Hindistonning Suryapet shahridagi stadionda Milliy chempionatning ochilish marosimida tomoshabinlar o‘tirgan tribuna qulab tushdi, oqibatda yuzga yaqin odam jabrlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, voqea natijasida yuzga yaqin odam jabrlangan. Lekin halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tribunada 1,5 ming kishi bo‘lgan, bu esa tomoshabinlarning ruxsat etilgan sonidan ancha yuqori. Barcha jabrlanganlar tuman shifoxonasiga yotqizildi.
Avvalroq Rossiya tarkibiga kiruvchi Tatariston poytaxti Qozon shahridagi Davlat sirkida tomosha ko‘rsatayotgan fil sherigiga hujum qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, maydonga olib chiqilgan ikkita filning biri ikkinchisini yiqitib, maydonning chetiga itarib yuborgan. Ularga yaqin o‘tirgan odamlar qochib ketgan.
Izoh (0)