Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri ko‘chalarida yangi rusumdagi Captiva avtomobili aks etgan foto va videolar tarqaldi. Foydalanuvchilar tomonidan yangi Captiva O‘zbekistonda qachondan ishlab chiqarilishi, uni qanday imkoniyatlarga egaligi va boshqa turli savollar qoldirilgan.
Yangi Captiva-5 yuzasidan izoh olish maqsadida “Daryo” muxbiri UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati rahbari Zumrad Shojalilova bilan bog‘landi.
Shojalilovaning ma’lum qilinishicha, ushbu yangi Captiva’ning UzAuto Motors kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo‘q. “Kimdir o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun chet mamlakatdan olib kelgan bo‘lishi mumkin”, — dedi u.
Avvalroq O‘zbekistonga Chevrolet Onix’ning sinov uchun namunalari olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgandi. UzAuto Motors bu modelni ishlab chiqarish haqida 2019-yildan beri gapirib kelardi. Yangi model 9-12 ming dollar atrofida sotilishi kutilmoqda.
Izoh (0)