O‘zbekiston hududi 15-mart kuni antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Kun davomida havo 3-8 daraja iliqqacha isiydi, bu mart oyining o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan ancha sovuqdir, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, antisiklon periferiyasi mamlakat hududidan 16—17-mart kunlari sekin ortga chekinadi. Kechalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va chorshanba kuni kunduzgi harorat 9-14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Hududlarning ko‘p qismida ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida salqin va nam havo massalari kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati, ayniqsa, kunduz kunlari keskin ko‘tariladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat kunduz kunlari 20-25 daraja iliq, janubda 27 daraja iliqqacha bo‘lgan qiymatlarga yetadi va me’yordan 6-8 darajaga ko‘p bo‘ladi.
15—19-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Izoh (0)