• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ismim meni o‘limdan qutqargan”. Hammasi ham 21-martda tug‘ilmagan Navro‘z va Navro‘zalar bilan suhbat

    Chaqaloqlar ba’zan o‘z ismi bilan dunyoga keladi. Navro‘zda tug‘ilgan ko‘plab chaqaloqlar taqdiri ham shunday (chaqaloq qay faslda dunyoga kelishidan qat’i nazar, unga yaxshi niyatlar bilan Navro‘z sharafiga ism berishni niyat qilganlar ham bor, albatta).

    Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekistonda 47 nafar o‘g‘il bolaga Navro‘z, 115 nafar qizaloqqa Navro‘za deb ism qo‘yilgan. 2021-yil boshidan 18-martgacha esa 21 nafar Navro‘z va 10 nafar Navro‘za dunyoga kelgan.

    Bayram munosabati bilan “Daryo” nashri Navro‘z va Navro‘zalar bilan bog‘lanib, ularga kim ism qo‘ygani, bu ismi uning hayotiga qanchalik ta’sir qilgani, ismini o‘zgartirish niyati bo‘lganmi, yo‘qmi va ismi sabab yuz bergan qiziqarli holatlar haqida so‘radi.

    Navro‘za Biynazova. Jurnalist, ssenariynavis, rejissor.

    Foto: Navro‘za Biynazovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Navro‘za Biynazovaning shaxsiy arxividan

    Men yozda tug‘ilganman va tug‘ilgan kunimning Navro‘z bayramiga hech qanday aloqasi yo‘q. Ismimni buvim, “Gul va Navro‘z” dostoni qahramoni sharafiga qo‘yganlar. O‘shanda buvijonim asarni o‘qib, garchi asarda bu yigitning ismi bo‘lsa-da, Navro‘z ismini yoqtirib qolgan ekanlar.

    Ismim forschadan “yangi kun” deb tarjima qilinadi va tabiatan men yangilanishni juda yaxshi ko‘raman, har bir yangi kunga umid va ishonch bilan qarayman. Men juda optimist odamman. Ehtimol, bu ham ismimning ta’siridir.

    Ismim o‘zimga juda yoqadi, bu juda kam, esda qoladigan, chiroyli ma’noga ega ism. Bu bu go‘zal ism uchun buvimdan minnatdorman. Meni Navro‘z bayrami kunlarida tug‘ilgan deb o‘ylashlarining o‘zi qiziq holat.

    Navro‘z yaxshilikka, ezgulikka undaydigan, ijod tuyg‘usini uyg‘otadigan va kelajakka umid, ishonch va kuch beradigan bayram. Hammani ushbu ajoyib bayram bilan tabriklayman. Oldimizga yangi, yaxshi maqsadlar qo‘yishni va ularga erishishni tilayman. Sihat-salomat va baxtli bo‘ling.

    Navro‘za Yahyoyeva. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-kurs doktoranturasi mustaqil izlanuvchisi, xalqaro jurnalistika fakulteti o‘qituvchisi. 1991-yil 21-mart kuni Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

    Foto: Instagram / @navruza_miryaxyayeva

    Foto: Instagram / @navruza_miryaxyayeva

    Ismimni katta bobom “Navro‘zda dunyoga kelgani uchun o‘z ismi bilan tug‘ildi”, deb qo‘yganlar. Ismimni o‘zgartirmagan bo‘lardim. Insonga berilgan taqdir bir deb o‘ylayman. Shuning uchun ismim shunday qolishini xohlayman.

    Ismning inson hayotida ta’siri bor deb o‘ylayman. Hayotiy tajribamdan shuni aytishim mumkinki, og‘ir yo‘qotishlar bo‘lgan, lekin shu depressiya vaqtlarida yangi hayot, yangi kun deb faqat oldinga intilgan kunlarim bo‘lgan.

    Tez-tez xorijda bo‘lib turaman. Ko‘p hollarda ismimni talaffuz qilishda qiynalishadi. Qaysi davlatda bo‘lsam, o‘sha yerning tilida “Yangi yil” deb chaqirishadi. Masalan, fransuzlar Bonani, inglizlar New Year. Tug‘ilgan kunim sanasini so‘rashayotganda, ismimga e’tibor berilmaydigan holatlar ko‘p bo‘ladi. Men javoban “ismimdan topinglar”, deyman.

    Barchaga eng ezgu tilaklarni yo‘llayman. Yurtimizda Navro‘z va Navro‘zalar ko‘payaversin!

    Navro‘z Turobov. Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti talabasi. 2002-yilning 21-martida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan.

    Foto: Navro‘z Turobovning shaxsiy arxividan

    Foto: Navro‘z Turobovning shaxsiy arxividan

    Ismimni hoji onam — dadamning onalari qo‘yganlar.

