Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 27-turi doirasida “Milan” o‘z maydonida 14-mart, yakshanba kuni “Napoli”ni qabul qildi.
Tomonlar har qancha urinmasin, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 49-daqiqaga kelib neapolliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Pyotr Zelinskining uzatmasini Matteo Politano golga aylantirdi. Mazkur gol o‘yin so‘ngiga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa “Napoli” safarda kechgan bahsda g‘alabani qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 50 taga yetkazdi. Jennaro Gattuzo shogirdlari musobaqa jadvalida 5-o‘rinni band etgan. “Milan” esa hisobidagi 56 ochkosi bilan 2-o‘rinda bormoqda. Musobaqa peshqadami “Inter” klubi bo‘lib, Antonio Konte jamoasi ayni damda 65 ochkoga ega.
“Milan”—“Napoli” uchrashuvi videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
A Seriya
27-tur bahsi
14-mart, yakshanba
“Milan”—“Napoli” 0:1
Gol: 0:1 – 49 Politano.
“Milan” – Donnarumma, Diogu Dalot, Teo, Tomori, Gabbiya, Krunich (Rebich, 60), Kastilyexo (Salemakers, 60), Tonali, Kessie (Meyte, 67), Chalxono‘g‘lu (Braim Dias, 60), Rafael Leau (Heuge, 79).
“Napoli” – Ospina, Hyusay, Di Lorenso, Kulibali, Maksimovich, Demme (Bakayoko, 80), Zelinski (Elmaz, 75), Politano (Mariu Ruy, 80), Fabian Ruis, Insinye, Mertens (Osimhen, 59).
Ogohlantirishlar: Maksimovich (25), Di Lorenso (69), Teo (87).
Chetlatish: Rebich (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)