• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Pilingning yuz terisi uchun qanday foydasi bor? Muolajani necha yoshdan boshlab qo‘llagan ma’qul? O‘zbekistonlik mutaxassis javobi

    Bugungi kunga kelib piling muolajasi eng ko‘p foydalanilayotgan xizmat turlaridan biriga aylangan. Xo‘sh, uning yuz terisi uchun qanday ijobiy xususiyatlari bor? Necha yoshdan muolajani qo‘llash mumkin? O‘zbekistonda piling xizmatlarining narxi qancha? Bu haqda “Daryo”ga tajribali shifokor-kosmetolog Hilola Fayziyeva batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

    Foto: Instagram/@dr.hilola_xayrullayevna

    Foto: Instagram/@dr.hilola_xayrullayevna

    Piling qanday protsedura?

    Piling terining ustki qatlami, ya’ni hujayralari nobud bo‘lgan o‘lik yuzasidan xalos bo‘lishga yordam beradi. Shu bilan birga, husnbuzar, mayda ajinlar, dog‘lardan qolgan chandiqlarni, qolaversa, ayollarni eng ko‘p tashvishlantiradigan muammo — qora nuqtalarni yo‘q qiladi.

    To‘g‘ri, mazkur protsedura teridagi barcha yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni bartaraf eta olmaydi, ammo qarishning dastlabki belgilariga qarshi kurashishda yordam beradi. Shuningdek, terini silliqlaydi, namlaydi va yashartiradi. Qisqa qilib aytganda, piling muolajasining yuz uchun ijobiy xususiyatlari talaygina.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Piling kimlarga mumkin emas?

    Piling muolajasini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud. Masalan, dermatitlarda (yallig‘lanish kasalligining o‘tkir bosqichida), yuqumli kasalliklarda, terida ochiq jarohatlar bo‘lganda, homiladorlik va emizish davrida, allergiya va tutqanog‘i borlarga, qolaversa, qo‘llanilayotgan piling tarkibidagi ingrediyentlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lganlarga tavsiya etilmaydi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Pilinglarning qanday turlari mavjud?

    Protsedura ta’sir kuchiga qarab yengil, o‘rta va chuqur darajadagi pilinglarga bo‘linadi.

    Kosmetologiyada pilinglarning Glikolli (glikoleviy), salitsilli (salitsiloviy), azelainli (azelainoviy), retinolli (retinoyeviy), marjonli (koralloviy), sutli (molochniy) sariq (jyoltiy) turlari juda mashhur.

    Misol uchun, azelainli, salitsilli pilinglar toshmalar va ulardan qolgan izlari bor yuzlarga foyda beradi. Glikolli va sutli pilinglar — yuz rangini ochartirishda va dog‘larni oqartirishda qo‘llaniladi.

    Marjonli, sariq pilinglar esa chuqur darajadagi muolaja bo‘lgani uchun ko‘proq husnbuzarlardan qolgan chandiq va dog‘larda ketkazishda yaxshi natija beradi.

    Pilinglar turiga qarab, o‘rtacha 150 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha baholanadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Chuqur darajadagi pilinglarni birdaniga qo‘llab bo‘lmaydi

    Faoliyatim davomida ko‘p bo‘ladi: aksariyat ayollarimiz foydasi haqida o‘qib, sariq yoki marjonli piling qilib qo‘ying deb keladi. Biroq men ana shunday mijozlarga mazkur pilinglar juda chuqur darajadagi muolaja bo‘lgani bois birdaniga yuzga qo‘llab bo‘lmasligini tushuntiraman. Dastlab yuz terisining fototip, elastikligi, qalin yoki yupqaligi, teshikchalar keng yoki torligini aniqlash lozim.

    Shuningdek, har doim yengil tipdagi pilingdan boshlash kerak. Sababi teri pilingga nisbatan qanday reaksiya berishini bilmaymiz. Shuning uchun avvalo yuzni o‘rta va chuqur darajadagi pilingga tayyorlab, keyin protsedurani qo‘llashimiz lozim.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Qaysi mavsumda piling muolajasidan foydalanish mumkin?

    Avvallari kuz oyining oxirlaridan to bahor boshlangunga qadar piling mavsumi deyilardi.

