• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2021-yil 1-apreldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. “Gazeta.uz” Adliya vazirligi va “Norma.uz” ma’lumotlari asosida kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etdi. Quyida u to‘liqligicha havola etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    1. Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berildi

    1-apreldan tadbirkorlar barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Bu turdagi xizmat bilan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin.

    2. Zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda onlayn sotish mumkin bo‘ladi

    1-apreldan boshlab:

    • zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asini mexanik yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi;
    • tamg‘alash usuli zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi;
    • yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan o‘lchovli yombilarni jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga ruxsat beriladi. Bunda, narx ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil belgilanadi (London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bankning kursidan kam bo‘lmagan miqdorda);
    • qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi;
    • mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish (ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, ta’sis hujjatlari va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olish) talab etilmaydi (naqd pulda o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi BHMning 600 baravaridan oshmagan, hisob-kitob jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilgan taqdirda).
    Bunda mulkdorning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo‘lgan holatlarda operatsiyaning summasi va to‘lov shaklidan qat’i nazar, mijozni tekshirish choralari ko‘rilishi lozim.

    3. Ayrim mutaxassislarning ish haqi va ba’zi pensionerlarning oylik nafaqasi oshiriladi

    “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining:

    • rahbar va shifokorlari oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga;
    • o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshi 2 barobarga;
    • boshqa barcha xodimlar oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
    • Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi markaziy apparati xodimlarining oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
    • respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.
    Veterinariya sohasida:

    “Zootexnik”, “veterinar-shifokor”, “feldsher-veterinar”, “usta-chavondoz”, “ot parvarishlovchi”, “taqachi” mutaxassisliklari uchun shifokor, hamshira, trener va sportchilarga tenglashtirilgan darajada oylik maoshlari to‘lanadi.

    Xalq ta’limi vazirligi tizimida:

    • Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori — oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga;
    • kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilarining ish haqi miqdori — bosh o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
    Oliy ta’lim tizimida:
    • XTV huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktorining bazaviy lavozim maosh miqdori oliy ta’lim muassasasi rektorining lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
    • direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarining lavozim maosh miqdori — oliy ta’lim muassasasi prorektorining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi;
    • tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarining lavozim maosh miqdori — fakultet dekanining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
    4. Qishloq xo‘jaligida o‘zgarishlar

    Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi a’zolariga o‘zlari tomonidan import qilingan qo‘y bosh sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom go‘sht ko‘rinishida (TIF TN bo‘yicha 0104 va 0204 kodlari) eksport qilishga ruxsat etiladi.

    Tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va 7 yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

    5. Tashqi iqtisodiy faoliyatda o‘zgarishlar

    Mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

    Oliy navli bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Shu munosabat bilan unni boyitish uchun mikronutriyentlar bo‘yicha (TIF TN kodi 2106 90 980 3) import bojxona bojining nol darajali stavkasi joriy etiladi.

    Xorijiy mamlakatlardan mahsulotlarni olib kirgan transport vositalari yuk xonalarini karantin nazoratidan o‘tkazish va “detektor — xizmat it”laridan foydalanish hamda zarur hollarda fumigatsiya qilish (zararsizlantirish) tizimi joriy qilinadi.

    6. Intellektual mulk sohasida tezkor ekspertiza tartibi joriy etiladi

    Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisining faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishiga nisbatan qonunchilikdagi mavjud cheklovlar bekor qilinadi.

    Intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatiga olish muddatlarini keskin qisqartirish imkoniyatlarini yaratuvchi tezkor ekspertiza tartibi joriy etiladi.

    7. Olis va chekka hududlardagi pochta aloqasi obyektlarida davlat xizmatlari autsorsing asosida tashkil etiladi

    Olis va chekka hududlardagi pochta aloqasi obyektlarida kamida 13 ta turdagi davlat xizmati autsorsing asosida tashkil etiladi.

    8. Majburiy markalash

    2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlarining markalanishi majburiy bo‘ladi.

    9. “El-yurt umidi” jamg‘armasi rivojlantiriladi

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 baravarga oshiriladi.

    Shuningdek, quyidagilar amalga oshiriladi:

    • “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan xorijda bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish tizimi joriy etiladi;
    • “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni saralashni ochiq stipendiya tanlovi asosida respublikaning barcha fuqarolari uchun muntazam ravishda o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
    • bakalavriat, magistratura va doktoranturada o‘qish dasturlari uchun stipendiya tanlovini o‘tkazish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
    10. Uy-joy narxlari optimallashtiriladi

    Yangi tartib doirasida uy-joy narxlarini pasaytirish maqsadida:

