Nur-Sulton aeroportida ob-havo sharoiti tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagining yopilishi ma’lum muddatga uzaytirilgan edi. Aeroportda qolib ketgan yo‘lovchilar tomonidan esa konsert tashkil etildi va aerodrom holati suratga olindi, deb xabar beradi Tengrinews.
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilar aeroport zalida qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqalmoqda.
https://www.instagram.com/p/CMxM1mPJyo1/?utm_source=ig_embed
“Ob-havo sharoiti tufayli Nursulton Nazarboyev aeroportida soat tungi uchgacha uchish-qo‘nish yo‘lagida qor tozalanishi sababli yopildi. Yo‘lovchilardan bu aeroport bilan bog‘liq ish ekanini tushunishlarini so‘rab qolamiz. Shuningdek, yo‘lovchilar xavfsizligi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. Barcha batafsil ma’lumotlarni aeroport va aviakompaniya Call-markazlaridan bilib olishingiz mumkin”, − deb xabar beradi aeroport matbuot kotibi Anvar Shalekenov.
Xodimning so‘zlariga ko‘ra, Frankfurt—Nur-Sulton reysi Olmaotadagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)