• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qadrli vatandoshlar! Hurmatli mahalla tizimi xodimlari va faollari!

    Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildiraman.

    Mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan ushbu bayram yasharish va yangilanish, mehr-oqibat ayyomi – Navro‘z tantanalari davom etayotgan mana shunday shukuhli kunda o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no bor.

    Mahalla – asrlar osha milliy urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik maskani bo‘lib kelmoqda.

    Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan-kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashga o‘rgatib, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaradigan noyob tuzilmani tushunamiz.

    Ayni paytda, yurtimizda yashayotgan har bir inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, o‘z hayotini, quvonch-u tashvishlarini mahalladan ayri holda tasavvur eta olmaydi.

    Shu bois, biz keyingi to‘rt yilda mahalla institutiga milliy davlatchiligimizning asosiy quyi bo‘g‘ini sifatida qarab, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli va puxta o‘ylangan islohotlarni amalga oshirayotganimizdan barchangiz yaxshi xabardorsiz.

    Bu davrda soha rivojiga doir 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, har bir hududda Obod va xavfsiz mahalla tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etilganini alohida qayd etish lozim.

    Yurtimizda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, muhtaram nuroniylarimizning ijtimoiy faolligini oshirish, fuqarolar yig‘inlarining jamiyatdagi mavqeyi va ta’sirini kuchaytirishga ko‘maklashish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.

    Fuqarolar yig‘inlari raislarining huquq-tartibot, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy qilindi. Soha xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ularning oylik maoshlari 3 baravarga oshirildi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari faollari hamda keng jamoatchilik vakillari uchun “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

    Fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 1163 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 3612 tasi rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi. 110 ta tuman va shaharda “Mahalla markazi” majmualari barpo etildi, 4319 ta mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilindi.

    Soha xodimlarining jamiyatimizda ma’naviy muhit barqarorligini, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi fidokorona xizmatlarini el-yurtimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

    Ayniqsa, mahalla faollarining pandemiya davrida ko‘rsatgan chinakam jonbozliklari, xususan, sinovli kunlarda odamlar holidan xabar olish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, aholi bandligini ta’minlash singari g‘oyat muhim va dolzarb masalalarda davlatimizga mustahkam tayanch bo‘lib maydonga chiqqanini minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.

    Jumladan, bu davrda mahalla faollari tomonidan 700 mingga yaqin fuqaroning bandligini ta’minlash, 60 mingdan ziyod yurtdoshlarimizni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, imkoniyati cheklangan 754 mingdan ziyod oilalarning tomorqalaridan samarali foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatilganini alohida e’tirof etish zarur.

    Mahallalarda hashar yo‘li bilan 164 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarning xonadonlari ta’mirlanib, 1000 ga yaqin kambag‘al oilalarga uy-joylar qurib berilgani, 10 ming kilometrga yaqin ichki yo‘llar va 644 ta ko‘prik ta’mirlangani, 339 ta ko‘prik yangidan qurilgani, qariyb 2 ming kilometr uzunlikda ichimlik suvi tortilgani va 1300 ga yaqin nasoslar o‘rnatilganida sizlarning katta hissangiz bor.

    Jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhit asoslarini mustahkamlash maqsadida o‘tgan yili mahalla faollari ko‘magida ajralish yoqasiga kelib qolgan 21 mingga yaqin oila yarashtirilgani, 16 mingdan ziyod oilaning notinchligiga barham berilgani, 5 mingga yaqin mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagani, namunali mahallalar soni 1704 taga yetgani albatta tahsinga loyiqdir.

    Aziz do‘stlar!

    Bugungi keskin va shiddatli globallashuv davrida yurtimizda o‘zaro ahillik va totuvlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashda mahallalarning o‘rni va nufuzi tobora ortib bormoqda.

    Ayni paytda ushbu tizimning nufuzi va faoliyati samarasini kuchaytirish, uni fuqarolar o‘z fikri va dardini, taklif-tavsiyalarini erkin aytadigan, muammosiga yechim topadigan chinakam xalqchil idoraga aylantirish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

    Xalqimizda bir bolaga yetti mahalla ota-ona, degan gap bejiz aytilmagan. Farzandlarimizning ma’naviy barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi, yosh oilalarning mustahkam oyoqqa turib olishida ushbu tuzilmaning rolini yana-da oshirish, har bir nuroniy – besh nafar yoshga murabbiy tamoyili asosida boshlangan ezgu ishlarimizni izchil davom ettirish bugungi kun talabidir.

    Mahalla raisi faol islohotchi sifatida, avvalo, zamon bilan hamqadam bo‘lishi, o‘z bilim va malakasini doimiy oshirib borish haqida o‘ylashi, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini hayotga tatbiq etish, turli ijtimoiy muammolarni hal qilish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni tadbirkorlik markazlariga aylantirish choralarini ko‘rishi darkor.

    Xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsadga erishish yo‘lida biz islohotlarni mahallabay asosda amalga oshirish, barcha qishloq va mahallalarimizni jadal rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor qaratmoqdamiz.

    Ayni vaqtda aholining ehtiyojmand qatlami bilan manzilli ish olib borish, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan yurtdoshlarimiz muammolarini xonadonbay hal etishda, hech shubhasiz, mahalla organlari muhim o‘rin tutadi.

    Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari degan muhim tamoyilni amalga oshirishda biz avvalo mahalla tizimiga, mahalla faollari va fidoyilarining ulkan salohiyatiga tayanamiz.

    Biz mahalla institutini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

    Shu borada bir fikrni ta’kidlab aytmoqchiman:

    Mahalla obod bo‘lsa – yurt obod bo‘ladi. Mahallada o‘zgarish bo‘lsa, butun jamiyat o‘zgaradi.

    Hurmatli mahalla tizimi xodimlari!

    Muhtaram faxriylarimiz!

    Xalq ishonchini oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf hammangizga nasib etsin!

    Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor muborakbod etar ekanman, barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-u baraka, mas’uliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning fevralida Shavkat Mirziyoyev mahallalarda to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarga samarali yechim topish, tinchlik-osoyishtalikni asrab-avaylash yo‘lida barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifini bildirgandi. Shu yildan boshlab O‘zbekistonda 22-mart kuni Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.

    22.03.2021, 12:33   Izoh (0)   34493
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urganchda IIB yarimyalang‘och holda sumalak pishirgan ayol-qizlarga bog‘liq holatni o‘rganishni boshladi

    22.03.2021, 12:17

    Chirchiqlik 7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi surati topshirildi

    22.03.2021, 12:02

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 107 kishida koronavirus aniqlandi

    22.03.2021, 11:31

    O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida vafot etdi

    22.03.2021, 11:00

    Foto: 20 yillar avvalgi Saida Mirziyoyeva

    22.03.2021, 10:21

    Sergelida chiqindilarni saralagan holda to‘plovchi punkt ochildi

    22.03.2021, 09:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.