    Albatta, ism inson hayotiga katta ta’sir qiladi. Mening ismim bahor, yangilanish va go‘zallik ayyomi Navro‘z bayramini eslatadi. Men deyarli har doim ko‘tarinki kayfiyatda yuraman, hayotda biror muammoli vaziyat yuzaga kelsa ham, tushkunlikka tushmayman, uni hal qilish chorasini izlayman. Balki, bayramona ismim tufayli menda bu xislat shakllangandir. Yana kim bilsin.

    Agar menga yana bir marta ism berilishi mumkin bo‘lganida va uni men tanlashim kerak bo‘lsa, men baribir Navro‘z ismini tanlar edim. Bu ism uchun hoji onamdan, ota-onamdan minnatdorman. Birinchidan, ismim ko‘p uchramaydi. Ikkinchidan, uni qisqartirib, yarmini aytib bo‘lmaydi — qisqa va lo‘nda. Uchinchidan, ismimda bahor va yangilanish kabi ramziy ma’nolar bor. Shuning uchun ismim menga juda mos tanlangan deb o‘ylayman.

    Kelgusi Navro‘zda koronavirusni to‘la yengganimizni ham qo‘shib nishonlaylik!

    Navro‘za G‘aniyeva. Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i bosh ofisi mijozlar bilan ishlash bo‘limi xodimi. 1994-yilning 7-martida Toshkent shahrida tug‘ilgan.

    Foto: Navro‘za G‘aniyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Navro‘za G‘aniyevaning shaxsiy arxividan

    Ismimni buvim qo‘yganlar. Ko‘p hollarda bilishsa ham, ismimning ma’nosini va nega aynan bu ism qo‘yilganini so‘rashadi va ko‘pchilik meni 21-martda tug‘ilgan deb o‘ylashini aytadi. Hatto 21-martda tug‘ilgan kun tabriklari ham bo‘lib turadi.

    Ismimning hayotim, turmushimga ta’siriga to‘xtaladigan bo‘lsam, gullarni juda ham yaxshi ko‘raman, tabiatda sayr qilsam ruhim yengillashadi, suv bo‘yida o‘tirib xayol surishni yoqtiraman. Quvnoqman, doimo ochiq chehrada yurishga harakat qilaman.

    Avvallari ismim o‘zimga yoqmas edi, lekin ismimni o‘zgartirishni hech qachon o‘ylamaganman. Endi o‘ylab qarasam, hozir quloqqa chalinadigan ayrim ismlardan (aytsam xafa bo‘lib qolishlari mumkin) ming chandon afzal ekan. Mana hozir “Daryo” nashri aynan ismim sabab menga savollar yo‘llagan ekan, ismim yanada go‘zalroq tuyuldi va aslida ham go‘zal bo‘lganini bildim.

    Yaxshiliklar bayrami bilan barcha yurtdoshlarimni, Yer yuzidagi barcha Navro‘zni biladigan va nishonlaydigan insonlarni tabriklayman!

    Navro‘z Ashirmatov. O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot kotibi. 1986-yilning 23-martida Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan.

    Foto: AOKA

    Foto: AOKA

    Menga ismimni onam berganlar. Ismimning hayotimga qanchalik ta’sir qilishiga ahamiyat bermaganman. Ismimni o‘zgartirish haqida o‘ylab ham ko‘rmaganman. Ismim bilan bog‘liq qiziq holatlar bo‘lmagan. Navro‘z muborak!

    Navro‘za Siddiqova. Uy bekasi. Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan. 1989-yil 18-mart kuni tug‘ilgan.

    Foto: Navro‘za Siddiqovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Navro‘za Siddiqovaning shaxsiy arxividan

    Ismimni dadam qo‘yganlar. Albatta, ismning hayotga ta’siri bor. Bahorda tug‘ilganim, ismimning Navro‘zaligi ko‘proq kayfiyatimga ta’sir qiladi. Birortasi bilan tortishib qolsam yo kimdandir ranjisam, tez unutaman. Bahorga xos fe’l-tabiatim ham yo‘q emas. Meni yig‘latish ham, kuldirish ham oson. Balki, ismim ham sababchidir...

    Yo‘q, imkoniyat bo‘lganida ham ismimni o‘zgartirmasdim — ismim o‘zimga yoqadi. Taqdir buyurgani shu ekan. Undan qochib, peshonamdagini rad etib, qayerga ham borardim?!

    Ismim tufayli emas-u, tug‘ilgani kunim bilan bog‘liq qiziq holat bo‘lgan. Men, turmush o‘rtog‘im va o‘g‘lim bir kunda — 18-mart kuni tug‘ilganmiz. Bir kunda uchovimizning tug‘ilgan kunimizni biryo‘la nishonlab, birdan uch martalab mehmon kutishdan qutulamiz.

