So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va uch nafar qizining joniga suiqasd qildi

    24.03.2021, 09:22 55877

    Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Sovungar” mahallasida yashovchi ayol o‘zi va uch nafar qizining joniga suiqasd qildi. Ayni paytda suiqasd sababi aniqlanmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov xabar berdi.

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 21-mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan viloyatning Navbahor tumanidagi “Sovungar” MFYda yashovchi 31 yoshli ayol 2013, 2016 hamda 2018-yilda tug‘ilgan qiz farzandlarini Navoiy shahridagi dam olish maskaniga olib borgan va ular bilan sayr qilgan. Biroq dam olishdan qaytayotgan ayol kutilmagan qarorga kelgan. Va o‘zi va uch nafar farzandini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilgan. Qizlar omon qolgan, ona esa vafot etgan.

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Voqea sodir bo‘lishidan oldin onasining kutilmagan xatti-harakatidan bezovtalangan 2013-yilda tug‘ilgan katta farzandi uning qo‘lidan chiqib ketgan.

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    “Ayolning ikki nafar qizi esa o‘zining qo‘lida qolgan. Sodir bo‘lgan mudhish holat tufayli 2016-yilda tug‘ilgan qiz boshidan tan jarohati olgan va ayni paytda shifoxonada. 2018-yilda tug‘ilgan qiz ham baxtli tasodif tufayli omon qolgan. Ona esa shifoxonaga olib ketilgan va olgan og‘ir tan jarohati tufayli o‘sha yerda vafot etgan. Marhumning nega bu qotillikni sodir etgani keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi. Biroq onaning o‘limi hamon mavhumligicha qolmoqda”, — deydi O‘ktam Usmonov.

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Navoiy viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB vakillari hamda tuman mas’ul xodimlari tomonidan “Sovungar” MFYda bo‘lib o‘tgan muhokamada marhuma yashab kelgan xonadon ibratli va namunali oila ekani ta’kidlangan.

    Muhokama paytida aniqlanishicha, u bayram kuni qaynatasi va boshqa oila a’zolari bilan tomorqada bayramona kayfiyatda ishlagan.

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    Foto: Navoiy viloyat IIB

    “Sovungar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari Zumrad Roziqovaga ko‘ra, fuqaro Sh.Ch. bir gapirib, o‘n kuladigan, qaynanasi bilan ham ona-yu qizdek bo‘lib yashashganiga mahalla-ko‘y havas qilib kelgan.

    Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tegishli tartibda tekshiruv harakatlari va tahlillar olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • Chiroqchida 43 yoshli ayol kuyish alomatlari bilan o‘lik holda topildi. Marhumaning yaqinlari ayol o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda
    • Samarqandda turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgan shaxs 9 yilga qamaldi
    • Andijonlik ayol Shahrixon tuman IIB hududidagi suv minorasidan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi (video)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    Bugun, 00:34

    APL. “Tottenhem” 2 kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Liverpul”ni yengdi, “Arsenal” raqibini tor-mor etdi, Manchester klublarida mag‘lubiyat (video)

    Bugun, 00:21

    Bundesliga. “Bavariya” safarda “Leypsig” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 23:45

    La Liga. “Real” safarda “Jirona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Kecha, 23:26

    Andijonda Matiz yonib ketdi (video)

    Kecha, 22:46

    O‘zbekistonda bir oyda davlat xaridlarini amalga oshirishda 15 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi

    Kecha, 21:52

    Toshkentda daraxt kesgan erkak 11 mln so‘m jarimaga tortildi

    Kecha, 20:40

    Sergelidagi portlash sodir bo‘lgan omborda kimyoviy vositalar saqlangani aytilmoqda

    Kecha, 20:17

    Turkmanistonda 10 mlrd dollarlik qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda

    Kecha, 20:00

    UzCarlsberg ikki yildan beri World Drinks Awards medallarini qo‘lga kiritib kelmoqda

    Kecha, 19:30
    Reklama

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh miqdori 4 ming dollar bo‘lgan soha haqida ma’lumot berildi

    19:00 / 30.09.2023

    Toshkentda 15 yoshli qiz vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini ma’lum qildi

    15:00 / 30.09.2023

    Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 43 yoshida vafot etdi

    15:00 / 30.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    00:00 / 30.09.2023

    Sergelidagi favqulodda hodisadan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 

    10:00 / 30.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.