Dzen”

2007-yilda barcha qizlarning soch turmagi “Ranetki” guruhi a’zolariniki kabi edi. Guruh chindan ham yoshlarning sevimlisiga aylangan. “Ranetki” 2017-yilgacha ham mavjud edi. Ular muxlislar bilan “Biz vaqtni yo‘qotdik” treki bilan xayrlashdi. Bu esa Rossiyadagi ayollardan tashkil topgan rok guruhining  yakunlanganidan darak beradi.

Foto: “Yandeks Dzen”