• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘rta Yer dengizi sohillaridagi ekologik fojia (foto, video)

    O‘rta Yer dengizining Isroildagi sohiliga o‘nlab tonna mazut chiqib qolgan. Mamlakat hukumati tarixdagi eng katta ekologik fojia boshlanganini ma’lum qilgan. Yuzlab dengiz jonivorlari halok bo‘lgan, zararlangan hududni tozalashga bir necha yil vaqt ketishi mumkin. “Korrespondent.net” hodisa tafsilotlari haqida ma’lumot bergan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    O‘tgan haftada kuzatilgan kuchli bo‘ronlardan keyin qariyb 200 metr masofaga cho‘zilgan Isroil sohilining katta qismida mazut qoldiqlari topildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bo‘ron yangi mazut qoldiqlarini O‘rta Yer dengizining Isroildagi sohiliga uloqtirishda davom etmoqda. Hukumat aholidan mazkur sohillardagi plyajlarga bormaslikni so‘ragan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zararlangan hududlarda o‘lik baliqlar, toshbaqa va qushlarning qora tusdagi jasadlari topilmoqda. Shuningdek, plyajlardan birida 17 metr uzunlikdagi finval kitining jasadi topilgan. Nahang yorib ko‘rilgan vaqtda uning tanasida qora suyuqlik borligi aniqlangan. Biroq hukumat kitning o‘limiga yonilg‘i yutib yuborish sabab bo‘lganligi borasida aniq dalillar yo‘qligini qayd etgan.

    https://www.facebook.com/watch/?v=230522118534699&t=32

    Minglab askarlar va volontyorlar sohilni chiqindidan tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Mahalliy hukumatning hisob-kitoblariga ko‘ra, hududni to‘liq tozalash uchun bir necha oy va hatto yil talab etilishi mumkin.

    Isroillik amaldorlar qor bo‘roni neft qoldig‘ining qayerga tushishini topishga xalal bergani va shu sababli ham mamlakatda mazkur hodisa oqibatlariga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rilmaganini ta’kidlagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mamlakat atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining fojiani o‘rganish yuzasidan o‘tkazgan maxsus kuzatuv parvozi vaqtida ushbu idora xodimlari mazut qoldiqlarining sohildan 200-500 metr oraliqdagi joylarda, suv yuzasida mavjudligini ko‘rishgan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Ekspertlar neft mahsulotining qoldiqlari oqibatida atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori katastrofik ekani, ekotizimning qayta tiklanishiga yillar ketishi mumkinligini aytgan.

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    “Neft mahsulotlari g‘ayrioddiy darajada ko‘p. Bizning hududda sohilning ifloslanish ko‘rsatkichi hech qachon bu qadar yomon bo‘lmagan. Sohilni tozalash va bu yerdagi ekotizimning eski holatiga qaytishi uchun o‘n yillab vaqt ketishi mumkin”, – degan Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi dengiz ekologi Rut Yagel.

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Yagelning so‘zlariga ko‘ra, neft mahsulotining oqishi oqibatida birinchi navbatda dengiz shilliq qurtlari, toshbaqalar, mollyuskalar, qisqichbaqalar va dengiz o‘tlari talafot ko‘rgan.

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    “Ifloslanish ekotizimga jiddiy ziyon yetkazishi, ya’ni delfinlar, akulalar va katta toshbaqalarning hayotini ham xavf ostida qoldirishi mumkin”, – degan ekolog.

    Bundan tashqari, neft mahsulotlarining dengiz sohillariga tushishi yer osti suvlariga ham zarar olib kelishi ehtimoli yuqori.

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Ekspertlar Isroil sohili yaqinidagi dengiz suvida cho‘milishning inson salomatligiga zarari borasida muayyan fikr bildirish qiyinligini ta’kidlagan, biroq hukumat plyaj atrofida sayr qilmaslik, sport bilan shug‘ullanmaslik yoki 16 ta eng yomon ifloslangan hududlarda dam olmaslikni tavsiya qilgan.

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Shunga qaramay, minglab isroilliklar plyajlarga yetib kelgan va sohillarni mazut qoldiqlaridan tozalash ishlarida qatnashmoqda. Ayrim ko‘ngillilar zaharli moddalar ta’siriga tushgani sabab shifoxonaga ham yotqizilgan.

    Ekologik fojia sodir bo‘lgan hududga mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham kelgan va hodisa oqibatlarini o‘rgangan.