    Chunki quyoshli kunlarda piling qilinsa, yuzga har xil dog‘lar tushishi va keyinchalik asorati qolishi mumkin edi.

    Biroq hozirga kelib pilinglar shu darajada rivojlanib ketdiki, endi istalgan mavsumda yengil va o‘rtacha ta’sirga ega protseduradan foydalanish mumkin. Faqat undan so‘ng doim quyosh nuriga qarshi kremlarni surtish va iloji boricha quyosh nurlaridan himoyalanish lozim.

    Chuqur darajadagi marjonli, sariq pilinglarni esa faqat qish oylaridan to martgacha (quyosh nuri kuchsiz paytlarda) qo‘llash mumkin.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Nima uchun quyoshga qarshi kremlarni hatto uyda ham surtib yurish kerak?

    SPF — ultrabinafsha nurlanishini yutadigan maxsus modda bo‘lib, terini quyosh nurlaridan himoya qiladi. Biz doimo tarkibida SPF bor kremlardan foydalanib yurishimiz kerak. Chunki ultrabinafsha nurlari ta’sirida yuz terisi juda tez qariydi. Bundan tashqari, teri quruqlashib, ajinlar, dog‘ tushishi tezlashadi.

    Aksariyat ayollarimiz SPF kremini faqatgina quyoshli kunlarda surtib, qishda foydalanish shart emas deb hisoblaydilar. Ammo qorda ham teriga nojo‘ya ta’sir etuvchi nurlar bor.

    Hattoki uyda ham SPF kremlarini surtib yurish lozim. Chunki kompyuter, telefon va televizordan taraladigan nurlar ham yuz terisiga zararlidir.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Qizlarni yoshlikdanoq o‘zini o‘zi parvarish qilishga o‘rgatish lozim

    Avvallari piling muolajasi faqat 18 yoshdan keyin tavsiya qilinardi. Biroq yuz terisida muammo paydo bo‘lsa, muolajadan 14 yoshda ham foydalanish mumkin. Afsuski, bizning mentalitetimizda aksariyat ayollar, ayniqsa, yosh qizlar kosmetologga bormaydi, deyishadi.

    Qizining yuzida turli muammolar bo‘lsa-da, ko‘pchilik onalar mutaxassisga olib kelmaydi. Qachonki yoshi o‘tib, yuzdagi muammolar kattalashgandan keyingina kosmetologga murojaat qilishadi. Lekin bu juda noto‘g‘ri qarash.

    Qizlarimizni bolaligidanoq o‘zini o‘zi parvarish qilishga, nafaqat yuziga, balki butun tanasiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatishimiz kerak. Boisi yuzdagi muammolar kattalashganidan so‘ng uni bartaraf qilgandan ko‘ra boshidanoq oldini olgan afzal.

    Mavzuga doir: 

    • Piling, skrab va massaj: Uy sharoitida qilsa bo‘ladigan SPA muolajalari - 
    • Go‘zallik salonlaridagi yuzni tozalash muolajalari bo‘yicha to‘liq qo‘llanma va teri turlari bo‘yicha tavsiyalar 
    • Konnyakudan ultratovushli cho‘tkagacha: uy sharoitida yuz terisini tozalash bo‘yicha qo‘llanma (foto) 
    • Qimmat kremlar o‘rnini bosa oladigan arzon vositalar: Ularni dorixonadan topish mumkin 

    23.02.2021, 13:35   Izoh (0)   58250
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Behuda xavotir va tashvishlardan qanday qutulish mumkin?

    23.02.2021, 12:58

    Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak? Shifokor-trixologdan 12 maslahat

    23.02.2021, 10:39

    Farzandingiz dasturxon atrofida telefon o‘ynamasligi uchun nima qilish kerak?

    22.02.2021, 09:54

    Bekajonlar uchun foydali: oshxona jihozlarini tozalash bo‘yicha 7 ta layfxak

    20.02.2021, 15:57

    Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik

    19.02.2021, 18:46

    Homiladorlar uchun moda qoidalari: Bo‘lajak onalar qanday qilib zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin? (foto)

    17.02.2021, 20:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.