• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Alifbo mintaqaviy integratsiyaga xizmat qilishi kerak”. G‘aybulla Boboyorov taklif etilayotgan yangi lotin alifbosi haqida

    “Daryo” bu oyning eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan alifbo borasidagi fikr mulohazalarini bilish maqsadida tarix fanlari doktori G‘aybulla Boboyorovga murojaat qildi. Quyida olimning bu boradagi mulohazalarini taqdim etadi.

    Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar,

    To‘rtovlon tugal bo‘lsa unmaganin undirar.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bugungi kunda qizg‘in tortishuvlarni keltirib chiqargan yangi o‘zbek lotin alifbosi masalasi menga ushbu otalar so‘zini eslashimga turtki bo‘ldi. Qachonlardir tiyrak aqlli, ota-bobolarmiz tomonidan aytilgan va bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan ushbu maqolni ko‘plab masalalarga qarata aytish mumkin. Biroq bu yerda men ushbu maqolning o‘z mustaqil davlatiga ega turkiy xalqlar birdamligi uchun qanchalar mos tushishi va yangi alifbo tevaragida aylanayotgan turli qarashlardagi uning o‘rniga to‘xtalmoqchiman.

    Ijtimoiy tarmoqlarda alifbo borasida bildirilayotgan gap-so‘zlarga ko‘z yugurtirsangiz ayrimlar “to‘g‘ri, bu alifboni qo‘llab-quvvatlayman, 4 ta harfni o‘zgartirish orqali biz qardosh xalqlar tilini tushuna olamiz” desalar, ayrimlar esa “ortiqcha chiqim nega kerak, bu yozuvni o‘rganguncha yana qancha vaqtimiz ketadi, nega aynan turk alifbosiga o‘xshatishimiz kerak?” deb yozayotganiga duch kelasiz. Bundan boshqa yana bir-biridan keskin ajralib turuvchi, biri-ikkinchisiga loy chaplaydigan munosabatlar ham bor. Qay ma’nodadir o‘zbek xalqi buguni va kelajagi uchun qayg‘urayotgan yurtdoshlarimizning o‘y-fikrlarini ardoqlagan holda ular orasidan ko‘proq ikki qarama-qarshi tomon uchun xarakterli bo‘lgan “qo‘llab-quvvatlovchilar” va “qarshi chiquvchilar”ning qarashlarini ko‘rib chiqsak.

    Abu Rayhon Beruniyning ming yil oldin aytilib, bugungi kunda ham, kelajakda ham o‘z kuchini yo‘qotmaydigan “Fanlarni inson uchun ehtiyojlar yaratgan” mazmunidagi so‘zlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, birmuncha isloh qilingan yangi o‘zbek lotin alifbosiga o‘tish ham ehtiyoj mahsulidir, ayrimlar yozayotganidek “alifbo almashtirish shunchaki o‘yin bo‘lib qoldi” emas. Xo‘sh, bu ehtiyojlar nimalarda ko‘rinadi. Birinchidan, hukumatimiz yangilanayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga birinchi o‘rinda o‘z qo‘shnilari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish ustuvor ekanini qayta-qayta aytayotgan bir pallada shimoldagi yaqin qo‘shnimiz Qozog‘iston lotincha negizli qozoq alifbosiga o‘tishga qaror qildi. Kunbotardagi qo‘shnimiz Turkmaniston esa allaqachon bu alifboga o‘tib bo‘lgan. Kunchiqardagi qardoshimiz Qirg‘iziston ham bu masalani o‘ylab ko‘ryapti. Qolaversa, Ozarbayjon ham Turkmaniston bilan deyarli bir vaqtda lotin alifbosi negizidagi o‘z yozuviga o‘tib ulgurgan va bugungi kunda barcha ishlar ushbu yozuvda yuritiladi. Alifbo mintaqaviy integratsiyaga ham xizmat qilishi kerak.

