• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Chalg‘ituvchi va xavfli kasallik: pnevmoniya boshlanganini qanday aniqlash mumkin?

    Ko‘pchilik pnevmoniyani o‘pkalarning yallig‘lanishi deb biladi. Bir yoki har ikki o‘pkada infeksiya rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladigan pnevmoniyani aksariyat hollarda bakteriyalar keltirib chiqaradi. Ammo koronavirusdagidek ba’zida virus bilan ham aloqador bo‘lishi mumkin. Odamda surunkali kasallik yoki maxsus davolash sabab mikroflora buzilgan bo‘lsa, zamburug‘li pnevmoniya ham rivojlanishi mumkin.

    Foto: Freepik

    Foto: Freepik

    Shifokorlar pnevmoniyani qanday aniqlaydi?

    Odatda bemorlar yuqori harorat, yo‘tal va nafas qisishi kabi shikoyat bilan shifokorga murojaat qiladi. Bunday vaqtda uyda o‘zboshimchalik bilan davolanish yaramaydi, ahvolingiz qandayligiga shifokor baho bergani va zarur choralarni ko‘rgani yaxshi.

    Shifokor qanday tekshiruvlarni amalga oshiradi?

    • Harorat, qon bosimi va pulsni tekshiradi.
    • Qondagi kislorod miqdorini tekshiradi (miqdorning kamligi qo‘shimcha kislorodga ehtiyojligini bildiradi).
    • O‘pkalar stetoskop yordamida eshitiladi.
    Shifokorlar nafas olganda g‘ichirlash va turli shovqinlar bor-yo‘qligiga qiziqadi. Ma’lum tovush chiqarish so‘ralganda hayron qolmang, chunki o‘pkaga suv yig‘ilgan bo‘lsa, tovush stetoskopda boshqacha eshitilishi mumkin.

    Tashxis qo‘yish uchun qanday tahlillar kerak bo‘ladi?

    • umumiy qon tahlili;
    • umumiy siydik tahlili;
    • balg‘am tahlili.
    Umumiy qon tahlili

    Umumiy qon tahlili natijalariga binoan shifokorlar yallig‘lanish yoki infeksiya bor yoki yo‘qligi va organizmning javob reaksiyasi qanday ekanligini bilishi mumkin. Shunga qaramay, qon tahlilining o‘zi bilan aniq pnevmoniya tashxisini qo‘yib bo‘lmaydi.

    Prokalsitonin tahlili

    Prokalsitonin bu hujayralar tomonidan toksinga javoban ishlab chiqariladigan oqsil hisoblanadi. Uning miqdori ham qon tahlili orqali aniqlanadi. Bakterial infeksiyada prokalsitonin ko‘rsatkichi yallig‘lanish jarayoni boshlanganidan 4 soat o‘tiboq, 12-48 soatda esa yaqqol o‘zgaradi. Bu tahlil aniq bakteriyani ko‘rsatmaydi, ammo pnevmoniyani antibiotiklar bilan davolash mumkinligini bildiradi.

    Balg‘am tahlili

    Balg‘am orqali bakterial infeksiyani aniqlash mumkin bo‘ladi, ammo bemorda faqat quruq yo‘tal kuzatiladigan bo‘lsa, kerakli va sifatli balg‘am olish qiyin kechadi. Oqibatda esa tahlil natijasi nafas yo‘llarida doimiy yashaydigan bakteriyalarni ko‘rsatadi. Namunani antibiotik bilan davolashdan avvalroq olish kerak. Bunda bemordan yo‘talish so‘raladi. Agar bu qiyinchilik keltirib chiqarsa, shifokor kichik kamerasi bor zonddan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Sifatli balg‘am leykotsitlar, oq qon tanachalarining bir qancha miqdorini hamda biroz epitelial hujayralarni ko‘rsatadi.

    Antigenlarni aniqlash uchun siydik tahlili

    S. pneumoniae va Legionella keltirib chiqargan bakterial pnevmoniya og‘ir kechishi va jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Ushbu bakteriyalarga qarshi antigenlarni peshob orqali aniqlasa bo‘ladi. Bunday tahlilning yana bir afzalligi shundaki, antibiotiklar bilan davolash ham natijani aniqlashga ta’sir qilmaydi. Kamchiligi esa siydik tahlili orqali aynan qaysi antibiotik yaxshi samara berishini bilib bo‘lmaydi.

    Serologik tahlil

    Mazkur qon tahlili orqali zararlanish va agar shunday bo‘lsa, qachonligini bilsa bo‘ladi. Serologiya ma’lum patogenga qarshi shakllangan antitanacha miqdorini o‘lchaydi. IgM antitanasi yangi infeksiya borligini IgG antitanasi esa avvalroq zararlanganingizni bildiradi.

    Ko‘krak qafasi rentgenogrammasi

    Ushbu tekshirish orqali infiltrat ko‘rsatkichi — o‘pka to‘qimasida yiring, qon yoki oqsil to‘planganini, shuningdek, o‘pka bilan bog‘liq boshqa kasalliklarni ham aniqlasa bo‘ladi. Ammo ko‘p hollarda rentgenologik tekshiruvning o‘zi bilan bakterial va virusli infeksiyani farqlab bo‘lmaydi.

    Kompyuter tomografiyasi

    Rentgenda hech qanday o‘zgarish kuzatilmasa, ammo shifokor ikkilanadigan bo‘lsa, kompyuter diagnostikasidan foydalanish mumkin. Kompyuter tomografiyasi tashxis qo‘yishga rentgendan ko‘ra ko‘proq yordam beradi.

    Asosiysi, bunday vaziyatda o‘zini o‘zi davolash bilan cheklanmaslik, bee’tibor bo‘lmasdan, davolanishni oxirigacha olib borish hamda o‘zini yaxshi his qilgan taqdirda ham, shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak.

    Mavzuga doir:

    • Faqat yurak emas. Ko‘krak qafasidagi og‘riqning boshqa sabablari
    • Qahva, yong‘oq va sut: pnevmoniyadan so‘ng organizmni tiklashga yordam beradigan 8 mahsulot
    • Nafas olishga qiynalyapsiz, tez yordam esa kechikmoqda. Nima qilish kerak?

    29.03.2021, 18:59   Izoh (0)   38063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jig‘ildon qaynashini tabiiy usulda davolash: tabiiy va xavfsiz 10 ta retsept

    29.03.2021, 15:59

    Ichak saratonining oldini oluvchi kundalik odatlar

    29.03.2021, 13:59

    Tabiiy antidepressantlar: stressni yengishga yordam beruvchi mahsulotlar

    29.03.2021, 11:44

    Sog‘lom bo‘lay desangiz: Puls me’yorda bo‘lishi uchun 6 tavsiya

    29.03.2021, 09:58

    Ikkitasi birda: Ozish va kayfiyat a’lo bo‘lishi uchun qanday mahsulotlar bilan nonushta qilish kerak?

    28.03.2021, 11:53

    Keyin kech bo‘ladi: Tromb paydo bo‘layotganidan darak beruvchi 7 simptom

    26.03.2021, 14:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.