• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada tibbiyot xodimining bemorga elektroshoker qo‘llagani aks etgan video tarqaldi. Mutasaddilar holatga izoh berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyat narkologiya dispanseri xodimining muassasada davolanayotgan bemorga elektroshoker bilan ta’sir o‘tkazayotgani aks etgan video tarqaldi. “Daryo” muxbiri mazkur video tafsilotlarini o‘rganish maqsadida mas’ullar bilan bog‘landi.

    “Ijtimoy tarmoqlarda dispanserimiz bilan bog‘liq videolavhalar tarqaldi. Avvalo, shuni aytib qo‘ymoqchimizki, ayni paytda ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Surishtiruv yakunlari bo‘yicha holatga to‘liq oydinlik kiritilib, albatta, huquqiy baho beriladi”, — dedi viloyat narkologiya dispanseri bosh shifokori Bobir Ibragimov.

    Bosh shifokorning aytishicha, 2021-yil 13-mart kuni dispanserga mast holdagi fuqaro olib kelingan.

    “Ushbu fuqaro tibbiyot xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, turli tajovuzkor harakatlar qilganligi sababli navbatchi feldsher yonida bo‘lgan ‘fonarik’ bilan uni tinchlantirishga harakat qilgan. Ushbu holat videotasvirga tushib qolib, ijtimoiy tarmoqlarda biroz noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Videolavhadagi jabrlanuvchi shaxsga nisbatan sud tibbiyot ekspertizasi o‘tkazildi. Ushbu ekspertiza xulosasiga asosan fuqaroda hech qanday tan jarohati alomatlari aniqlanmadi. Ushbu fuqaro tomonidan shikoyat va e’tirozlar bo‘lmadi”, — deydi Bobir Ibragimov.

    “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, Farg‘ona shahar prokuraturasi ham viloyat narkologiya dispanseri bilan bog‘liq videolavhalar yuzasidan o‘rganish olib borgan.

    Prokuraturaning aniqlashicha, 2021-yil 13-mart kuni soat 20:00 da Marg‘ilon shahar IIB XPB profilaktika inspektori D.K. tomonidan Qo‘shtepa tumanida yashovchi M.A. Marg‘ilon shahrida joylashgan “Qishloq qurilish bank” oldida o‘ta mast holatda yurganligi sababli jinoyatchilikning oldini olish maqsadida viloyat narkologiya dispanseriga olib borilgan. Dispanser navbatchi shifokori M.Q. tomonidan hujjatlar asosida M.A. hushyorlantirish uchun qabul qilingan. Shu kuni, taxminan, soat 22:30 da viloyat narkologiya dispanserida feldsher vazifasida ishlovchi T.Sh. yonida bo‘lgan elektroshoker moslamasi bilan mast holatda bo‘lgan fuqaro M.A.ga ta’sir o‘tkazishga uringan.

    Bu vaqtda Farg‘ona shahar IIO FMB 1-sonli IIB profilaktika inspektori B.X. tomonidan Farg‘ona shahar Quvasoy ko‘chasida joylashgan “Karvonsaroy” oshxonasi oldida mast holatda yurgan T.M. viloyat narkologiya dispanseriga olib kelingan. U bilan birga kelgan shaxs tomonidan yuqoridagi holat videotasvirga olinib, Telegram hamda YouTube’da tarqatilgan.

    Qayd etilishicha, 2021-yil 14-mart kuni video yuzasidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan va 1 dona qora rangli elektroshoker ashyoviy dalil tariqasida olingan.

    “Tergovga qadar tekshirish davomida fuqaro M.A. haqiqatdan ham 2021-yil 13-mart kuni soat 20:00 da Marg‘ilon shahrida joylashgan ‘ Qishloq qurilish bank’ oldida o‘ta mast holatda yurganligi sababli IIB xodimlari tomonidan viloyat narkologiya dispanseriga olib borilganligini, taxminan, soat 22:30 da feldsher vazifasida ishlovchi Sh.T. elektroshoker moslamasi bilan uning bo‘yin qismiga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lganligini, lekin unga elektroshoker moslamasi tegmagani, IIB xodimlari va shifokorlar tomonidan qiynoqqa solinmaganligi yoki tan jarohati yetkazilmaganligini, hech kimdan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

    Holat bo‘yicha fuqaro M.A.ga sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, viloyat narkologiya dispanserining navbatchi shifokori M.Q. hamda feldsher Sh.T.ning xatti-harakatlari yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Farg‘ona shahar prokuraturasi bayonotida.

    Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ham ushbu vaziyatga munosabat bildirdi.

    “Dastlabaki o‘rganish davomida aniqlanishicha, 2021-yil 13-mart kuni T.Sh. ismli feldsher navbatchiligi vaqtida hududiy profilaktika inspektori tomonidan mast holda bo‘lgan fuqaro dispanserga olib kelingan. Fuqaro tibbiy xodimlar hamda profilaktika inspektorining qonuniy talablarini bajarmasdan, o‘zini o‘ta tajovuzkor tutib, tibbiy xodimlarga tashlangan hamda dispanserning moddiy boyliklariga qo‘pol munosabatda bo‘lgan, eshik, stol, stul va karavotni tepib, sindirishga uringan. O‘z navbatida feldsher fuqaroni tinchlantirish maqsadida oldida bo‘lgan fonarni ‘elektroshoker’ tariqasida ishlatgan va mast holdagi fuqaroni shu tariqa tinchlantirmoqchi bo‘lgan.

    2021-yil 15-mart kuni o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaroning badanida elektroshokerdan olingan hech qanday tan jarohati aniqlanmagan.

    Bundan tashqari, Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tayinlangan texnik ekspertizada feldsherga tegishli bo‘lgan fonar umuman elektroshoker vazifasini bajara olmasligi hamda mazkur moslama bilan fuqaroga tan jarohati yetkazishning imkoni yo‘qligi o‘z tasdig‘ini topgan.

    O‘tkazilayotgan tekshiruv yakuni bo‘yicha kasb etikasi va deontologiyasiga rioya qilmagani uchun feldsherga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotda.

    Mazkur voqeaga munosabat bildirgan viloyat IIB voqea joyida bo‘lib, holatni kuzatib turgan IIB xodimlarining xatti-harakatiga huquqiy baho berilishini bildirgan.

    “Mazkur videoni sharhlagan shaxs tibbiyot xodimi elektroshoker bilan fuqaroni bir necha marta urib, vahshiylarcha munosabatda bo‘layotganligini, ammo o‘sha yerda turgan IIB xodimi holatga e’tibor qaratmayotganligini bildirgan.

    Farg‘ona viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvga ko‘ra, fuqaro kiyimidagi shaxs IIO xodimi emas, balki narkologiya dispanserida qorovul bo‘lib ishlovchi S.E. ekanligi aniqlangan. Tibbiyot xodimining xatti-harakatlari yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat IIB tomonidan yuqoridagi holatga IIO xodimining aloqadorligi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, holatga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi viloyat IIBning rasmiy munosabatida.

    Mavzuga doir: 

    • Andijonda homilador ayolga elektroshoker ishlatib, uning tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan yigit ushlandi
    • Elektroshok qurilmalarining chiqish parametrlari muvofiqligi normalari muhokamaga qo‘yildi

    18.03.2021, 00:10   Izoh (0)   43787
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Karantin choralari emas, uning qoidalariga rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilyapti”, — Toshkent shahar SSBB boshlig‘i Anvar Alimov

    17.03.2021, 23:47

    Navoiyda tadbirkorga tegishli yerni 150 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

    17.03.2021, 23:35

    Uzbekistan Airways Toshkent—Minsk—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 24, 28 va 31-mart kunlari qo‘shimcha reyslar amalga oshiradi

    17.03.2021, 23:23

    Shahrisabzda olti oydan buyon oyliksiz ishlayotgani aytilgan kollej o‘qituvchilarining maoshlari Navro‘z bayramigacha to‘lab berilishi aytildi

    17.03.2021, 23:11

    O‘zbekistonga 2021-yilda qanday oziq-ovqat mahsulotlari import qilinishi ma’lum qilindi

    17.03.2021, 22:59

    Qoraqalpog‘istonda yigit boshqaga erga tegib ketgan sevgan qizini pichoqlab o‘ldirdi. Qiz o‘limidan oldin yigitni aybsiz deb ko‘rsatma berdi

    17.03.2021, 22:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.