O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi. Taqdirlanganlar qatoridan “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman ham o‘rin oldi.
Prezident farmoniga asosan Madina Nurman “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
Madina Nurmanova 1993-yil Jizzax shahrida tug‘ilgan. U 2017-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2016-yildan to shu kunga qadar “Daryo” internet-nashrida fotomuxbir sifatida ishlab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezident farmoniga asosan “Daryo” internet-nashrining bosh muharriri o‘rinbosari Dilshod Sharipov ham “Shuhrat” medali bilan mukofotlangandi.
Mavzuga doir: “Daryo” fotomuxbiri Madina Nurmandan yil suratlari
Izoh (0)