Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 26-turida Londonning “Arsenal” klubi 28-fevral, yakshanba kuni “Lester” maydoniga safar qildi.
Dastlab 6-daqiqada “Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemans jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo mezbonlar 39-daqiqada David Luizning bosh bilan yo‘llagan zarbasini o‘tkazib yubordi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda “to‘pchilar” foydasiga penalti belgilandi va undan aniq foydalangan Aleksandr Lyakazett jamoasini hisobda oldinga olib o‘tdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Nikolya Pepe “Lester” darvozasini ishg‘ol qildi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Mikel Arteta shogirdlari ochkolari sonini 37 taga yetkazgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. O‘z uyida mag‘lubiyat qabul qilib olgan “tulkilar” esa o‘zining 49 ochkosi bilan hozircha 3-o‘rinni band etgan.
APL
26-tur bahsi
28-fevral, yakshanba
“Lester”—“Arsenal” 1:3
Gollar: 1:0 – 6 Tilemans, 1:1 – 39 David Luiz, 1:2 – 45, penalti Lyakazett, 1:3 – 52 Pepe.
“Lester”: Shmeyxel, Suyunju, Evans (Amarti, 69), Tomas (Olbrayton, 46), Rikardu Pereyra, Tilemans, Ndidi, Barns (Under, 51), Kastan, Vardi, Iheanacho.
“Arsenal”: Leno, Tirni, Mari, David Luiz, Soaresh, Jaka, an-Nenni (Parti, 66), Pepe, Smit-Rou (Edegor, 42), Villian, Lyakazett (Obameyang, 84).
Ogohlantirishlar: Tomas (38), Tilemans (72), Tirni (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)