Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pandemiya boshidan buyon bir milliondan ortiq xorijlik ishchi Buyuk Britaniyani tark etdi. Bu haqda London Qirollik kollejining iqtisodiyot professori Jonatan Portesga tayanib, “Kommersant.ru” xabar berdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Bu Ikkinchi jahon urushidan buyon chet ellik ishchilarning mamlakatni tark etishi bo‘yicha qayd etilgan eng baland ko‘rsatkich.

“Bizning risk shundaki, odamlar qaytib kelmasligi xavfi hamda ishchi kuchi va malakali kadrlar yetishmasligiga duch kelishimiz mumkin, natijada biz ishlab chiqarishning bir qismini, o‘sish va doimiy soliq tushumlarini yo‘qotamiz, — dedi professor Portes. — Ayniqsa Londonda migratsiyaning iqtisodiy o‘sishga yordam berishini inobatga olsak, bu noxush xabar bo‘lishi mumkin”.

Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi (ONS) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida Buyuk Britaniyaning chet ellik ishchilari soni o‘tgan yilning oldingi davrlariga nisbatan 795 mingga kam bo‘lgan. Portesning fikriga ko‘ra, ONS chet elliklarning mamlakatdan chiqib ketishini yetarlicha baholamayapti.

Avvalroq Buyuk Britaniyada COVID-19 sabab e’lon qilingan asosiy cheklovlar iyun oyi oxirida bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi