“Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Koman myunxenliklar klubi tomonidan 50 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortildi.
Futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga xizmat mashinasi hisoblangan Audi’da emas, o‘zining shaxsiy Mercedes’ida kelgan.
Qo‘riqlash xizmati Komanni avtoturargohga kiritmagan. Natijada fransiyalik futbolchi mashinasini ko‘chada qoldirishga majbur bo‘lgan. Endi futbolchiga jarima to‘lash majburiyati yuklanadi.
Qoidaga ko‘ra “Bavariya” futbolchilari mashg‘ulot va o‘yinlarga kelishda, shuningdek, ish bilan bog‘liq uchrashuvlarda faqat rasmiy homiylar — Audi va Volkswagen avtomobillaridan foydalanishi kerak. Bu qoida haqida “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamidjich yanvar oyida ma’lum qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)