• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BAAda yomg‘irni kuchaytirish uchun bulutlarga dronlar uchiriladi

    Birlashgan Arab Amirliklarida ob-havoga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usuli tajribadan o‘tkazilmoqda. Britaniyalik tadqiqotchilar guruhi bortiga ionlashtiruvchi moslamalar o‘rnatilgan maxsus dronlarni havoga uchiradi. Kam quvvatli elektr zaryadlari suv bug‘idan katta tomchilar paydo bo‘lishiga olib kelishi kerak, deb yozmoqda Tengrinews.

    Foto: UAE National Center of Meteorology

    Foto: UAE National Center of Meteorology
    BAAda yillik yog‘ingarchilik me’yori 100 millimetrni tashkil etadi. Bu miqdordagi yerga tushayotgan atmosfera namligi mahalliy qishloq xo‘jaligining faoliyati uchun juda kam hisoblanadi. Toza suv ta’minoti ham cheksiz emas. Odamlar suv ichishi, o‘simliklar va ekilgan daraxtlar sug‘orilishi kerak. Shuning uchun, BAA hukumati mavjud barcha vositalar yordamida hayot uchun zarur bo‘lgan namlikni olish maqsadida turli xil choralarni ko‘rmoqda.

    Suvni tuzsizlantirishga qaratilgan infratuzilmani rivojlantirish bilan bir qatorda, ob-havoni boshqarish bo‘yicha loyihalarga muhim investitsiyalar kiritilmoqda. Bulutlarga quruq muz (qattiq karbonat angidrid) va kumush yodid joylashtirish kabi an’anaviy uslublar yog‘ingarchilik miqdorini 30 foizga ko‘paytirishga imkon beradi. Bu ko‘p va har yili ixtisoslashgan samolyotlarning parvozi soni ham ortib bormoqda, lekin baribir yetarlicha emas. Shuningdek, mazkur kimyoviy moddalardan foydalanishning boy tarixiga qaramay, ularni sepishning nojo‘ya ta’siri haligacha to‘liq o‘rganilmadi.

    Shuning uchun 2017-yilda BAA hukumati yomg‘ir miqdorini ko‘paytirish uchun to‘qqizta istiqbolli loyihaga 15 million dollar ajratdi. Ulardan biri Reding universiteti (University of Reading) olimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Britaniyalik mutaxassislar tomonidan taklif etilayotgan texnologiya atmosferadagi suv bug‘ining ionlanishini nazarda tutadi. Kam quvvatli elektr zaryadlari ta’siri ostida suv molekulalari tomchilarga birlashishi va yomg‘ir bo‘lib yog‘ishi kerak.

    Arab News nashrining xabar berishicha, yaqin kunlarda texnologiya Dubayda sinovdan o‘tkaziladi. Olimlarning ta’kidlashicha, modellashtirishning yaxshi natijalar berishi mumkinligiga qaramay, tajribaning muvaffaqiyati aniq emas. Lekin dronlar samaradorligi sezilarli bo‘lsa, 1,4 million dollarlik uncha ko‘p bo‘lmagan investitsiyalar tez muddatda kiritiladi. Maxsus samolyotlarning bir martalik parvozi bir necha ming dollarga tushadi, dronning uchuvchisiz parvoz vaqti esa sezilarli darajada arzon bo‘ladi. Bundan tashqari, jarayon kimyoviy moddalar va yoqilg‘i kabi hech qanday materiallar sarfini talab qilmaydi, kerak bo‘ladigani faqat elektr energiyasi.

    Ob-havoni boshqarish uchun elektr energiyasidan foydalanish g‘oyasi dunyoning turli nuqtalarida o‘nlab yillar davomida ishlanib kelmoqda. Yer ustiga joylashtiriladigan ionlashtiruvchi qurilmalar yordamida sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha to‘liq muvaffaqiyatli tajribalar 2008-yilda Xitoyda o‘tkazilgan. Ularning ishlash mexanizmi va takomillashtirish usullari 2020-yilning yozida MDPI onlayn jurnalida chop etilgan ilmiy maqolada tavsiflangan. 2014-yilda ClimateViewer News saytining yozishicha, BAAda tuproqni ionlashtiruvchi bir nechta konstruksiyalar tajribadan o‘tkazildi.

    BAAning yomg‘irni kuchaytirish bo‘yicha tadqiqot dasturi (UAEREP — The UAE Research Program for Rain Enhancement Science) 2015-yilda boshlangan. Uning asosi sun’iy yomg‘ir bo‘yicha AQSh Atmosferani tadqiq qilish milliy markazi (NCAR), Vitvatersrand universiteti (Witwatersrand University, BAA) va NASA qatnashgan muvaffaqiyatli milliy loyihalar bo‘ldi. Birinchi bosqichda UAEREP besh nafar ishtirokchiga mukofot sifatida 5 million dollarlik grant taklif qildi. Reding universiteti tadqiqotchilarining yuqoridagi loyiha dasturi ikkinchi siklning bir qismi edi. 2018-yilda yo‘lga qo‘yilgan uchinchi sikli ham bitta sovrin taklif qildi va bunda boshqalar qatori rossiyalik mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

    Avvalroq Qozog‘iston tibbiyot olimlari odatda qon ketishni to‘xtatishda foydalaniladigan “aminokaproik kislota” preparati inson tanasini nurlanishdan samarali himoya qilishga qodir ekanini aniqlagani haqida xabar berildi. “Yevraziya” (Rossiyaning “Birinchi kanal”i filiali) sujetida ushbu kashfiyot shov-shuvli deb ataldi.

    Shuningdek, Rossiyaning bortida 38 ta kosmik qurilma bo‘lgan “Soyuz-2.1a” raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi.

    Mavzuga doir: Perseverance marsoxodi birinchi marta Mars yuzasida “sayr qildi”

    24.03.2021, 23:22   Izoh (0)   16290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda koronavirusning qo‘shmutatsiyali turi aniqlandi

    24.03.2021, 22:57

    Qirg‘izistonda prezidentlikka sobiq nomzod Babanovga qarshi ochilgan jinoiy ishlar to‘xtatildi

    24.03.2021, 21:57

    Armanistonda sentabrdan buyon amal qilib kelgan harbiy holat bekor qilindi

    24.03.2021, 21:45

    Rossiya Davlat dumasi Putinga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish imkonini beruvchi qonunni qabul qildi

    24.03.2021, 21:21

    Vladimir Putinning jiyani prezidentni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasini tuzdi

    24.03.2021, 16:09

    Yevroittifoq Rossiyani Qrimda chet elliklarning yerga egalik huquqini taqiqlab xalqaro qonunlarni buzganlikda aybladi

    24.03.2021, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.