• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Murda va tobut uchun 600 ming dollar. Charli Chaplinning tobuti nega o‘g‘irlab ketilgan edi?

    Buyuk komik va kino ustasi Charli Chaplin odamlarni kuldirish bilan mashhur bo‘lgan, ammo o‘limidan keyin u bilan sodir bo‘lgan voqealar hech kimga kulgili tuyulmaydi. “Daryo” komediya qirolining vafotidan keyin yuz bergan g‘ayrioddiy hodisa haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1977-yil Rojdestvo kuni Chaplin vafot etadi. O‘limidan so‘ng Shveysariyaning Jeneva ko‘li tepasidagi tepaliklarda joylashgan Korsier-sur-Vevey qishlog‘idagi qabristonga dafn etilgan. Chaplinning Shveysariyaga borib qolishi ham o‘zgacha tarix. 1952-yilda Chaplinning “Diqqat markazida” filmining premyerasi AQShda bo‘lishi kerak edi. Ammo Chaplinning dushmanlari uning o‘zi va filmlarini kommunistik xayrixohlikda ayblashgan va shu tufayli  AQShga qayta kirish vizasi berilishini rad etishganidan so‘ng, oila Shveysariyada qolib yashashga majbur bo‘lishgan edi.

    Dafn marosimidan bir necha oy o‘tgach, 1978-yil 2-martda ikki bezori juda g‘aroyib  tarzda pul ishlashga qaror qildi: ular buyuk Chaplinning jasadini qabrdan o‘g‘irlab, uning bevasidan katta miqdordagi pul – 600 ming AQSh dollari talab qilishdi. Una Charli Chaplinning to‘rtinchi rafiqasi (Mildred Xarris, Lita Grey va Pauletta Goddarddan keyin) va dramaturg Yevgen O’Nilning qizi edi.

    Chaplinning bevasi Unadan o‘g‘rilar naqd 600 000 AQSh dollar miqdorida to‘lovni talab qilganidan so‘ng, politsiya uning telefonini nazoratda ushlab kuzata boshladi. Una erining murdasi uchun o‘g‘rilarning bu talabini “kulgili” deb to‘lovni to‘lashdan bosh tortgan edi. Politsiyachilar Una xonimga go‘yoki rozi bo‘lgandek o‘zini tutishini iltimos qilishgan. Una xonim keyinchalik bu bema’ni holatni  “Agar Chaplin tirilib kelsa, buni ko‘rib kulgidan yana qayta o‘lishi mumkin edi” deb izohlagan. Politsiya surishtiruviga mamlakatning eng kchli detektivlari jalb qilindi va bundan tashqari mintaqadagi 200 ta telefon budkalarini tunu kun kuzatish boshlandi. Keyinroq qo‘ng‘iroq qiluvchilar uning eng kenja farzandiga tahdid qilishdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Besh haftalik tergovdan so‘ng, politsiya ikki avtomashina mexanigi – polshalik Roman Vardas va bolgariyalik Gantscho Ganevni hibsga oldi. Aniqlanishicha, ular Chaplin murdasini 17-may kuni Chaplinlar oilasidan bir chaqirim uzoqlikda joylashgan makkajo‘xori maydoniga ko‘mib yuborishgan.

    Sudda erkaklar hech qachon tanani tahqirlash yoki uni olib ketishni niyat qilmaganliklarini da’vo qilishdi. Dastlab Chaplinning tobutini olib tashlash, qabrni chuqurroq qazish va keyin uni yer osti qatlami ostida yashirish rejalashtirilgan edi. Murdani o‘g‘irlash o‘rniga, ular faqat uning yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi taassurot qoldirishni xohlashganini aytishdi. Ammo ishlar rejadan chiqib ular murdani o‘g‘irlashga majbur bo‘ldilar. Yil oxiriga kelib, Shveysariya sudi ikkala shaxsni ham o‘liklarning tinchligini buzishda va tovlamachilikda aybdor deb topdi.

    Internetda bu odamlar va ularning keyingi taqdiri haqida ozgina ma’lumot mavjud. Xabarlarga ko‘ra, ikki jinoyatchi 1977-yilda Italiyada sodir bo‘lgan shunga o‘xshash voqeadan ilhomlanib, tezda boyib ketishga umid qilishgan. Sudlanganidan keyin ikki erkak Una Chaplin xonimga o‘zlarining chin dildan afsuslanishlarini bildirgan maktublar yuborishdi. Oxir oqibat Una ularni kechirdi.

    Hodisa uyushtiruvchisi deb topilgan Vardas to‘rt yarim yillik og‘ir mehnatga hukm qilindi. Ganev 18 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi, chunki uning jinoyat uchun javobgarligi cheklangan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Chaplinga kelsak, uning oilasi kelajakdagi o‘g‘irlik urinishlarini oldini olish uchun uning jasadini beton qabrga qayta ko‘mgan. 6 futlik beton quyilgan qabr qaroriga uning bevasi Una Chaplin keladi. U bu qarorini yana bir shunday hodisani ko‘tara olmasligi bilan izohlagan.

    Yana shunday o‘g‘irliklar tarixi

    Jasadni o‘g‘irlash  va bu orqali boyish harakati uzoq tarixga ega. Qadimiy Misr tarixiga oid mumiyolangan tanalarni pullash Yevropada XVIII asr boshlarida kuzatilgan. Hatto, qirolicha Viktoriya davridagi anatomiklar va shifokorlar uchun yangi ko‘milgan tanani qazib oluvchi maxsus kasb egalari ham bo‘lgan. Bu hollar mo‘may pul uchun qilingan bo‘lsa, ba’zida bu ish siyosiy yoki qasos tarzida ham amalda ko‘ringan. Masalan, Avraam Linkolnning o‘ldirilishidan keyin uning jasadini qo‘lga olish uchun bir nechta rejalar mavjud edi. Qo‘shiqchi Elvis Presli vafotidan ko‘p o‘tmay, to‘rt kishi uning maqbarasini buzmoqchi bo‘lgan paytda hibsga olingan. Mashhur Eva Peronning jasadi o‘nlab yillar davomida qayta-qayta ko‘milgan. Bir necha yil oldin Enzo Ferrari jasadi oilaviy qabrdan o‘g‘irlab ketilishi mumkin edi, o‘g‘rilar Ferrari tanasi uchun 10 million dollar ishlab olishni rejalashtirgan edi.

    Abdulaziz Akramov tayyorladi

    05.03.2021, 21:48   Izoh (0)   53341
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozongani haqida e’lon qildi. Yana qaysi mamlakatlar bu marraga yaqin qolmoqda?

    05.03.2021, 14:10

    Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa k...

    05.03.2021, 13:45

    Qirg‘izistonda prezidentning Facebook sahifasiga qilingan xakerlik hujumi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi

    05.03.2021, 13:21

    AQSh qirg‘izistonlik narkobaron Kolbayev haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 5 mln dollargacha oshirdi

    05.03.2021, 12:44

    Bloomberg: AQSh va Britaniya kimyoviy qurol qo‘llaganlik uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda

    05.03.2021, 11:23

    Pashinyan bilan kelishmovchilikdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari sudga murojaat qildi

    05.03.2021, 06:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.