• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armanistonda siyosiy vaziyat keskinlashdi. Harbiylar Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda. Yerevan markazida norozilik namoyishlari boshlandi. Asosiy voqealar

    Armaniston bosh shtabi 25-fevral sanasida bosh vazir Nikola Pashinyandan iste’foga chiqishni talab qildi. Bu shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanning ishdan olinishiga javob harakati bo‘ldi. Xachatryan Rossiyaning ‘Iskander’ raketa komplekslari samarasizligi haqida bildirgan tanqidiy fikrlaridan keyin Pashinyanning taklifiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi. Bosh shtab Xachatryanning chetlatilishi uzoqni o‘ylamay, asoslangan sabablarni keltirmasdan qilingani, qaror hissiyotga berilgan holda, shoshmashosharlik bilan chiqarilganini qayd etgan. Pashinyan va uning hukumati xolis yechim topmagani shtab bayonotida ta’kidlab o‘tilgan. Hujjatga 40 nafar yuqori lavozimdagi harbiy, xususan, idora rahbari Onik Gasparyan imzo chekkan. Meduza raketa komplekslari tufayli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan (markazda) va uning tarafdorlari Yerevandagi namoyishda ishtirok etmoqda.

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan (markazda) va uning tarafdorlari Yerevandagi namoyishda ishtirok etmoqda.
    Foto: Photolure
    Pashinyan bosh shtabning bayonotini mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirishga bo‘lgan urinish deb atagan. U Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanga shtab rahbarini ishdan olishni taklif qildi, biroq prezident hali mazkur taklif bo‘yicha farmonga imzo qo‘ymagan. Shuningdek, Pashinyan o‘z tarafdorlaridan Yerevan markazidagi Respublika maydonida to‘planishni so‘ragan. Bosh vazirning o‘zi ham ko‘chaga chiqib, olomon orasida bo‘lgan. U mamlakatdagi vaziyatni nazorat ostiga olish imkoni hali borligi va generallar shtabining bayonoti “emotsional reaksiya” ekanligini bildirgan, lavozimini tark etgan harbiy rahbarlar vatanning sodiq farzandlari, qo‘riqchilari bo‘lib qolishini ta’kidlagan. Armaniston Bosh prokuraturasi shtabning ushbu harakatini konstitutsiyaga zid holat deb baholagan. Prezident inqirozni bartaraf qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi haqida va’da bergan.

    Foto: Reuters

    Foto: Scanpix

    Foto: Reuters

    Foto: Scanpix

    Armanistonning News nashri mamlakat politsiyasining 30 nafar ofitseri bosh vazir iste’fosini qo‘llab-quvvatlagani haqida xabar bergan. Nashr e’lon qilgan ro‘yxatda polkovnik va podpolkovnik unvonlariga ega zobitlar, shuningdek, besh nafar general hukumat rahbarining iste’foga chiqishini istashi oydinlashgan.

    Yerevan markazida Pashinyan tarafdorlaridan tashqari, unga qarshi chiqayotganlar ham namoyish o‘tkazgan. “Vatanni qutqarish uchun harakatlar” muxolifat partiyasi Ozodlik maydonida miting o‘tkazgan. Mamlakatning ikkinchi prezidenti Robert Kocharyan (1998—2008-yillarda Armanistonni boshqargan) va uchinchi prezident Serj Sargsyan (2008—2018-yillarda Armaniston davlat rahbari bo‘lgan) boshchiligidagi Armaniston Respublika partiyasi harbiylarni qo‘llab-quvvatlagan. Kocharyan Tog‘li Qorabog‘dagi urushda yutqazgan va yerlarni boy berganlar hukumatdan ketishi lozimligini ma’lum qildi. Parlament muxolifati — “Rivojlanayotgan Armaniston” va “Nurli Armaniston” partiyalari ham Pashinyanga qarshi chiqqan.

    Foto: LETA

    Muxolifat tarafdorlari Armaniston parlament binosi yaqinida chodir tikishni boshlab yuborgan.