    Yaqin yillarda mustaqillikka erishgan bu respublikalar ham o‘zlarining “eski xo‘jayinlaridan erkin bo‘lish”, ham o‘zaro bir-birini tushunishni qulaylashtirish uchun alifboni o‘zgartirishga intilayotgan bir paytda biz ayrim farqliliklarni ilgari surib, “biz boshqamiz, sizlarga o‘xshab bitta tovushni bitta belgi bilan emas, ikkita belgi bilan beramiz, bu eng to‘g‘ri yo‘l” deyish qanchalar o‘zini oqlaydi? Bu yerda bizdan farqli o‘laroq “ch”, “sh”, “g‘” o‘rniga boshqa turkiy o‘lkalarda “ç”, “ş”, “ğ” haqida so‘z bormoqda. Axir bundan ikki-uch yil oldin xuddi bizday yo‘l tutib, “o‘z milliy lotin yozuvi”da ayrim tovushlarni ikkita belgi bilan ifodalashga uringan qozoq qardoshlarimiz bugungi kunda xuddi turkiyalik, ozarbayjonlik, turkmanistonlik qardoshlarinikiga o‘xshash alifboga o‘tish yo‘lini tutishgani ham biz uchun bir dars bo‘lmaydimi? Atrofimizdagilar deyarli barcha bir xil yozishsa-yu, biz o‘zbekistonliklar ulardan umuman boshqacha yoza boshlasak, yurtimizga kelib-ketadiganlar, o‘zbekcha nashrlarni o‘qiydiganlar qanday ahvolga tushishini bir o‘ylab ko‘ring! Buni ham qo‘yib turaylik, o‘zimizning yaqin qardoshimiz qoraqalpoqlar ularniki bilan deyarli bir bo‘lgan o‘z lotin alifbosiga ega bo‘lib tursa-yu, yozuvimizdagi bunday farqliliklar orqasidan biz ularni, ular bizni tushunmay turishsa, buni qanday ochiqlasa bo‘ladi!

    Bir o‘ylab ko‘raylik, har kuni yuzlab, minglab yurtdoshlarimiz turli sabablar bilan sanab o‘tilgan qo‘shni va qardosh o‘lkalarga borib-kelishadi. O‘z navbatida qancha-qanchalab qozog‘istonliklar, turkmanistonliklar bizning yurtimizda bo‘lib qaytishadi. Ularning har biri hech bo‘lmaganda bir kunda bir marotaba ko‘chalardagi do‘kon va turli muassaslardagi yozuvlarga ko‘zi tushadi. O‘sha yozuvlarni o‘qib, anglab yetish qayoqda-yu, “bizning yozuvimiz boshqalarnikiga o‘xshamasligi kerak, nega endi anovilardan ko‘chirib olarkanmiz” deb oyoq tirab olish qayoqda.

    Endi shu masalada uzoqdagi qardoshimiz Turkiyaga murojaat qilsak. O‘zbekistondan bu o‘lkaga har kuni o‘nlab aviareyslar yo‘lga qo‘yilgan. Deyarli har kuni bir necha minglab yurtdoshlarimiz Istanbul, Anqara, Antaliya va boshqa shaharlarga borib qaytishadi. O‘z navbatida minglab turkiyalik ishbilarmon va turistlar o‘lkamizga kelib, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlarimizni ziyorat qilishadi. Bizdan borgan yurtdoshlarimiz u yerdagi yozuvlarni, turkiyaliklar esa bizdagi yozuvlarni tushunib, anglab yetishiga yordam beradigan vositalardan biri yozuv emasmi?

    Qariyb 30 yildan beri Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjonda ilmiy anjumanlarda bo‘lib, qardosh xalqlar ishlatib kelayotgan alifbolarning yutug‘-u kamchiliklarini ko‘rib kelayotgan tarixchi va tilshunos o‘laroq shuni aytib o‘tishim kerakki, alifbolarimizdagi farqliliklar ko‘plab noqulayliklarni tug‘diradi, ayrim hollarda esa so‘zlarni umuman teskari tushunishga olib keladi. Bu to‘g‘rida nafaqat ilmiy davralarda gapiriladi, balki sohaga tegishli bo‘lmagan oddiy odamlar ham bot-bot so‘z yuritganiga guvoh bo‘lganman. Shuningdek, ayrim qardoshlarimizning “nega biz o‘zbekchani eshtisak tushunamiz-u, yozuvini o‘qisak qiynalamiz” degan so‘rog‘iga duch kelganimni, buning uchun alifbo aybdorligini aytib tushuntirguncha qancha vaqtim ketganini aytmay o‘tishning iloji yo‘q.

