• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonlik muhojir besh yoshli bola hamda uning onasi, buvisi, bobosini o‘ldirishda gumon qilinmoqda

    2021-yilning 28-fevral kuni Nijniy Novgorod yaqinidagi uyning biridan voyaga yetmagan bola, uning onasi, buvisi va bobosining jasadlari topildi. Ular vahshiylarcha o‘ldirilgan, deb xabar beradi BBC. Gumonlanuvchi qo‘shni Vladimir viloyatida qo‘lga olingan bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilmoqda.

    Foto: “NNovgorod.Sledcom.ru”

    Foto: “NNovgorod.Sledcom.ru”

    Rossiya Tergov qo‘mitasi shaharning Kudma posyolkasida sodir bo‘lgan mudhish voqea to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqlagan — besh yoshli bolakay, 41 yoshli ona 63 yoshli buvi va 64 yoshli bobo o‘ldirib ketilgan.

    Marhumlar jasadini tekshirish vaqtida zo‘ravonlik alomatlari aniqlangan. Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-modda (ikki yoki undan ortiq kishining o‘ldirilishi) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov hozircha fojia yuzasidan boshqa ma’lumotlarni oshkor etmagan.

    Mamlakat Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, ikki nafar gumonlanuvchi Nijegorod bilan qo‘shni bo‘lgan Vladimir viloyati hududida YHXBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Tergov qo‘mitasi esa gumonlanuvchilar bir kishi ekanligini bildirmoqda.

    Jinoyat ishida o‘ldirib ketilgan oilaning uchastkasida mehnat qilgan ishchilar gumon qilinmoqda, ular ushbu jinoyatni o‘g‘rilik maqsadida amalga oshirgan bo‘lishlari mumkin.

    “Interfaks”ning yozishicha, gumonlanuvchi bir kishi — O‘zbekiston fuqarosi. “U oilada ishlagan. Qotillik sabablari o‘rnatilmoqda”, — deyiladi xabarda. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar gumonlanuvchi tomonidan pichoqlangan yoki bo‘g‘ib o‘ldirilgan. “Ham pichoq, ham bo‘g‘ib o‘ldirish alomatlari mavjud”, — deydi manba.

    “Gumonlanuvchi O‘zbekistondan kelgan bo‘lib, oilada turli ishlarni bajargan. Qotillik o‘g‘rilik maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin”, — deydi “RIA Novosti” manbasi.

    Rossiya Tergov qo‘mitasining Nijegorod boshqarmasi to‘rt kishidan iborat oilaning o‘ldirilishida 26 yoshli erkak gumonlanayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, gumonlanuvchining tergov vaqtida olingan surati ham e’lon qilingan.

    Foto: “NNovgorod.Sledcom.ru”

    Foto: “NNovgorod.Sledcom.ru”

    Tergov qo‘mitasining press-relizida yozilishicha, gumonlanuvchi avval garajda ishlayotgan 64 yoshli nafaqaxo‘rga hujum qilgan, shundan so‘ng uning uydagi 63 yoshli rafiqasiga tashlanib, jabrlanuvchiga pichoq orqali jarohat yetkazgan.

    “Keyin esa 41 yoshli kelinini va uning besh yoshli o‘g‘lini o‘ldirgan. Katta miqdordagi pul va qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan”, — deyiladi bayonotda.

    “Interfaks” manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lga olish rejasi bo‘yicha uni olib ketayotgan taksichi yordamida ushlangan. “U taksichiga 45 ming rubl bergan, Sankt-Peterburgga bormoqchi bo‘lgan”, — deydi agentlik manbasi.

    Oilaning ikki a’zosi — to‘ng‘ich qiz va uning otasi fojia vaqti uyda bo‘lmagani sabab omon qolgan.

    Mavzuga doir:

    • Moskvada 5 nafar ayolni o‘ldirgan o‘zbekistonlik manyak ustidan sud boshlandi
    • Leningradda yosh yigit o‘zbekistonlik fuqaroni unga tanbeh bergani sabab pichoqladi (video)

    01.03.2021, 16:42   Izoh (0)   55506
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastlashda davom etmoqda

    01.03.2021, 16:20

    Yashnobodda yuk mashinasi issiqlik quvurlariga kelib urilgani oqibatida tumanning ayrim hududlari 12 soatga issiqlik tizimidan o‘chiriladi

    01.03.2021, 16:09

    Zoir Mirzayev kelin-kuyovga elektrchoynak sovg‘a qilganiga izoh berib, bu safar maktab o‘quvchisiga fen berdi (video)

    01.03.2021, 15:47

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

    01.03.2021, 15:23

    “Shavkat Miromonovich uyga kirmay, oyoq kiyimlarini yechishni boshladilar. Menga noqulay bo‘ldi. Podyezdga yechdilar, ishonasizmi?”

    01.03.2021, 15:11

    Bloger Otabek Sattoriyga nisbatan yangi ayblov e’lon qilindi

    01.03.2021, 14:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.