• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqchida 43 yoshli ayol kuyish alomatlari bilan o‘lik holda topildi. Marhumaning yaqinlari ayol o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 43 yoshli ayol kuyish alomatlari bilan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan marhumaning yaqinlariga ko‘ra, ayol o‘ldirilib, keyin yoqib yuborilgan.

    Gulnora Normo‘minova.

    Gulnora Normo‘minova.
    Foto: “Daryo”

    “Bunday shubhaga borishimizning sababi oddiy. Qaynsinglim yonib ketishi oqibatida o‘lgan bo‘lsa, nega sochlari umuman yonmagan? Qolaversa, oyoq kiyimlari ham butun turibdi. Hatto olov ham o‘tmagan. Odatda odam yongach baqirib har tomonga chopadi-ku. Rahmatli, xuddi tandirda kuygandek jizg‘anak bo‘lib turibdi. O‘ladigan darajada yonmagan. Yuzi tanib bo‘ladigan darajada shunchaki kuygan”, — deydi marhumaning kelinoyisi Gulnora Normo‘minova.

    Gulnora Normo‘minovaning aytishicha, noxush xabarni eshitgach voqea joyiga tezda yetib borgan.

    “Qaynsinglimning qaynanasi Xosiyat momodan ‘Nega bunday bo‘ldi, janjal bo‘lganmidi?’, deb so‘radim. Xosiyat momo ‘Yo‘q, janjal bo‘lgani yo‘q. Kechki payt eri kelgandi, manti suzib berdi. Shunda eri bunga qornim to‘ymadi. Go‘sht qovurib bersin, degandi. Keyin qizi go‘sht qovurish uchun tashqariga chiqqandi, shunda qo‘rada (molxona) olov yonayotganini ko‘rgan. Hammamiz yugurib chiqdik. Chiqqanimizda kelinim yonayotgan ekan. Shu payt momojon, dedi-yu, o‘zini tashlab yubordi, dedi”, — deydi Gulnora Normo‘minova.

    “Voqea haqida eshitdim-u, tezda yetib bordim. Borsam, bolam bechora yerda yotgan ekan. Ushlab ko‘rsam, yaxlab, qotib qolgan. Yongan odamning issiq tafti bo‘lmaydimi? Birdan qotib qolmaydi-ku. Qolaversa, yongan odam jon holatida qochmaydimi? Mening bolam yonib, o‘sha joyning o‘zida o‘lib qoladimi? Aslida, ular qizimni o‘zlari o‘ldirib qo‘yib, keyin yoqib yuborgan”, — deydi Musallam momo Hojimurodova.

    Musallam momoning aytishicha, qizining jasadi shunchaki kuygan.

    Musallam momo Hojimurodova.

    Musallam momo Hojimurodova.
    Foto: “Daryo”

    “Qizimning o‘lganiga ishonmay, qayta-qayta ushlab ko‘rdim. Shunchaki kuygan. O‘lib qoladigan darajada yonmagan. Eng yomoni, mening qizim o‘lib ketdi. Uni o‘ldirganlar esa yuribdi”, — deydi marhumaning onasi.

    Marhumaning akasi Husanmurod Yusupovning aytishicha, singlisi va kuyovi hech qachon yaxshi yashamagan. Kuyovi har doim singlisini haqoratlab, kamsitib kelgan. Ular esa singlisining oilasi tinchligini o‘ylab, bunga ko‘z yumib yashagan.

    “Voqeani eshitishim bilan tezda yetib bordim. Borsam, singlim o‘lib yotgan ekan. Qaynonasiga qarab, ‘axiri yedingmi’, dedim. Ular esa qochib uyiga kirib ketdi”, — deydi marhumaning akasi.

    Marhumaning aka-ukasi Husanmurod hamda Muzaffar Yusupovlarning aytishicha, mazkur ishni o‘rganayotgan tuman prokuraturasi adolatli ish olib bormayapti.

    “Biz viloyat prokuraturasiga shikoyat qilib, ishni tuman ko‘rmasligini so‘rayapmiz. Boisi Ilhom ismli tergovchi mazkur ishga judayam e’tiborsiz yondashyapti. Uning oldiga borib, ish qachon sudga oshadi, desam, hali bizning uch oy vaqtimiz bor, dedi. Tergovchi ishni shu darajada sekin va bamaylixotir olib boryaptiki, hatto prokuraturaga kelgan ekspertiza xulosasini ham o‘qib ko‘rmagan ekan. Qachon o‘qiysiz va bizga xabar berasiz, deb so‘rasam, bizning vaqtimiz bemalol, dedi”, — deydi Husanmurod Yusupov.