    To‘g‘ri, turkiy el-uluslarning o‘zaro yaqin o‘xshash alifboga o‘tishlari til bilan bog‘liq masalalarda to‘laqonli yechim bo‘la olmaydi, biroq barchamiz uchun umumiy  bo‘lgan alifboda yozish orqali hech bo‘lmaganda ko‘ngildagidek natijaga erishiladi, bu esa mavjud to‘siqlarni oshib o‘tish uchun dadil tashlangan bir odim bo‘ladi.

    Yaqin yillarda O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (qisqacha “Turkiy kengash”)ning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi ham o‘z-o‘zidan bo‘lmadi. Qo‘shnilar va qardosh xalqlar bilan yaqinlashish, o‘zaro aloqalarni yangi bir bosqichga olib chiqish zaruriyati tufayli shunday qarorga kelindi. Bu bir ehtiyoj – yanada yuksalish uchun bir vosita, yangi bir odim sifatida qaraldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim”da so‘zlagan nutqida: “Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dard-u armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Yaqinda mamlakatimiz “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi”ga a’zo bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, nafaqat o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi”, deb urg‘u berganidayoq tilshunoslarimiz anglab yetgan. Shu bilan ravishda keyingi yillarda nafaqat alifbomizni isloh qilish, balki tilimizni xalqaro darajaga ko‘tarish kun tartibiga aylangan bir paytda ziyolilarimiz, ayniqsa, tilshunoslarimizga yuksak vazifalar tushganini ko‘pchilik anglab yetdi.

    Shunga qaramay, ayrimlarning, shu jumladan, bir guruh tilshunoslarimizning “alifboni o‘zgartirmaslik ham, isloh qilish ham kerak emas” deb ijtimoiy tarmoqlarda yozishayotganini tushunish qiyin. Xo‘sh, biz o‘zbek tilining xalqaro maqomini oshirmoqchi ekanmiz qanday yo‘llar bilan buni amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi. O‘zbek tilining o‘tmishdagi o‘rnini tiklash uchun ishni birinchidan uni tushunadigan yon-atrofimizdagi qardoshlarga tushunarli bir alifbo bilan boshlashimiz kerak bo‘ladi-ku! Bizning til tizimimizdan boshqa birorta til egalariga ming bor yaqinlashib ko‘r, alifbongni kerak bo‘lsa o‘n kez o‘zgartir, ular seni baribir tushunmaydi. Emishki, biz “sh” tovushini “sh”, “ch” tovushini “ch” ko‘rinishida yozadigan bo‘lsak dunyoning ilg‘or millatlari – inglizlar, fransuz va boshqalar biz bilan muloqot qilishi qulay bo‘larmish. Bu turgan-bitgani ertak-ku, lotincha negizli alifbomizdagi ayrim o‘zgartirishlarga qarshi bo‘layotganlarning o‘zlari ham buni yaxshi biladi. Shu bilan bog‘liq yana bir masala – “alifbomiz isloh qilinadigan bo‘lsa, bu yozuvni o‘zlashtirish uchun yana o‘nlab yillar vaqt yo‘qotilarmish”! Har qanday tilni o‘rganish uchun ko‘pi bilan 2-3 yil ketadigan bir davrda yashayotganimizni unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, yoshlarimiz ingliz, rus kabi biz uchun umuman boshqa bir til tizimini qisqa muddatlarda o‘rganib olayotgan bir pallada nahotki biz shunday mayda-chuyda masalalarda bosh qotirib o‘tirsak.

    Endi, xuddi shunday alifbomizni qanday bo‘lsa shunday qoldiradigan bo‘lsak, har bir tovush uchun bittadan harfni joriy qilgan qardosh xalqlar vakillari o‘zbek tilli adabiyotni qanchalar tushunib o‘qishini bir ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring-a! Bu bilan biz tilimizni keng yoyish yo‘lini qirqib qo‘ygan, o‘zbek tilining tarixda o‘ynagan rolinining yo‘lin yana bir to‘sib qo‘ygan, shu tariqa o‘z ildizimizga o‘zimiz bolta urgan bo‘lib qolmaylik tag‘in. Bundan tashqari, qo‘shni va qardosh o‘lkalarda qariyb 10 million o‘zbeklar yashashini, ular ham bizning alifboni, ham o‘zlari yashaydigan o‘lka alifbosini tushunib o‘qishlari, yozishlari uchun umumturkiy lotin alifbosiga qanchalar muhtoj ekanimizni o‘ylab ko‘rish vaqti kelmadimikan?