    • qishloq joylarda 5 va undan ortiq qavatli, shaharlarda 9 va undan ortiq qavatli ko‘p kvartirali uy-joylar shaharsozlik normalariga va ikkinchi darajali issiqlik muhofazasi qoidalariga muvofiq, monolit temirbetonli va yirik panelli konstruksiyalar, shuningdek, boshqa qurilish materiallari asosida daha shaklida quriladi;
    • turar joy dahalarini qurish loyihalarini ishlab chiqish hamda tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlari quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
    1. shaharlarda — “E-ijro auksion” elektron auksioni orqali ko‘p kvartirali turar joylarni qurish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar hisobiga;
    2. qishloq joylarda — O‘zbekistonning respublika budjeti mablag‘lari hisobiga;
    • ko‘p kvartirali turar joylarni qurish uchun geologiya va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jihatidan eng optimal variantlar hisobga olingan holda hududlar qurilishi loyihalariga mos keladigan butun daha shaklidagi yer uchastkalari tanlab olinadi;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari kengashlariga shaharlarda (Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan tashqari) ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun yer maydonlarini elektron auksionlarni o‘tkazmasdan taqdim etish huquqi beriladi;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan aholi punktlarini istiqbolli rivojlantirish hududlarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilishiga ruxsat beriladi;
    • uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan sement hamda metall prokati bo‘yicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;
    • 2021-yil 1-oktabrga qadar sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) respublika hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
    11. Davlat organlari rahbarlarining mas’uliyati oshiriladi

    Barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Prezident Administratsiyasining Ijro intizomini ta’minlash sho‘basi bilan kelishiladi.

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzganlik uchun jazo choralari to‘g‘risidagi yangi modda kiritiladi.

    O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi.

    Mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi.

    12. Bir qator soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydi

    1-apreldan boshlab Prezidentning 2017-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni o‘z kuchini yo‘qotadi. Tegishli ravishda, ushbu sanadan boshlab unda nazarda tutilgan quyidagi soliq imtiyozlarining amal qilishi to‘xtatiladi:

    • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 5 yil mobaynida ishlab chiqarishni kengaytirishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni so‘ndirish xarajatlariga hamda lizing obyekti qiymatini to‘lashga yo‘naltirilgan investitsiya summalariga foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasini kamaytirish huquqiga doir imtiyoz;
    • soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llaydigan yuridik shaxslarning 5 yil mobaynida yagona soliq to‘lovi bazasini yangi sotib olingan texnologik asbob-uskunalar qiymatiga, biroq soliq solinadigan bazasining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish huquqiga doir imtiyoz.
    13. Elektr texnikasini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarga — soliq imtiyozlari

    2024-yil 1-yanvarga qadar muddatga hisobot davri yakunlari bo‘yicha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam bo‘lmagan elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalarni 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.

    Mis xomashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan to‘lovning 25 foizini avans tarzida va qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan so‘ng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda amalga oshirish tartibi joriy etiladi. Bunda “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodini birja savdolariga qo‘yishda uning boshlang‘ich narxi QQSsiz London metall birjasi narxidan 2021-yil 1-apreldan 8 foiz miqdoridagi chegirmalar bilan belgilanadi.

    14. Davlat funksiyalari xususiy tashkilotlarga o‘tkazilishining keyingi bosqichlari

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkaziladigan tajriba doirasida malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi.

    Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi beriladi.

    15. Davlat xaridlari sohasidagi o‘zgarishlar

    Davlat xaridlari ijrochisining muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Moliya vazirligi va DSQ axborot tizimlari o‘rtasidagi axborot almashinuvidan foydalangan holda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritiladi.

    16. NNT faoliyatining ochiqligi ta’minlanadi

    NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi. U Prezident huzuridagi Jamoatchilik palatasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi. Indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksini ishlab chiqish va to‘liq amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatiladi.

    17. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi

    • Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali amalga oshiriladi.
    • Vasiylik va homiylik ostida bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYo yagona elektron arxivi” ATga taqdim etish idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi.
    • Ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lgan ota-onalar va ularning bolalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining “FHDYo yagona elektron arxivi” AT hamda O‘zbekiston Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti o‘rtasida idoralararo axborot almashinuvi orqali taqdim etish tavsiya etiladi.
    • Respublikadagi davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish va tegishincha o‘qishni tamomlashga oid buyruqlar va boshqa hujjatlarni shakllantirish va rasmiylashtirish yagona elektron ma’lumotlar bazasida amalga oshiriladi.
    • Davlat va nodavlat umumiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish va tegishincha o‘qishni tamomlashga oid buyruqlar va boshqa hujjatlarni shakllantirish va rasmiylashtirish faqat yagona elektron ma’lumotlar bazasida amalga oshiriladi.
    18. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash choralari kuchaytiriladi

    Respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlar, ko‘p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholash uchun elektron texnik pasportlar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

    29.03.2021, 08:36   Izoh (0)   83825
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bunaqasi bo‘lmagan! Anchadan beri bo‘lmagan!”. Samarqandning tumanlari sellar ichida qoldi

    29.03.2021, 08:30

    O‘zbekistonda 2600 dan ortiq kishini chuv tushirgan International Job Organization agentligi rahbarlari ustidan sud hukmi e’lon qilindi

    29.03.2021, 07:54

    Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasi hududdagi qo‘shma korxonadan 165 mln so‘m o‘rniga salkam 41 mlrd so‘m soliq undirilganiga izoh berdi

    29.03.2021, 07:32

    Namanganda alimentdan qarzdorligi bo‘lgan 200 nafardan ortiq shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

    28.03.2021, 23:37

    Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi va Cobalt xandaqqa tushib ketdi

    28.03.2021, 23:16

    Chiroqchida fuqaro qo‘shnisi bilan bilyardxonada tortishib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi

    28.03.2021, 22:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.