Xitoy shimoli-g‘arbida 24-mart kuni 5,4 amplitudali kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi. CGTN nashri zilzila oqibatida binolar vayron bo‘lgani va tabiiy ofatdan keyin aholi orasida halok bo‘lganlar borligini xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra, 65 ta aholi uyi vayronaga aylangan va kamida uch nafar odam halok bo‘lgan. 278 nafar fuqaro xavf ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan.
Zilzila episentridan 100 kilometr masofada joylashgan Aksu shahri va 250 kilometr masofadagi Xochen shahrida tabiiy ofat oqibatida binolarga ziyon yetgan.
Avvalroq Yaponiyada kuchli zilzila va sunami kuzatilgan. Hukumat yetti mingga yaqin aholi vakillarini evakuatsiya qilgandi.
Shuningdek, Islaniyada bir necha haftalar ichida 50 mingdan ziyod zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar qilingan. Silkinishlar poytaxt Reykyavikdan 30 kilometr masofa uzoqlikda qayd etilgan.
Izoh (0)