    Husanmurod Yusupov.

    Husanmurod Yusupov.
    Foto: “Daryo”

    Marhumaning yaqinlari, shuningdek, mazkur jinoyat ishini tergov qilayotgan tergovchi marhumaning qaynog‘asi — kuyovning akasi bilan birga yurganini ko‘rganini, shu sabab tergov shaffof o‘tishiga gumon qilayotganini aytmoqda.

    “Tergovchi biz shubha qilayotgan odamlar bilan birga yuribdi. Shunday bo‘lgach, biz tergovchining adolatli ish olib borishiga qanday ishonamiz”, — deydi marhumaning jiyani Jahongir Chorshanbiyev.

    Marhumaning yaqinlari voqea ro‘y bergan kuni qishloqqa Buxoro viloyatidan mehmon kelganini, u singlisi va kuyovi tortishib qolganini eshitganini, singlisining yordam so‘rab baqirganiga ham guvoh bo‘lganini aytganini ta’kidlamoqda.

    “O‘sha kuni qishlog‘imizga kelgan mehmon ertasi kuni tanishlariga bir ayolning baqirgan ovozi eshitilganini, eri bilan tortishayotganini taxmin qilganini va singlimning yordam so‘rab chaqirganini eshitganini aytgan. Buni bilish maqsadida o‘sha mehmonning o‘ziga ham telefon qilib so‘radim. Shu gaplarni tasdiqladi”, — deydi marhumaning akasi Muzaffar Yusupov.

    Mazkur voqea xususida Qashqadaryo viloyat prokuraturasidan axborot so‘raganimizda prokuratura axborot xizmati rahbari Jasur Shukurov tahririyat tomonidan yozma murojaat taqdim qilinishi lozimligini, yo‘qsa og‘zaki so‘rovga javoban axborot berilmasligini bildirdi. Shukurov bu talab Bosh prokuratura tomonidan aytilganini qo‘shimcha qildi.

    So‘ngra mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landik. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, tahririyat so‘rovi yozma bo‘lishi mumkinligi haqida hech qanday talab qo‘yilmagan.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbirining og‘zaki so‘roviga javoban Hayot Shamsutdinov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2021-yilning 16-yanvar kuni soat 19:00 da Chiroqchi tumanining Oqto‘nli qishlog‘ida yashagan N.Yu. noma’lum sabab bilan molxonasining kirish eshigi oldida ustiga solyarka sepib, o‘zini yoqib yuborgan va butun tana a’zolarining kuyish jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

    43 yoshli N.Yu.ning o‘z joniga qasd qilib vafot etganligi holati bo‘yicha Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Marhuma N.Yu.ning o‘limi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi, shuningdek, uning ruhiy holatini aniqlash uchun sud psixologiya ekspertizasi tayinlangan.

    Bosh prokuraturaning qo‘shimcha qilishicha, jinoyat ishi bo‘yicha Chiroqchi tumani IIB hamda tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ul xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

    16.03.2021, 07:22   Izoh (0)   44747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamentiga yangi rahbar tayinlandi

    16.03.2021, 06:35

    Buxoroda 100 oy davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi

    16.03.2021, 06:12

    Tanzila Norboyeva: “Ayol hokimlarning faoliyatini ‘a’lo’ deyishga hali vaqt bor”

    16.03.2021, 01:21

    O‘zbekistonda 5 377 ta mahallaning elektr ta’minotini yaxshilash uchun 15 ming km elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingta transformator yangilanadi

    16.03.2021, 00:56

    O‘zbekistonliklar fevral oyida katta miqdorda dollar ayirboshladi

    16.03.2021, 00:35

    Surxondaryoda 22 yoshli yigit otasiga tegishli mashinada YTHga uchrab, halok bo‘ldi

    16.03.2021, 00:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46

    Dizaynerlar qo‘lida bor narsalardan yaratgan: mashhur filmlardagi afsonaviy kostyumlar

    Kino | 16 avgust, 15:30

    OpenAI ChatGPT ilovasidan qancha daromad olgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 16 avgust, 15:11

    Avstraliyalik olimlar mahalliy qushlarning ayrim turlari jinsini o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 14:59

    Taqiqlangan diniy materiallar tarqatgan jizzaxlik 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.