    Foto: LETA

    Foto: AP Photo

    Armaniston bosh vaziri 23-fevral kuni ‘Iskander’larning jangovarlik xususiyatiga shubha bilan qarashi haqida ‘1in’ nashriga intervyu bergandi. U sobiq prezident Serj Sargsyanning Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi urushning dastlabki kunlaridanoq “Iskander” qurollaridan foydalanishi zarur bo‘lgani haqidagi fikrlariga javob qaytargan.

    “Balki Sargsyanning o‘zi nima uchun dushmanga yo‘naltirilgan ‘Iskander’ raketalarining portlamagani yoki atigi 10 foizigina faollashgani yuzasidan javob berar”, — deya kinoya qilgan Pashinyan.

    Qorabog‘ uchun urush vaqtida Armaniston milliy qahramoni unvoniga munosib ko‘rilgan general Tiran Xachatryan esa Pashinyanning ushbu so‘zlari ustidan kulgan. U bosh vazirning ‘Iskanderlar’ haqidagi bayonotiga “Yerevan. Segodnya” nashri orqali munosabat bildirgan. Harbiy uzoq vaqt kulgan va bu imkonsiz ekani, bayonotni jiddiy qabul qilib bo‘lmasligini aytgan.

    “Kim nima deganini bilmayman, biroq bunday bo‘lmaydi, bu imkonsiz”, — deya general kulib aytgan so‘zlarini keltirgan “Yerevan. Segodnya”.

    Armaniston — Rossiyadan ‘Iskander’ raketa komplekslarini xarid qilgan yagona mamlakat. Armaniston qurollari orasida to‘rtta raketa sozlanmasi mavjud. Avval ularning Ozarbayjonga qarshi Tog‘li Qorabog‘ uchun urushda ishlatilishi xabar qilingandi. ‘Iskander’ Rossiyaning so‘nggi avlod qurollaridan biri hisoblanadi, shu sababli ham Rossiya uchun xalqaro maydonda mazkur qurolga bildirilgan munosabat muhim, deb yozgan “Yerevan. Segodnya”. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Pashinyanning gaplariga izoh berishni istamagan va Rossiya harbiy texnikasi o‘z samaradorligini bir necha marta isbotlaganini eslatib o‘tgan. Peskov Armanistonda vaziyat keskinlashib borayotganidan xavotirda ekanligini ham ta’kidlagan.

    “Pashinyan gapirgan gaplar anglashilmovchilik”. Rossiya Mudofaa vazirligi ham Armaniston bosh vazirining ‘Iskanderlar’ haqidagi fikriga munosabat bildirgan.

    Bu Armanistonda Pashinyanga qarshi birinchi marta o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari emas. 2020-yil noyabr oyida Tog‘li Qorabog‘ urushi to‘xtatilib, hudud Ozarbayjonga berilishi kelishilganidan buyon bosh vazirning rahbarlik kursisi qimirlab qolgan. Noyabrda Yerevanda Pashinyan iste’fosini talab qilib, norozilik namoyishlari o‘tkazilgan. Namoyishchilar hukumat va parlament binosiga bostirib kirib, bosh vazir rezidensiyasini ship-shiydam qilib ketdi. Pashinyan o‘shanda muammoni hal etishda Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatishdan boshqa muqobil yechim ko‘rmaganini bildirgan.

    26.02.2021, 07:53   Izoh (0)   16810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo bo‘ylab eng ko‘p dollar millionerlari yashaydigan shahar nomi ma’lum qilindi

    26.02.2021, 06:52

    Avstraliyada mahalliy yangiliklar uchun internet platformalarining OAVga pul to‘lashi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

    26.02.2021, 06:35

    McDonald’s maxfiy razvedka bo‘linmasiga ega. U ish haqini oshirishni talab qiluvchi xodimlarni kuzatib boradi

    26.02.2021, 06:20

    Olib tashlangan so‘nggi haykal, juni o‘zidan og‘ir qo‘chqor, konkidagi politsiyachilar. 25-fevral suratlari

    25.02.2021, 23:57

    Pfizer va BioNTech COVID-19 vaksinasining uchinchi dozasini sinovdan o‘tkazishni boshladi

    25.02.2021, 23:26

    Dubay malikasi Latifa Britaniya politsiyasidan singlisining o‘g‘irlanishi yuzasidan qayta tekshiruv o‘tkazishni so‘radi

    25.02.2021, 21:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.