Gretsiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi, episentrga yaqin bo‘lgan Damasi, Vlaxogianna va Mesoxori qishloqlaridagi binolarga jiddiy talafot yetgan, deb yozmoqda Kathimerini.
Mamlakatda 6 balli yer silkinishi kuzatilgan. Vayron bo‘lgan uylarning birida keksa yoshli insonni devor bosib qolgan. Shuningdek, mahalliy cherkov binosiga jiddiy zarar yetgan.
Elasondan Larisaga olib boruvchi avtoyo‘lda joylashgan ko‘prikda ko‘zga tashlanadigan yoriq paydo bo‘lgani tufayli vaqtincha yopib qo‘yilgan.
Mahalliy aholi zilziladan keyin ham muayyan vaqt davomida ko‘chalarda to‘plangan, xiyobonlar va ochiq maydonlarda bo‘lgan.
Izoh (0)