“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli Meksika serialida suratga tushadi. Loyiha ijodkorlarining xohishiga binoan uning qanday nomlanishi haqida ma’lum qilinmagan, deb yozadi “Rus.Turkey.com”.

Kollaj: “Daryo” / Foto: Turk Cinema

Ikkinchi farzandini dunyoga keltirganiga hali ko‘p bo‘lmagan aktrisa amerikalik va meksikalik hamkasblari bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni tiklagan bo‘lib, ayni vaqtda meksikaliklar tomonidan ilgari surilgan loyiha yetakchilik qilmoqda.

Foto: Turk Cinema

Maryam rol ijro qilish uchun taklif qilingan mazkur serialning klassik melodrama janrida bo‘lishi, shuningdek, nafaqat Meksika, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishishi kutilmoqda. Avvalroq Maryam Uzerli

farzandining otasi suratini ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.