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    Foto: Isroil qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi

    “Isroilga kelgan Misr energetika vaziri bilan mazkur masalada suhbatlashdim. Kemalarni gaz motorli yonilg‘ida ishlatish, neft mahsulotlarining atrof-muhitga zarar yetkazayotgani borasida fikr almashdik. Menimcha, boshqa mamlakatlar ham bizning safimizga qo‘shilsa, bir necha yil ichida bu borada o‘zgarishlar qila olamiz”, – degan Isroil hukumati rahbari.

    Isroil hukumatining a’zolari sohilning ifloslanishiga sohil yaqinidagi kemalar sababchi ekanini taxmin qilgan. Amaldorlar hodisa aybdorlarini topish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilishi va choralar ko‘rilishini va’da bergan.

    Foto: Flash90

    Foto: Flash90

    Jami to‘qqizta kema ishga aloqador ekani gumon qilingan, ular o‘tgan haftada sohildan 50 kilometr uzoqlikda suzib o‘tgan, deyiladi Israel Hayom xabarida.

    Ammo Green Ocean kompaniyasi vakili Vadim Manov bo‘ronlar suv sathida saqlanib qolgan va dengizda suzgan kemalarda ishlatib bo‘lingach suvga tushgan mazutni sohilga chiqarib tashlagan deb hisoblamoqda.

    Manov bu borada bir nechta muhim jihatni sanab o‘tgan va quyidagicha savollar bergan:1. Nima uchun neft mahsulotining dog‘lari suvda ko‘rinmagan?2. Nega mazut qoldiqlari sohilga chiqib qolgan?3. Hodisaning bo‘ronga aloqador jihati qanday?4. 300 tonna yonilg‘idan 160 kilometrlik maydon zararlanib qolishi qanday yuz bergan?5. Nima uchun greklar, kiprliklar va turklar bu voqealardan bexabar? (Livan, Suriya, Misr, G‘azo sektori OAVlari ham bu haqda axborot bermagan)

    Ekspert Isroilda kemalar bilan ishlashning me’yorlashgan tizimi yo‘q deb hisoblaydi. Shuning uchun ham ishlatib bo‘lingan mazut portlardagi qabul uchun ortiqcha mablag‘ sarflamaslik maqsadida suvga chiqarib tashlangan.

    U mazut qoldig‘i uning o‘zidan ham yopishqoq bo‘lishi va sovuq suvga tushgach to‘planib, dengiz tubiga tushib ketishi, bo‘ron vaqtida to‘plangan qoldiqlar suv tubidan qo‘zg‘alib, Isroil sohillariga chiqib qolishini aytgan.

    22-fevralda Isroil Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi so‘roviga ko‘ra, ekologik fojia yuzasidan tekshiruv tafsilotlarini oshkor qilish sud tartibida taqiqlab qo‘yilgan.

    Sud qaroriga ko‘ra OAVga surishtiruvning har qanday tafsilotini ma’lum qilish, xususan, gumondorlar haqida ma’lumot berish taqiqlangan. Kemalar, portlar, jo‘nashlar va ularning manzillari haqida axborot berish mumkin emas.

    Jurnalistlar birlashmasi, Kan teleradioeshittirish korporatsiyasi va Globs gazetasi talablarni olib tashlash yoki neft mahsulotlarining sohilga chiqib qolishi bo‘yicha materiallar chop qilishga qo‘yilgan taqiqlarni yumshatishni so‘rab sudga murojaat etgan.

    24.02.2021, 08:46   Izoh (0)   25398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    San-Marinoga “Sputnik V”ning dastlabki partiyasi yetkazib berildi. Preparat Gayanada ham ro‘yxatdan o‘tkazildi

    24.02.2021, 08:22

    Ilon Mask 15 milliard dollar boyligini yo‘qotdi va dunyoning eng boy odami maqomidan ayrildi

    24.02.2021, 08:10

    Koronavirusga qarshi qabul qilingan vaksina samara berganini ko‘rsatuvchi belgilar ma’lum qilindi

    24.02.2021, 07:12

    Tojikiston 2020-yilda davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 342 million dollar tashqi yordam oldi

    24.02.2021, 06:55

    Braziliya Pfizer vaksinasini foydalanish uchun tasdiqladi

    24.02.2021, 06:40

    Berdimuhamedov Ashxobod yubileyi va Turkmaniston mustaqilligiga tayyorgarlik ko‘rish ishlaridan norozi bo‘ldi

    24.02.2021, 00:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ommaviy tozalash: Telegram 20,9 mln dan ortiq kanallarni o‘chirib tashladi

    Layfstayl | 15 avgust, 14:05

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    17-avgust kuni Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 13:23

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    “Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lish ehtimoli 25 foiz” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    Qoraqalpog‘iston Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.