Namanganda “Moskvich” avtomobili ariqqa ag‘darilib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021-yil 24-fevral kuni soat 10:30 larda Namangan shahar “Mehribonlik” MFY 1-o‘tish yo‘li Ixlos ko‘chasida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, shu ko‘chadan oqib o‘tgan “Yangi ariq” arig‘iga ag‘darilib ketgan.
Oqibatda avtomashinada bo‘lgan mahalladoshi, 1962-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan avval Farg‘onada Lacetti bilan to‘qnashgan Matiz yonib ketishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi ayol vafot etgani, Qarshida “Jiguli” yo‘ldan o‘tayotgan 15 yoshli qizni urib yuborgani hamda Samarqandda ijarachi yigit o‘zi yashab kelgan xonadon egasining mashinasini olib qochib, YTHga uchragani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)