• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Oq “qotil” — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar

    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shakar kokainga nisbatan 8 baravar ko‘proq qaramlikni keltirib chiqaradi. Darhaqiqat, odamlar tushunib-tushunmay asta-sekin o‘zlarini halok qilmoqda. Ushbu xavfli qaramlikdan qanday qilib butunlay qutulish mumkinligi haqida gaplashamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ko‘plab mutaxassislarning ta’kidlashicha, shirinlik va xamirli taomlarga qaramlik ovqatlanishning hissiy emas, balki biologik buzilishi hisobiga yuzaga keladi. Afsuski, pechenyelar, kekslar, gazlangan salqin ichimliklar, souslar (masalan, ketchup) ko‘plab odamlarning odatiy ovqatlanish tarziga allaqachon kirib bo‘lgan va aynan ular yuqori xavf darajasini keltirib chiqaradi. Garvard universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda sutli kokteyl nafaqat qondagi qand va insulin miqdorini keskin oshirib, qandga bo‘lgan ishtiyoqni keltirib chiqarishi, balki miyadagi o‘zgarishlarni ham qo‘zg‘atishi mumkinligi aniqlandi: shakar organizmdagi qaramlikni chaqiruvchi markazlarni “uyg‘otadi”.

    Mavzuga doir: Ozmoqchi bo‘lganlar uchun 5 mazali nonushta

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shakarga bo‘lgan qaramlikdan xalos bo‘lish va sog‘liqqa zarar yetkazadigan uglevodlarni zararsizlantirish rejasiga qat’iy amal qilgan holda bundan xalos bo‘lish mumkin. Tanani tozalash va qayta tiklash uchun ushbu qoidalarga atigi 10 kun davomida amal qilish kifoya!

    Mavzuga doir: Shirinlik, sut va dermatologlar tiyilishni tavsiya qiladigan boshqa mahsulotlar

    Shirinliklardan qat’iyan voz keching

    Afsuski, haqiqiy fiziologik qaramlikni yengishning to‘liq rad etishdan boshqa usuli yo‘q. Shirinliklardan qat’iylik bilan voz keching: shakarning barcha turlari, xamir mahsulotlari va barcha sun’iy shirinlik beruvchi komponentlardan (ular qaramlikni kuchaytirib, metabolizmni sekinlashtiradi, bu esa organizmda yog‘ to‘planishiga olib keladi). 10 kun davomida tarkibida transyog‘lar va glutamat natriy bo‘lgan har qanday qayta ishlangan taom iste’mol qilishdan saqlaning.

    Mavzuga doir: “Nimadir yegim kelyapti”. Shirinlik o‘rnini bosuvchi foydali yeguliklar

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kaloriyaga boy ichimlik ichmang

    Shakarning suyuq shakli shakar yoki un tarkibida bo‘lgan uglevodga qaraganda ancha zararli. Shakarli ichimliklar uglevodni jigaringizga to‘g‘ridan to‘g‘ri tashiydi. Natijada to‘qlik hissi paydo bo‘lmaydi, shuning uchun kun davomida ko‘proq ovqatlanasiz, yanada ko‘proq shakar va uglevodlarni iste’mol qilish xohishi kuchayadi.

    Gazlangan ichimlik, shirin choy yoki qahva kabi tarkibida shakar bo‘lgan barcha sharbatlar (meva va sabzavotlardan tashqari) va energetik  ichimliklar kaloriyaning eng katta manbasi hisoblanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yarim litrlik gazlangan ichimlik tarkibida 15 choy qoshiq shakar borligini unutmang. Bir kunda bitta gazli ichimlik yosh bolaning semirish xavfini 60 foizga, ayollarda esa II toifa diabetga chalinish xavfini 80 foizga oshiradi.

    Mavzuga doir: Miya faoliyatini yaxshilaydigan 7 ichimlik

    Ratsioningizga proteinga boy mahsulotlar qo‘shing

    Ayniqsa, nonushta paytida oqsilga boy taom iste’mol qilishga harakat qiling. Bu qondagi shakar va insulin miqdorini muvozanatda ushlab turadi, shuningdek, shakarga bo‘lgan xohishni kamaytiradi. Ko‘proq yong‘oq, pista, tuxum, baliqdan foydalaning. Bundan tashqari, tabiiy yo‘l bilan oziqlantirilgan, antibiotik va gormonlarsiz boqilgan hayvon yoki yuqori sifatli parranda go‘shtini ratsionga kiriting.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir: Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari ratsionga kiritilishi kerak?