    Ayrim o‘zbek filmlarida ba’zi bir o‘zbek aktyorlarining o‘z shevasida gapirishi, buni esa bir qism tomoshabinlar “ha endi adabiy tilda hammayam tiniq so‘zlayvermaydi, uni o‘rganish qiyin, shevada so‘ylasa nima qilibdi?” mazmunidagi gap-so‘zlarni aytganliklari, hatto OAV va teleradio kanallarida baralla aytganliklariga o‘xshatgim keladi. Shu o‘rinda, bir paytlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ishlagan chog‘imda darsda shu masalani talabalar bilan tortishganimizda ayrim talabalarning xuddi shu mazmundagi e’tiroziga ko‘pchilik talabalarning “sizlar oqlayotgan o‘sha aktyorlarning ko‘pchiligi rus, ingliz tillarida baloday sayrashi-yu, ona tilining tamal toshi bo‘lgan adabiy tilda so‘zlay olmasligini qanday ochiqlaysizlar?” deb qarshi savol berganida aktyorlarni oqlayotgan tomon lom-mim deya olmay qolganini aytib o‘tishim kerak.

    Yuqorida aytib o‘tilganidek, birmuncha o‘zgartirilgan yangi o‘zbek alifbosiga o‘tilsa qancha-qancha chiqimlar bo‘lishi masalasiga ham biroz to‘xtalib o‘tsam. Yaqinda hamkasbim tarix fanlari doktori Farhod Maqsudov alifboning o‘zgartirilishiga qarshi chiqayotganlarga qarata “To‘g‘ri, siz aytganingizdek, ancha-muncha chiqimlar bo‘ladi. Biroq bu bugunimizni va kelajagimizni yaratishimiz uchun qancha chiqim bo‘lsa-da, o‘zini oqlaydi. Inson bolasi o‘zi mansub bo‘lgan tabiatdagi boshqa jonlilardan farqli holda quruq o‘z qornini to‘ydirish va naslini davom ettirishdan boshqa masalalar ustida ham qayg‘uradi. Ya’ni har doim ham iqtisodiy masalalar birlamchi bo‘lavermaydi, o‘zlikni saqlash degan masalalar bor. Agar insonlar faqatgina qorin qayg‘usida bo‘lsalar edi, qaysidir bir iqtisodi kuchsiz davlat shartta boshqa bir o‘ziga to‘q, boy davlatga qo‘shilib olib, o‘zini uning tarkibidagi “falonchi viloyat” deb e’lon qilar, aholisi esa yuz dollar oylik emas, ming dollar olib yashar edi” degan so‘zlarining qanchalik to‘g‘ri ekanini aytib o‘tishim kerak. Bundan ko‘rinadiki, millat bilan bog‘liq milliy tuyg‘ular, millat obro‘sini ko‘tarish uchun sportga, san’atga, yalpi olganda, milliy madaniyatni tanitish uchun qancha chiqim qilsa arziganidek, tilimiz rivoji uchun hadeb qancha mablag‘ ketishini olg‘a suraverish qanchalik to‘g‘ri ?

    Demak, biz o‘zbek tilini xalqaro maqomga ko‘tarishni o‘z oldimizga buyuk maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz birinchidan bizni tushunadigan, tushunishga intiladigan qardosh xalqlarnikiga yaqin alifboni tanlashimiz, kelajakda esa qardosh xalqlar bilan birgalikda barchamiz uchun tushunarli bo‘lgan so‘z va atamalarni yaratish ustida ishlashimiz kerak bo‘ladi.

    Tarix fanlari doktori G‘aybulla Boboyor

    O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi Fanlararo tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i

    27.03.2021, 18:42   Izoh (0)   40047
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi

    27.03.2021, 18:11

    Toshkentda xonadonga chaqirilgan tez tibbiy yordam shifokoriga bemor tomonidan og‘ir tan jarohati yetkazildi

    27.03.2021, 17:59

    Toshkentga xitoy—o‘zbek vaksinasining 1 mln dozasi olib kelindi (foto)

    27.03.2021, 17:42

    O‘zbekiston ichki ishlar organlari tizimida qator yangi mexanizmlar joriy etiladi

    27.03.2021, 17:12

    Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish uchun qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum bo‘ldi

    27.03.2021, 16:11

    JSST rahbari Tedros Gebreyesus Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik maktubini yo‘lladi

    27.03.2021, 15:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.