• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 14-sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) videoanjuman shaklida o‘tgan 14-sammiti ishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligida o‘tgan tadbirda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, shuningdek, IHT bosh kotibi Hadi Sulaymonpur hamda mintaqaviy tuzilmalar rahbarlari ham ishtirok etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sammit kun tartibiga muvofiq COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda ushbu nufuzli tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

    Davlat rahbari o‘z nutqida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hududi – bu tarixi, dini, madaniyati va qadriyatlari mushtarak, ulkan salohiyatga ega bo‘lgan mintaqa ekanini alohida ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Pandemiya sharoitlarida mamlakatlar iqtisodiyotining kuchli va zaif tomonlari yaqqol ko‘ringani qayd etildi. Ushbu xatar mintaqa mamlakatlari bir-biriga o‘zaro bog‘liq ekani, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish zarurligini ochiq-oydin namoyon etdi.

    Shu bilan birga, IHTga a’zo mamlakatlarning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti, deb ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti.

    Ta’kidlanishicha, 2025-yilga qadar davrga mo‘ljallab qabul qilingan harakatlar dasturi doirasida ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirish maqsadida davlat rahbari tomonidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.

    O‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish maqsadida karantin chora-tadbirlari doirasida o‘rnatilgan savdo, transportga doir cheklov va to‘siqlarni bekor qilish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi. Bundan tashqari, savdoni raqamlashtirish va elektron tijoratni rivojlantirish borasidagi yechimlarni keng joriy etish hamda savdo bo‘yicha mintaqaviy bitimni tez fursatda qabul qilish taklif etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zaro kelishilgan “yo‘l xaritasi” asosida mamlakatlarning yetakchi korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Bu boradagi loyihalarni ilgari surish uchun moliyaviy hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish hamda mamlakatlarning yetakchi bank institutlari ishtirokida mintaqaviy forum o‘tkazish taklif etildi.

    Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik strategik muhim ustuvor yo‘nalish etib belgilandi. Mamlakatimiz O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon va O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy transport yo‘laklarini, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga eltuvchi marshrutlarni rivojlantirishdan manfaatdor.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Afg‘onistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish maqsadida yangi “Mozori-Sharif–Qobul–Peshavor” temiryo‘lini qurish muhim ekani ta’kidlandi.

    Shavkat Mirziyoyev qayd etgan yana bir muhim yo‘nalish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash.

    Shu munosabat bilan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan birgalikda tegishli dasturni ishlab chiqish hamda uni joriy yil mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan IHT davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi uchrashuvida taqdim etish taklif qilindi.

    Energetika haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Prezidenti sohaga, birinchi navbatda qayta tiklanuvchi energetikaga ilg‘or texnologik yechimlar va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida o‘rta muddatli strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqlim o‘zgarishining global oqibatlariga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi, sog‘liqni saqlash sohasida, shu jumladan zamonaviy tahdid va xatarlarni monitoring qilish va ularga qarshi tezkor chora ko‘rish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashkilotga samarali raislik qilgani uchun prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga minnatdorlik bildirib, raislik Turkmanistonga o‘tgani munosabati bilan prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan, ayniqsa, Yevrosiyo makonidagi mintaqalarning iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish borasidagi muhim tashabbuslari va aniq takliflari birlashmaga a’zo mamlakatlar yetakchilari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

    IHTga a’zo mamlakatlar yetakchilari o‘z nutqlarida mintaqada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishning istiqbollariga to‘xtaldi. Tashkilotning navbatdagi, 15-sammitini Turkmanistonda o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotlagani, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasiga aniqlik kiritilgani hamda Shavkat Mirziyoyev “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar berilgandi.

    04.03.2021, 21:48   Izoh (0)   9641
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 6 pog‘onaga yaxshilandi

    04.03.2021, 21:38

    Prezident farmoniga asosan “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi

    04.03.2021, 20:45

    Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

    04.03.2021, 20:11

    Mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi bitim tasdiqlandi

    04.03.2021, 19:26

    Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    04.03.2021, 19:12

    Bosh vazir o‘rinbosari Shavkat Mirziyoyevdan korxonalardan sement va temirni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishni yo‘lga qo‘yishni so‘radi

    04.03.2021, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.