Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda qizining sha’nini bulg‘ovchi gap-so‘zlarni tarqatgan erkakni kaltaklagan ota va uning ukasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, 2-mart kuni soat 21:00 larda 43 yoshli G‘afur S. ukasi bilan Urgut tumanida joylashgan “Korzinka.uz” savdo markazi oldida 29 yoshli Hasan O‘.ni oldindan davom etib kelayotgan kelishmovchilik sabab tanasining turli joylariga urib, jarohat yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Hasan O‘.da og‘ir tan jarohatlari aniqlangani ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Hasan O‘. G‘afur S.ning turmushga chiqmagan qizining sha’nini bulg‘ash maqsadida gap-so‘z tarqatib yurganligi sababli ushbu jinoyat sodir bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘afur S. va uning ukasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “k,l” bandlari (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bu turdagi jinoyatlarga Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Avvalroq farg‘onalik tadbirkor telefonda qizi bilan yozishgan 14 yoshli o‘quvchini kaltaklagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)