• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janubiy Koreya prezidenti AstraZeneca bilan emlandi, Germaniyada karantin 18-aprelgacha uzaytirildi, JSST yoshlarning koronavirusga qarshi emlanishini qoraladi va boshqa koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In koronavirusga qarshi emlanmoqda

    Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In koronavirusga qarshi emlanmoqda
    Foto: EPA

    Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va uning rafiqasi Kim Chjon Suk koronavirusga qarshi emlandi. Ular AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya kompaniyasining vaksinasini qabul qildi. Buning uchun er-xotin Seuldagi Chonnogu markazida joylashgan sog‘liqni saqlash jamoatchilik markaziga keldi.

    Mun Chje In va birinchi xonim iyun oyida Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan G7 sammitida qatnashish uchun oldindan COVID-19’ga qarshi emlandi. Janubiy Koreyada 23-martdan boshlab 65 yoshdan oshgan odamlar koronavirusga qarshi vaksina oladi.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 99,4 mingdan ortiq odam COVID-19’ga chalingan, shularning 1,7 mingdan ortig‘i vafot etgan.

    Mart boshida Mun Chje In koronavirusga qarshi urush boshlanganini e’lon qilgan edi. U mansabdorlardan shay holatda bo‘lishni talab qilgan va aholini niqoblar bilan ta’minlashga va’da bergan edi. Virusga qarshi kurashga hukumat 30 trillion von (25 million dollar) yo‘naltirmoqchi.

    Janubiy Koreyada AstraZeneca vaksinasi fevral boshida ma’qullangan.

    Shu bilan birga, Litva prezidenti Gitanas Nauseda ham AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bilan omma oldida emlandi.

    “Men haqiqatan ham allaqachon ma’qullangan to‘rtta vaksinaning barchasi ishonchli va samarali deb hisoblayman. Shuning uchun odamlarni vaqtni bekor sarflamasdan, kutmasdan va o‘ylamasdan o‘zlari xohlagan vaksina bilan emlanishga chaqiraman”, — dedi u jurnalistlarga emlanib bo‘lganidan keyin.

    Shuningdek, Litva bosh vaziri Ingrida Shimonite, seym spikeri Viktoriya Chmilite-Nilsen, sog‘liqni saqlash vaziri Arunas Dulkis ham AstraZeneca vaksinasini qabul qilishi kutilmoqda.

    Litva 19-mart kuni Yevroittifoqning ba’zi mamlakatlari bilan bir qatorda AstraZeneca bilan emlashni qayta boshlagan edi.

    Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda karantin 18-aprelgacha uzaytirilishini ma’lum qildi. Pasxa bayramida yanada qat’iyroq cheklovlar joriy qilinadi. Mamlakatda karantin noyabr boshida, qat’iy cheklovlar esa 16-dekabrda kiritilgan edi. Karantin orqali hukumat COVID-19’ning uchinchi to‘lqinini tiyib turmoqchi. “Biz hozir juda jiddiy vaziyatdamiz”, — dedi Merkel matbuot anjumanida.

    Besh kun mobaynida — 1—5-aprel kunlari mamlakatda deyarli barcha do‘konlar yopiq bo‘ladi. Diniy ibodatlar onlayn rejimga o‘tkaziladi. 3-aprel, shanba kuni faqat oziq-ovqat do‘konlari ishlaydi. Bundan tashqari, kasallanganlar soni ketma-ket uch kun davomida har 100 ming aholiga 100 kishidan oshgan hududlarda yanada qat’iyroq qoidalar qo‘llaniladi.

    Germaniya mart oyida cheklovlarni susaytirishni boshlagan edi, ammo koronavirusning yuqumliroq mutatsiyalari aholi orasida tez tarqalib ketdi.

    Yoshlarni koronavirusga qarshi emlayotgan mamlakatlar buni boshqa mamlakatlarning xavf guruhidagi fuqarolari hisobiga amalga oshirilmoqda, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Adanom Gebreyesus 22-mart kuni o‘tkazilgan brifingda.

    “Ayni paytda yosh va sog‘lom odamlarni emlayotgan mamlakatlar buni boshqa mamlakatlardagi sog‘liqni saqlash ishchilari, keksalar va xavf guruhiga kiruvchi boshqa shaxslar hayoti hisobiga amalga oshirmpqda”, — dedi u.

    Gebreyesusning aytishicha, dunyo “halokatli ma’naviy jarlik”ka qulamoqda, chunki COVAX xalqaro mexanizmi orqali vaksinalarni olayotgan kambag‘al mamlakatlarda va boy davlatlarda COVID-vaksinatsiya sur’atlari o‘rtasidagi farq tobora kattalashib bormoqda.

    Uning ta’kidlashicha, bunday vaziyatga duch kelmaslik mumkin edi, ammo hukumatlar buning uchun yetarli harakat qilmadi.

    Shuningdek, JSST rahbari koronavirusga qarshi vaksinaning tengsizlik bilan taqsimlanishi har bir mamlakatda ham iqtisodiy, ham epidemiologik nuqtai nazardan mag‘lubiyatga olib kelishini eslatdi.

    Shuningdek:

    • Isroilda 22-mart holatiga aholining yarmi — 50,2 foizi to‘liq (ikkita dozada) koronavirusga qarshi emlandi. Mamlakatda jami 9 711 316 ta emlash amalga oshirilgan. Bitta dozada vaksina olganlar ulushi esa 57,1 foizni tashkil etmoqda.
    • Norvegiyada AstraZeneca vaksinasini olgan yana ikki kishi vafot etdi. O‘lim holatlari vaksina bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmayapti. Avvalroq vaksinatsiyadan keyin besh kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ularda tromboz, qon quyilishi va trombotsitlarning kam miqdori aniqlangan. Ulardan biri o‘tgan hafta boshida vafot etgan, endi esa yana ikkita o‘lim qayd etilgan.
    • Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ma’qullagan davlatlar soni 55 taga yetdi. Mavrikiya hozircha oxirgi bo‘lib undan foydalanishga ruxsat berdi.

    23.03.2021, 11:23   Izoh (0)   19348
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda noma’lum shaxs supermarketda otishma sodir etdi, o‘n kishi halok bo‘ldi

    23.03.2021, 09:54

    To‘rt yashar qizchani o‘ldirgan o‘zbekistonlik enaga majburiy davolanishdan keyin Rossiyadan chiqarib yuboriladi

    23.03.2021, 09:23

    Bolgariyada ikki nafar rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilinib, Rossiyaga qaytarib yuborildi

    22.03.2021, 23:27

    Xitoy Yevroittifoqning 10 nafar parlamentariy, olim va siyosatchisiga qarshi sanksiya qo‘lladi

    22.03.2021, 23:11

    AstraZeneca vaksinasi COVID-19’ning og‘ir shakliga qarshi 100 foiz samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilindi

    22.03.2021, 22:41

    Putin 23-mart kuni koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishni va’da qildi

    22.03.2021, 20:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.