    Foydali uglevodli mahsulotlarni muntazam iste’mol qiling

    Ko‘katlar, karam (gulkaram, brokkoli va boshqalar), dukkalilar, piyoz, pomidor, ukrop, baqlajon, bodring, sabzi, bulg‘or qalampiri kabi tarkibida kraxmal bo‘lmagan sabzavotlarni ko‘proq tanovul qiling. Faqat kartoshka, batat (shirin kartoshka), qovoq va lavlagini menyudan chiqarib turish lozim.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir: No‘xat sho‘rva, karam do‘lma, omlet va Pekin karamidan tayyorlanadigan boshqa mazali taomlar retsepti

    Yog‘ yordamida shakar bilan kurashish

    Ortiqcha vazn to‘planishining sababi aslida yog‘ emas, balki shakardir. Yog‘ to‘qimalar oziqlanishida va qondagi shakar miqdorini muvozanatlashda yordam beradi. Tarkibida zaytun, kokos, avokado va omega-3 yog‘lari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga e’tibor qarating.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir: Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot

    Yallig‘lanish jarayonini to‘xtating

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yallig‘lanish qondagi shakar miqdori muvozanatining buzilishiga, II turdagi diabet keltirib chiqarishga sababchi bo‘ladi. O‘n kun davomida eng keng tarqalgan glyuten va sut mahsulotlaridan saqlaning. Bu oson bo‘lmaydi, lekin ularsiz ikki-uch kundan keyin quvvat oshganini his qilasiz, og‘irlikdan xalos bo‘lasiz va ko‘plab simptomlar yo‘qolganini yaqqol sezasiz.

    Mavzuga doir: Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik

    Tiniqib uxlang

    Tiniqib uxlamaslik ham shakar va uglevodlarga bo‘lgan qaramlikni keltirib chiqaradi, chunki u ishtahaga javobgar gormonlarga ta’sir qiladi. Inson yaxshi uxlamasa, yetarli quvvatga ega bo‘lmaydi, natijada osonroq hazm bo‘ladigan shakarni iste’mol qiladi. Uyqu — ortiqcha ovqatlanish bilan kurashishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir: To‘yib uxlash va sarvqomatlik o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

    Shakarsiz foydali shirinliklar

    Sarxil holicha yoki uy sharoitida qayta ishlangan meva va rezavorlar bu borada sizga yordam beradi. Shuningdek, mevali salatlar, mevali smuzilar hamda quritilgan mevalar organizmning shakarga bo‘lgan ehtiyojini bemalol qondiradi. Ammo shuni unutmangki, mevalarni ovqatdan so‘ng darhol iste’mol qilish mumkin emas, 1-2 soatdan so‘ng tanovul qilish maqsadga muvofiq.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tabiiy qora shokoladni ham foydali shirinliklarga kiritish mumkin, ammo tarkibida kamida 70% kakaoli va albatta, shakarsiz bo‘lishi lozim. Tabiiy mevalar, mevalar yoki sharbatlardan tayyorlangan pastilalar ham bu borada yaxshi tanlov bo‘la oladi.

    Mavzuga doir: Shirinlikdan tiyilishga yordam beradigan 6 tavsiya

    27.02.2021, 10:52   Izoh (0)   25331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yosh bolalarda kuzatiladigan tumovni uy sharoitida davolash choralari

    26.02.2021, 19:44

    Smartfonlardan tarqaladigan nur teriga zarar yetkazishi haqiqatmi yoki yolg‘on?

    26.02.2021, 08:54

    Tishlar salomatligi uchun zararli va foydali mahsulotlar

    25.02.2021, 16:34

    Moychechakli damlama — go‘zal va sog‘lom teri uchun samarali vosita

    25.02.2021, 15:56

    Qorin og‘rig‘iga befarq bo‘lmaslik uchun 7 sabab

    25.02.2021, 12:58

    Uyqusiz tundan keyin tetiklashishga yordam beradigan 7 tavsiya

    25.02.2021, 08:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.