• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Masjidga kirishi ruxsat etilgan yagona hayvon. Mushuklarga bo‘lgan munosabat shakllanishida qanday omillar rol o‘ynaydi?

    Insonlarning jonivorlarga munosabati va bunga ta’sir etuvchi omillar haqidagi adabiyotlar nihoyatda kam ekani sabab mazkur materialni tayyorlashda barcha mavjud ilmiy maqolalardan va manbalardan imkon qadar foydalandik.

    Mushuklar bir necha ming yilliklardan beri insonlar bilan yonma-yon yashab kelishiga qaramay, ayrim xalqlar ularni boshqalaridan ko‘proq yaxshi ko‘radi. Boshqa jamiyatlarda esa butkul befarqlik, hatto beshafqat munosabat kuchli ekani kuzatiladi. Quyida bunga sabab bo‘lgan bir qator omillarni sanab o‘tamiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xalqlarning o‘tmishi

    Mustaqil tadqiqotchi Xurshid Yo‘ldoshevning fikrlariga ko‘ra, mushuklarga munosabat xalqning o‘tmishda ko‘chmanchi yoki o‘troq bo‘lganiga qarab farqlanishi mumkin. Ya’ni qadimda ko‘chmanchi bo‘lgan xalqlarda mushuklarga simpatiya hisi bo‘lmaydi. Chunki ular bir yerda muqim yashamagani hisobiga omborlari ham bo‘lmagan, tabiiyki, mushuklarga ehtiyoj ham bo‘lmagan. O‘troq xalqlar esa hosilini g‘amlab qo‘ygan hamda mushuklar uni kemiruvchilardan himoya qilgan. Natijada mazkur jonivor ularning turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etgan. Yillar o‘tib, ko‘chmanchi xalqlar o‘troqlashsa-da, ularda turmushiga begona bo‘lgan jonivorga nisbatan instinktiv tarzda antipatiya qolib ketgan. Xalq og‘zaki ijodi, rivoyatlar hamda irim-sirimlarda ham mushuk obrazi muayyan xalqning ushbu hayvonga munosabatidan kelib chiqqan.

    Irim-sirimlar

    Irim-sirimlar qadimdan odamlarning hayotida mavjud bo‘lib, avloddan avlodga o‘tib keladi. Ularning paydo bo‘lishiga muayyan narsadan bexabarlik, bilimsizlik sabab bo‘ladi. Mushuklar haqidagi turli irim-sirimlar ham mushukning xulq-atvorini yaxshi bilmaydigan, mushuk bilan yaqin bo‘lmagan odamlar orasida urchigan. Bu ham ma’lum ma’noda savodi yuqori bo‘lmagan, ilm darajasi past bo‘lgan jamiyatlarda jonivorga nisbatan nafrat uyg‘onishiga turtki bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qora mushuk

    Ko‘pgina xalqlarda qora rang o‘lim, qayg‘u, yovuzlik ramzi hisoblanadi. Sage Publications nashrida amerikalik psixolog-tadqiqotchilar Hayli Jons va Kristian Hartning “Qora mushuk atrofidagi keng tarqalgan salbiy fikrlar” nomli maqolasi chop etilgan. Tadqiqotchilar o‘z izlanishlari davomida so‘rovda qatnashayotganlarning diniy e’tiqodi, irim-sirimlarga ishonish-ishonmasligi hamda irqchilik borasidagi qarashlarini hisobga olgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, salbiy munosabat qora mushuklarning yuzidan uning emotsiyalarini o‘qiy olmagan odamlarda ko‘proq kuzatiladi. Bunday odamlarda, shuningdek, irim-sirimlarga ishonish yuqori darajada turadi. Buning diniy yoki irqiy qarashlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

    Ijtimoiy muhit

    Elsevier nashri doirasiga kiruvchi Social and Behavioral Sciences jurnalida chop etilgan “Hayvonlarga bo‘lgan munosabatning psixologik va ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlari” maqolada muallif, ruminiyalik tadqiqotchi Livia Apostol va boshqalar hayvonlarga munosabat shaxsda empatiya qay darajada rivojlangani bilan bog‘liq, degan fikrni ilgari surgan. Unga ko‘ra, boshqa bir shaxsga nisbatan empatiya, ya’ni uning holati va hissiyotlarini tushunish hissi yuqori bo‘lgan odamlarda hayvonlarga ham mehr yuqori bo‘ladi. Hayvonlarning himoyasizligi, holatini so‘zlar orqali ayta olmasligi ularga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning kuchayishiga turtki bo‘ladi. Shuningdek, oiladagi muhit bunday munosabat shakllanishida ahamiyatga ega. Kichikligidan ota-onasining uy hayvonini parvarishlashini ko‘rgan bolalarda boshqa bolalarga nisbatan mushuk-kuchuklarga moyillik ko‘proq bo‘ladi.

    Dinlar

    Sivilizatsiyaning ilk o‘choqlaridan biri bo‘lmish qadimgi Misrda mushuklar nihoyatda ulug‘langan, hatto go‘zallik ilohi Bastet ham mushuk tasvirida bo‘lgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Islom dinida esa masjidga kirishiga ruxsat etilgan yagona hayvon mushuk hisoblanadi. Shuningdek, Muhammad (s.a.v.) ham kiyimlarida mushuk uxlab qolganida, uning uyqusini buzmaslik uchun kiyimlarining o‘sha qismini kesib, keyin o‘rinlaridan turganlari haqida hadislar bor. Bundan tashqari, sahobalardan biri Abu Hurayra (“Mushuklar otasi”) ham mushuklarga mehr qo‘ygani bilan mashhur.

    Yahudiylikda muqaddas hisoblangan diniy yozuvlar to‘plami — Talmudda mushuk bir necha bor juda foydali hayvon sifatida (masalan, uyga yaqinlashgan mayda ilonlarni ovlagani haqidagi hikoyatlar) va o‘rnak bo‘la oladigan jonivor sifatida (“Agar Tavrot nozil qilinmaganida, biz ozodalikni mushuklardan o‘rgangan bo‘lardik”) tilga olingan.

    Nasroniylik dinida payg‘ambar Iso (alayhissalom) och-nahor yotgan mushukni qo‘liga olib, bag‘riga bosib, qishlog‘iga olib ketgani, unga suv va taom bergani hikoya qilinadi. Keyinchalik payg‘ambar bu mushukni Lorensa ismli beva shogirdiga tuhfa qilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘zbekistonda mushuklarga munosabat

    Afsuski, O‘zbekistonda mushuklarga munosabat havas qilarli darajada emas. Mamlakatda nafaqat mushuklarga, balki boshqa hayvonlarga nisbatan ham beshafqat munosabat tez-tez kuzatiladi. Achinarlisi, oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali kuchuk va mushuklar qiynoqqa solingan manzara aks etgan videotasvirlar tarqalishi ommalashgan. Bunday harakatni sodir etgan shaxslarga nisbatan davlat tomonidan ma’muriy jazo mavjud bo‘lsa ham (amalda jarima to‘lanadi, ammo hozirda Bosh prokuraturaning so‘roviga ko‘ra, hayvonlarni qiynoqqa solgan fuqarolarni 6 oygacha ozodlikdan mahrum etish haqida moddani Jinoyat kodeksiga kiritish muhokama qilinmoqda), jamiyatda buning kuchli ta’siri ko‘rinmayapti. Hatto fevral oyida Toshkent shahar Bektemir tuman hokimligi maktab o‘quvchilariga ko‘cha hayvonlari, xususan, daydi kuchuk va mushuklardan ehtiyot bo‘lish, ularning quturgan bo‘lish ehtimoli yuqoriligi hamda hayvonlar hujum qilganda qanday chora ko‘rish kerak ekani yuzasidan trening tashkil qilgan. Bunday harakatlar, shubhasiz, voyaga yetmagan bolalarda jonivorlarga nisbatan qo‘rquv va boshqa salbiy hislarni uyg‘otadi.

    Ziyodaxon G‘ulomova tayyorladi.

    28.02.2021, 21:14   Izoh (0)   47868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar organizmda koronavirusdan keyingi belgilar qachon butunlay yo‘qolishini aniqladi

    27.02.2021, 13:56

    Yerning eng aniq yassi xaritasi yaratildi

    23.02.2021, 13:59

    Olimlar uxlayotgan inson bilan muloqot qilishni o‘rganib oldi

    21.02.2021, 13:57

    Dunyodagi eng katta aysberg muzli mozaikaga aylandi (foto)

    18.02.2021, 16:58

    Koronavirusdan tuzalgandan keyingi sindrom alomatlari ma’lum qilindi

    15.02.2021, 16:36

    “Butun dunyodagi koronavirusning barcha zarralari bitta kola idishiga sig‘adi” — matematik

    12.02.2021, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.