• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2600 dan ortiq kishini chuv tushirgan International Job Organization agentligi rahbarlari ustidan sud hukmi e’lon qilindi

    O‘zbekistonda Koreya va Yevropaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan International Job Organization xususiy bandlik agentligi rahbarlari ustidan sud hukmi e’lon qilindi.

    Foto: IIV Tergov departamenti

    Foto: IIV Tergov departamenti

    Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 23-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida xususiy bandlik agentligi rahbarlari va unga aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

    E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, International Job Organization ta’sischisi va direktori Sh.Abdurahmonovga 9 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    International Job Organization’ning:

    • Andijon viloyati filiali menejeri G.Dumanovaga 6 yil 1 oy;
    • Xorazm viloyati filiali rahbari G‘.Hasanovga 8 yil 1 oy;
    • Toyloq tumani filiali rahbari J.Pardayevga 8 yil 1 oy;
    • Surxondaryo viloyati filiali rahbari J.Tursunovga 8 yil 1 oy;
    • Jizzax shahar filiali rahbari X.Urazoliyevga 8 yil 1 oy;
    • Namangan shahar filiali rahbari D.Islomovaga 6 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
    International Job Organization mintaqa kuratorlari bo‘lgan A.Shukurov 8 yil 1 oy, B.Po‘latov 9 yil 1 oy, International Job Organization o‘qituvchisi A.Ahmadjonov esa 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Ushbu bandlik agentligiga aloqador bo‘lgan “Yarkoe Budusheye” rahbari Sh.Nosirovga 8 yil, JB World Company rahbari B.Jalolovga 9 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Ularning barchasi jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi. A.Salmonovga (ishsiz) 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

    Oliy sud matbuot xizmatining qayd etishicha, jinoyat oqibatida 2368 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan 17 063 069 928 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Abdurahmonov, B.Ochilov, G.Dumanova, J.Pardayev, X.Urazoliyev, A.Ahmadjonov, D.Islomova, G‘.Hasanov, J.Tursunov, A.Shukurov, B.Po‘latov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

    Jinoyat oqibatida 6 nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan 172 545 183 so‘m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Nosirov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

    Sudlanuvchi B.Jalolovdan jabrlanuvchi S.Hamidovning foydasiga 26 264 800 so‘m va O.Qobilovning foydasiga 34 669 536 so‘m undirilishi belgilandi.

    Jinoyat ishi yuzasidan xatlangan 1 104 778 352 so‘m pul va 12 678 426 462 so‘mga baholangan mol-mulklar proporsional tartibda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilishi hamda undirilishi lozim bo‘lgan zarar miqdoridan chegirilishi belgilandi.

    Eslatib o‘tamiz, 1993-yil Qirg‘izistonda tug‘ilgan, fuqaroligi bo‘lmagan Sh.Abdurahmonov Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasi, 2-mavzeda joylashgan faoliyat turiga ko‘ra O‘zbekistondan tashqarida ish izlovchi fuqarolarni xorijiy davlatda ishga joylashtirish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berish hisoblangan International Job Organization xususiy bandlik agentligi uchun 2019-yilning 19-aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan litsenziya olib, jamiyatga rahbarlik qilib kelgan.

    Jamiyat tashkil topgan kundan bugungi kunga qadar firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalarning mulkini qo‘lga kiritishni maqsad qilib, respublikaning barcha viloyatlarida vakolatxona ochgan. Turli OAV orqali jamiyat haqida e’lonlar berib, bosh ofis va vakolatxonaga ishga joylashish bo‘yicha murojaat qilib kelgan fuqarolarni Janubiy Koreya va Yevropa davlatlariga ishga yuborishini va’da qilgan.

    Ammo bugungi kunga qadar ushbu xususiy bandlik agentligi tomonidan birorta ham fuqaro O‘zbekistondan tashqarida ishga joylashtirilmagan.

    Mavzuga doir: MIB Korean and migrations xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan fuqarolarga qancha mablag‘ qaytarilganini ma’lum qildi

    29.03.2021, 07:54   Izoh (0)   21304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasi hududdagi qo‘shma korxonadan 165 mln so‘m o‘rniga salkam 41 mlrd so‘m soliq undirilganiga izoh berdi

    29.03.2021, 07:32

    Namanganda alimentdan qarzdorligi bo‘lgan 200 nafardan ortiq shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

    28.03.2021, 23:37

    Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi va Cobalt xandaqqa tushib ketdi

    28.03.2021, 23:16

    Chiroqchida fuqaro qo‘shnisi bilan bilyardxonada tortishib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi

    28.03.2021, 22:37

    Nurmat Otabekov istalgan vaksina bilan jon deb emlanishini, deputat Kusherbayev esa o‘zbek-xitoy vaksinasini tanlaganini ma’lum qildi

    28.03.2021, 22:36

    Toshkent markazida LGBT faollariga qarshi norozilik holatidan so‘ng 12 kishi ushlandi

    28.03.2021, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.