• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalistga Samarqandda o‘ldirish bilan tahdid qilindi. Viloyat IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi

    Samarqand shahrida Rossiyaga ketish istagidagi o‘nlab mehnat migrantlariga aviachiptalar sezilarli darajada qimmat narxda sotilganiga oid masalani o‘rganayotgan “Kun.uz” muxbiriga tahdid qilindi, deb xabar beradi nashr.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Qayd etilishicha, ayni vaqtda Rossiyadagi “Pik Industriya”, “Texnostroy” kabi qurilish tashkilotlari orqali Rossiyaga ishlashga borgan vatandoshlar duch kelgan muammolar tahririyat tomonidan o‘rganilmoqda.

    O‘rganishlar chog‘ida, mehnat migrantlariga aviachiptalar 4,5 million so‘mdan sotilgani, chiptalarni Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi 47-uyda joylashgan “Pik Industriya”, “Texnostroy” kabi tashkilotlarning shartnoma asosida O‘zbekistondagi ishonchli vakili hisoblangan “Panorama bolalar uyi” MChJ sotgani haqida ma’lumotlar to‘plangan.

    Nashrning ushbu shahardagi hududiy ofisi xodimi Anvar Mustafoqulov shu yil 19-mart kuni mavjud ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ayrim savollar bilan firma idorasiga borgan. Ammo muxbir u yerda firmaning mas’ul xodimlari bo‘lishi mumkinligi ehtimol tutilayotgan shaxslarning tahdidiga uchragan.

    Muxbirning aytishicha, dastlab, undan telefonni o‘chirib turishni, vaziyat bo‘yicha gaplashib olishlarini bildirishgan, so‘ngra turli haqoratli so‘zlar bilan haqoratlab, o‘ldirish bilan tahdid qilishgan va kuch ishlatishga urinishlar bo‘lgan. Vaziyat jiddiyligi oydinlashgach, muxbir u yerdan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

    Jurnalist unga bo‘lgan tahdid yuzasidan Samarqand shahar IIO FMBga ariza kiritgan.

    Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining mazkur holat yuzasidan bergan bayonotida qayd etilishicha, jurnalist viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. “Hozirda ariza yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov “Kun.uz” xodimlariga tahdid qilgandi. Oradan bir kun o‘tib Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan Vahobovning videointervyusi e’lon qilindi va unda hokim o‘rinbosari “Kun.uz” muxbiri Rahmatilla Isroilov muqaddam undan tamagirlik yo‘li bilan yer talab qilgani va buning evaziga katta miqdorda pora taklif etgani haqidagi da’voni ilgari surgan edi.

    Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o‘rganish o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Deputat Rasul Kusherboyev jurnalistlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan hokim o‘rinbosari o‘z lavozimini tark etishi kerakligi haqida fikr bildirgandi.

    Shundan so‘ng tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov 2019-yil sentabrida ishdan ketgan, biroq 2020-yilning noyabrida u lavozimiga qayta tiklangani ma’lum bo‘lgandi.

    20.03.2021, 17:40   Izoh (0)   21800
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda YPX xodimi avariyaga uchradi

    20.03.2021, 17:12

    Senatorlar Uzbekistan Airways’ga chiptalar sotuvini soddalashtirish bo‘yicha so‘rov yubordi

    20.03.2021, 16:13

    “Reklamalarda hayosizlik va pornografiya bemalol bo‘lib qoldi” — Alisher Qodirov

    20.03.2021, 15:33

    Navoiyda mast fuqaro uyiga kelgan mehmonni pichoqlab o‘ldirdi

    20.03.2021, 15:15

    Samarqandda yuk poyezdi urib yuborgan 11-sinf o‘quvchisi ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etdi

    20.03.2021, 14:13

    Toshkentda Navro‘z bayrami kunlarida jamoat transportlarining ishlash tartibi ma’lum qilindi

    20.03.2021, 13:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.