Guldastalar qanchalar chiroyli bo‘lmasin, darrov so‘lib qoladi. Ammo pomidordan yasalgan lola guldasta ham dasturxonga ko‘rk bag‘ishlaydi, ham uning mazasi barchaga manzur keladi.
Kerakli mahsulotlar:
- bulg‘ur bug‘doyi – 1-2 osh qoshiq;
- uzunchoq shakldagi pomidor – 7-11 dona;
- feta pishlog‘i – ta’bga ko‘ra;
- zaytun yog‘i – 1 osh qoshiq;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Bulg‘ur bug‘doyi qaynatib olinadi, so‘ngra sovitishga qo‘yiladi.
- Pomidorning to‘rt tomoni asta kesilib, ichidan go‘sht qismi ajratib olinadi.
- Pomidorning go‘sht qismi maydalanib, bulg‘ur, ko‘kat, pishloq, yog‘, tuz va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
- Aralashma ehtiyotkorlik bilan pomidorlar ichiga solinadi va ko‘k piyozlar tozalanib, pomidorning tag qismiga joylashtiriladi.
- Hosil bo‘lgan lola guldasta dasturxonga tortiladi.
Izoh (0)