Pishloqning nozik mazasi sho‘rvaga o‘zgacha ta’m beradi.
Kerakli mahsulotlar:
- piyoz — 4-6 dona;
- sariyog‘ — 100 gramm;
- un — 1 osh qoshiq;
- tovuq yoki sabzavotli bulyon — 1 litr;
- eritilgan pishloq — 200 gramm;
- quritilgan non bo‘laklari;
- tuz;
- murch;
- ko‘katlar.
- Piyozni ikki yoki to‘rt bo‘lakka bo‘lib, parrak qilib to‘g‘rab oling.
- Qozonga sariyog‘ni solib, piyozni qovuring va 25 daqiqaga dimlang.
- Qovurilgan piyozga un solib, aralashtiring, yana 2 daqiqaga dimlang.
- Qozonga bulyonni quying, unga pishloqni solib, 15 daqiqa qaynating.
- Pishishiga 5 daqiqa qolganda tuz, murch soling.
- Dasturxonga ko‘kat va quritilgan non bo‘laklari bilan birga torting.
Izoh (0)