• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu sotqinlik, ‘kozyol’lik-ku, deb men ham aytaman”. Rasul Kusherbayev qoidabuzarlik suratga olinib, jo‘natilishi haqida

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev tadbirkorlar tomonidan foto va videofiksatsiya vositalarining o‘rnatilishi, ko‘chalarda fuqarolarning qoidabuzarliklarni shaxsiy telefonlariga surat olib yuborilishi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kusherbayev shaxsiy munosabatini nafaqat deputat sifatida, balki barcha qatori haydovchi pozitsiyasidan bildirayotganini aytgan.

    “Tadbirkorlarning radar qo‘yishi haqida gapiradigan bo‘lsam, omadini bersin, qo‘yaverishsin. Men ham deputat sifatida ‘ha bu tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, u yoq, bu yoq’, deb fikrlarga qo‘shilishim mumkin. Lekin oddiy fuqaro, haydovchi sifatida aytadigan bo‘lsam, bu odamlarning psixologiyasiga juda yomon ta’sir qilyapti. Biz yetarli infrastruktura yaratmay turib hamma joyga radar qo‘ydik, yana telefonda suratga olib, jo‘natvorsa pul beradi deb… Qo‘pol qilib aytganda ‘kozyol’lar jamiyatiga o‘xshab ketyapti”, — deydi u.

    Deputat “men ham oddiy insonman. Bu “sotqinlik, ‘kozyol’lik-ku, deb men ham aytaman”, — deya so‘zida davom etgan.

    “Avvalo, sen kimgadir shuni qo‘llayotgan bo‘lsang, uning o‘rnida ota-onang yoki o‘zing bo‘lishingni tasavvur qil, o‘zingdan o‘tkazgin. Agar o‘zingda og‘rimasa, shuni qil, degan bo‘lar edim. Balki, bu insonlar uchun sinovdir. Lekin men shuni bildimki, o‘zining foydasi yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan odamlar ko‘p ekan. Ularga 10-15 ming so‘m beryaptimi, ertaga 100 ming so‘m berib, vataningni sot, desa ham sotvorishga tayyorlar ko‘p ekan. Bu juda yomon. Vaqti kelib bu to‘xtar. Agar mening qo‘limda bo‘lganida to‘xtatgan bo‘lar edim”, — deya ta’kidlagan Kusherbayev.

    Quyi palata deputati joriy qilinayotgan tartiblar biror qonun bilan belgilab berilmaganini, balki hukumat yoki vazirlar va idoralar qarorlari, qonunosti hujjatlar bilan tasdiqlanayotganini qo‘shimcha qilgan.

    U, shuningdek, buning oqibati qanday bo‘lishiga e’tibor qaratgan.

    “Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazyapti. Yana bir marta aytaman, bu yaxshimas aslida. Lekin profilaktika uchun deb kimlardir aytayotgandir, to‘g‘risini aytsam, men bunga qo‘shilmagan bo‘lar edim. Bu qanday tarbiya? Sotqinlarni yetishtirib chiqarayotganga o‘xshab qolayapti-da. Bu ertaga nima oqibatlarga olib kelishi mumkin? Ya’niki, shundan qaytmagan odam, ertaga bundan ham og‘irroq narsani taklif qilsangiz ‘pul uchun tap tortmaydigan odamlarni’ yaratib qo‘ymayapmizmi, degan joyi ham bor. Biroq ikkinchi tomoni yo‘llarda tartib bo‘lishiga sharoit yaratib beradi”, — degan Rasul Kusherbayev.

    Deputat tanganing ikkinchi tomonini ham inobatga olish lozimligini qayd etgan.

    “Lekin ‘parkovka’ masalasi, yo‘llarni ahvoli — ta’mirtalabligi, ba’zan majbur bo‘lib qoidani buzib qo‘yadi. Hamma sharoit qilib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘shanda ham odamlar ochiqchasiga [qoida] buzayotgan bo‘lsa, bu haddidan oshibdi, mana shu yerga qilish kerak, ya’ni boshqalar ham rasmga olib jo‘nataversin, der edim. Lekin haligacha infratuzilmaning o‘z yaxshi qilib berilmagan-ku. Ba’zi joylarda, bozorlar va yirik savdo majmualari atrofida ‘parkovka’ning o‘zi yo‘q. Markazda ishxonalar joylashgan joyga boring, aylanib yuraverasiz qayerga qo‘yishni bilmay. Kasalxonalarni oldida sharoit yo‘q. Majbur bo‘lasiz qoidani buzib qo‘yishga”, — deydi Kusherbayev.

    Mazkur video avvalroq e’lon qilinib, ayrim sabablarga ko‘ra o‘chirib tashlangan edi. Deputat ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sabab qayta joylaganini ma’lum qilgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil dekabr oyida “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingandi. Qarorga ko‘ra, 1-martdan boshlab tadbirkorlarga yo‘l harakati buzilganini qayd etuvchi kamera va radarlar o‘rnatish huquqi beriladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda tadbirkorlarning radar o‘rnatishiga ruxsat beriladigan hududlarning auksion narxlari e’lon qilindi

    Avvalroq O‘zbekistonda “parkovka” qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori qanchaga pasaytirilayotgani ma’lum qilingandi.

    16.03.2021, 11:59   Izoh (0)   41565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi tushdi

    16.03.2021, 09:26

    Navoiyda bir qator ko‘p qavatli binolar noqonuniy qurilayotgani aniqlandi

    16.03.2021, 09:10

    Samarqandda IIB tergovchilari boshlig‘iga 1000 dollar pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi

    16.03.2021, 08:47

    Toshkentning Do‘mbirobod dahasidagi chorrahada yuzaga kelgan tirbandlikni bartaraf etgan 11 yoshli bola voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi

    16.03.2021, 08:23

    O‘zbekiston aholisining atigi 10 foizi 4G interneti bilan qamrab olingani aytildi

    16.03.2021, 07:46

    Chiroqchida 43 yoshli ayol kuyish alomatlari bilan o‘lik holda topildi. Marhumaning yaqinlari ayol o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda

    16.03.2021, 07:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.