• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan mamlakat rahbariyati, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov va boshqalar hamdardlik bildirdi. Hamdardlik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Kitobxon.uz”

    Foto: “Kitobxon.uz”
    O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev shu yil 22-mart kuni 88 yoshida vafot etdi.

    Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yili 17-dekabrda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ildi. 1955-yili Toshkent davlat universitetini tamomladi.

    U o‘zining mehnat faoliyatini 1955-yilda o‘rta maktabda o‘qituvchi sifatida boshladi. Keyinchalik “Toshkent haqiqati”, “Sovet O‘zbekistoni” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetalarida adabiy xodim, “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, respublika yoshlar nashriyoti, “Gulxan” va “Yosh kuch” jurnallarida bosh muharrir lavozimlarida samarali mehnat qilib, milliy adabiyotimiz va matbuotimiz ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shdi. Keyinchalik respublika “Iste’dod” jamg‘armasi hamda “Oltin meros” xalqaro xayriya fondining rahbari vazifalarida faoliyat olib bordi.

    Katta bilim va tajribaga ega murabbiy adib sifatida uzoq yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalarga mo‘ljallangan “O‘yla, izla, top!” dasturiga boshchilik qildi.

    Xudoyberdi To‘xtaboyev o‘zining chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega badiiy yuksak ijodi bilan o‘zbek bolalar adabiyotining zabardast namoyandasiga aylandi.

    Iste’dodli adib oltmish yildan ziyod davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida “Shoshqaloq”, “So‘qmoqlar”, “Muhabbat qo‘shig‘i”, “Jonginam, shartingni ayt” singari hikoyalar to‘plamlari, “Sir ochildi”, “Omonboy bilan Davronboy sarguzashti” qissalari hamda “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Yillar va yo‘llar”, “Shirin qovunlar mamlakati”, “Mungli ko‘zlar”, “Jannati odamlar”, “Qiz talashgan o‘smirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz bolaga tosh otmang” romanlarini yaratdi.

    Ayniqsa, yozuvchining “Sariq devni minib” romani yurtimiz va dunyo miqyosida juda katta shuhrat qozondi. Mazkur asar qirqdan ziyod xorijiy tillarga tarjima qilinib, millionlab nusxalarda chop etilgan.

    Mustaqillik yillarida adibning ijodiy va ijtimoiy faoliyati yanada yorqin namoyon bo‘ldi. U yosh avlod vakillarini yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratish bilan bir qatorda, jamiyatimizda adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga ham munosib hissa qo‘shdi.

    U tajribali ijodkor, jonkuyar tashkilotchi sifatida ko‘plab yosh iste’dod egalariga ustozlik qildi.

    Xudoyberdi To‘xtaboyevning o‘zbek adabiyoti va san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan edi.

    Atoqli yozuvchi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Xudoyberdi To‘xtaboyevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Bundan avval 2020-yilda Sharof Rashidovning ukasi, O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 90 yoshida, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sodiqov 80 yoshida, yozuvchi, dramaturg, publitsist, O‘zbekiston san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov 79 yoshida, jurnalist va yozuvchi Sotvoldi Rajabov 74 yoshida, yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida olamdan o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    23.03.2021, 19:46   Izoh (0)   32104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmaliqdagi bankka o‘g‘rilikka tushgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi

    23.03.2021, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev xalqaro konsultantlarni qabul qildi

    23.03.2021, 18:50

    Toshkentdagi Inha universiteti ikki hafta karantinga yopildi. Sabab — bir nafar talabada koronavirus aniqlangan

    23.03.2021, 18:26

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi

    23.03.2021, 17:22

    Toshkentdagi Premier Hall kinoteatri 5 yilga ijaraga berildi. Bu yerda IMAX paydo bo‘ladi

    23.03.2021, 17:10

    O‘zbekistonda firmalarga davlat tilida nom berish xizmati tashkil etiladi

    23.03.2021, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Yaponiya, Filippin va Indoneziya bilan savdo bitimlarini tuzdi

    Dunyo | 23 iyul, 09:20

    Andijonda ayolni “samosud” qilgan do‘kon egasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 09:14

    “Real” hujumchisiga kutilmagan xaridor chiqdi

    Sport | 23 iyul, 09:09

    Hindistonda samolyot qo‘ngach yonib ketdi

    Dunyo | 23 iyul, 08:39

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.