Markaziy bank 2-martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,38 so‘mga pastlab, 10 517,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 101,66 so‘mga pastlab, 12 661,56 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 15-fevraldan boshlab valyuta kursi haftada bir marta emas, har ish kuni e’lon qilinishi belgilangan. Mamlakatda dollarning rasmiy kursi 26-fevraldan buyon ko‘tarilmadi.
Izoh (0)