Honda kompaniyasi yangi xavfsizlik tizimi jamlanmasi — Honda Sensing Elite’ni taqdim etdi. Uning ichidan Yaponiya hukumati tomonidan rasman tasdiqlangan uchinchi darajali avtopilot — Traffic Jam Pilot funksiyasi ham o‘rin olgan. Zamonaviy jamlanmadan birinchi bo‘lib Legend Hybrid EX biznes-sedani “foydalanmoqda”, deb yozadi Motor.
Elite pristavkasiga ega Honda Sensing jamlanmasi xavfsizlik tizimining navbatdagi evolyutsiya bosqichi hisoblanadi. Undagi asosiy yangilik — Traffic Jam Pilot funksiyasi bo‘lib, u uchinchi darajali avtomatlashtirilgan talablarga javob beradi va ayrim vaziyatlarda, masalan, avtomagistrallardagi tirbandliklarda boshqaruvni o‘z qo‘liga ola oladi. O‘z ishida u yuqori tiniqlikdagi uch o‘lchamli xaritadan, sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi, kuzovdagi datchik va kameralardan foydalanadi, shuningdek, salondagi kamera orqali haydovchini kuzatadi.
Elite jamlanmasining bir qismi Hands-off funksiyasi (“qo‘lsiz”) hisoblanib, u faol kruiz-nazorat vaqtida rulni qo‘lga olish, shuningdek, “tirbandliklar” uchun avtopilotdan foydalanish imkonini beradi. Haydovchi burilish haqida ishora beruvchi chiroqlarni yoqqan taqdirda ham, yoki oldinda ketayotgan transport vositasi juda sekin harakatlansa, avtomobil mustaqil ravishda harakatga moslasha oladi.
Agar haydovchi tizimning bir nechta signallari, jumladan, xavfsizlik kamaridagi vibratsiyaga qaramay rulni ushlamasa, u tezlikni kamaytirib, avtomobilni yo‘l chetida to‘xtatadi.
Xavfsizlik kompleksini tekshirish uchun Honda 10 millionga yaqin ehtimoliy yo‘l transport hodisalarini modellashtirgan va 1,3 million kilometr yurib, haqiqiy testlarni o‘tkazgan. Bundan tashqari, Sensing Elite qurilmalardan birining kutilmaganda ishdan chiqishiga qarshi imkoniyatga ega — u holda tizim qo‘shimcha xatarlarsiz o‘z ishini davom ettira oladi.
Yaponiyada ilg‘or avtopilotga ega Honda Legend Hybrid EX sedanlari 5-martdan lizingga berila boshlanadi. Avtomobillar sotuvga qachon chiqishi hozircha noma’lum.
Avvalroq Honda kompaniyasi sirli model — kelajakdagi mashinalarni yodga soluvchi futuristik konsept-kar uchun patent olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)