    Ilohim, yurtimiz tinch bo‘lsin, Navro‘z tatigulik xotirjamlik bersin!

    Navro‘z Rizayev. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, jurnalist, siyosiy sharhlovchi. 1969-yil 28-mart kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ismimni rahmatli otam, pedagog, tumanning taniqli ziyolilaridan biri Ibodulla Rizayev qo‘yganlar. U kishi Navro‘z ayyomi, uning tarixi va Sharq hamda o‘zbek xalqlarining hayotida tutgan o‘rniga befarq qaramagan. Shundanmi, rahmatli onajonim Musavvara Boqiyevaga shu bolani Navro‘z kuniga mo‘ljallab tug‘ib berasan, deb qo‘ygan ekanlar. “Yolg‘on to‘lg‘oq” bo‘lganmi, negadir bir hafta avval — 20-mart kuni onamni tug‘ruqxonaga olib borib qo‘ygan ham ekanlar. Xullas, ular mo‘ljallagan 21-martda emas, 28-martda tug‘ilganman. Otam, hali Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi va men o‘g‘limga baribir Navro‘z ismini beraman, deganlar.

    Ismimning hayotimga ta’siri beqiyos... Bahor, yangilanish fasli, Navro‘z poklanish ayyomi. Bu tushunchalar mening hayotimning bosh mezoniga aylangan. Abu Rayhon Beruniy aytgan tenglik va unga rioya qilish — bosh shiorim. Men odamlarga faqat yaxshilik ulashsam, deyman. Gina-kudratni yomon ko‘raman. Navro‘z adolat tantanasi hamdir. Ismimning ma’nosi — yangi kun. Shu ma’noda eskilikni xush ko‘rmayman. Saxovatli bo‘lishga intilaman.

    Agar ismimni o‘zgartishni so‘rashsami? Bunday harakatlar hali o‘quvchilik davrim, 1983-yillarda sobiq komsomol tashkilotida bir ko‘tarilgan. Faol komsomolchi, o‘sha paytda “din afyundir”, deya jar solib ateizmni targ‘ib qilgan va ayyomni ham din bilan bog‘lagan guruhlar “Navro‘z bayramini nishonlash qoralandi, endi buning ham ismini o‘zgartirish kerak”, degan “dono taklif” bilan yig‘ilish o‘tkazdilar. O‘zgartira olishmadi. Uni hozir ham o‘zgartirish niyatim yo‘q.

    Navro‘z butun Sharq xalqlariga ma’lum va mashhur ism. Sobiq Ittifoq davrida Turkmanistonning maxfiyroq harbiy qismida alohida razvedkachi desantlar bo‘limida tayyorgarlikdan o‘tib, Afg‘onistonning Pokiston bilan chegara hududi, Kunar tomonlarda xizmat qildim. Bir kuni ikki kishi tog‘lar orasidan afg‘on qishlog‘iga kirdik. Do‘konda bir odam bilan ko‘rishishimiz kerak edi. Shunda mahalliy jangarisifat to‘daning iskanjasida qoldim. Ismimni bilishgach, “E-ho, nomash Navro‘zmi?”, deya yumshashdi. Keyin musulmonligimga amin bo‘lib, kalima qaytarishni buyurishdi... Ismim meni jahannamdan qutqarganni hech esimdan chiqmaydi.

    Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

    Mustahkam Tangriyorova tayyorladi

    21.03.2021, 16:18   Izoh (0)   83599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan motoparad (foto va video)

    21.03.2021, 15:39

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonlariga kirishdi

    21.03.2021, 15:17

    Toshkentda opera va balet teatrining ikki xodimini teatr yonida Damas urib ketdi. Ulardan biri vafot etgan

    21.03.2021, 14:38

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

    21.03.2021, 14:16

    Asakada o‘qituvchi maktab o‘quvchisini kaltaklagani aks etgan videoga tuman xalq ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi

    21.03.2021, 13:37

    O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    21.03.2021, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘onistondagi qurg‘oqchilikka qaramay, ho‘l meva hosildorligi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi

    Afg'oniston | 2 iyun, 18:05

    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

    Reklama | 2 iyun, 18:00

    Gayday ham xato qiladi: “Kavkaz asirasi” filmida rejissyor e’tiboridan chetda qolgan xatolar

    Kino | 2 iyun, 17:55

    Kambodja Tailandni Xalqaro sudga beradi

    Dunyo | 2 iyun, 17:45

    Kollagen ozishga yordam beradimi? Olimlar javob berdi

    Layfstayl | 2 iyun, 17:30

    O‘zbekistonda fuqarolar tarvuz-qovundan zaharlanib vafot etgani aytildi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 17:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.