Jahon avtomobil sanoati bozorini yapon mashinalari egalladi. Bu haqda Focus2Move avtomobil portalining hisobotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
2020-yilda eng ko‘p sotilgan yengil mashinalar reytingida birinchi o‘rinni Toyota Corolla sedani egallagan. Ro‘yxatdagi qolgan to‘rtta o‘rin ham yapon avtomobillariga tegishli.
Statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili 1 097 556 dona Toyota Corolla sedani sotilgan. Bu 2019-yilga nisbatan 10,5 foizga kam demak.
Ikkinchi o‘rin Toyota RAV4 krossoveriga nasib etdi. 2020-yilda ushbu modeldan 995 762 nusxa sotilgan. Reytingning uchinchi pog‘onasida Honda CR-V krossoveri joylashgan bo‘lib, undan yil davomida 736 980 nusxa sotilgan va bu ko‘rsatkich undan oldingi yilga nisbatan biroz past.
2020-yilda eng ko‘p sotilgan mashinalar qatoridan yapon avtomobillaridan tashqari, Volkswagen’ning ikkita modeli ham o‘rin olgan.
Avvalroq J.D. Power konsalting agentligi minilgan mashinalar egalari o‘rtasida har yilgi so‘rovnomasini o‘tkazib, dunyodagi eng ishonchli uch yillik avtomobillar reytingini taqdim etgandi. Yetakchilar qatoridan Lexus, Porsche va Kia markalari o‘rin olgan.