• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi mahallalar jinoyatchilik holatiga qarab “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratiladi

    O‘zbekistondagi mahallalar, tuman va shaharlar u yerdagi jinoyatchilik holatiga qarab “qizil”, “sariq” va “yashil” ranglarga ajratiladi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov vazirlik markaziy apparati rahbariyati va viloyat IIB, idora shaxsiy tarkibi hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: IIV axborot xizmati

    Foto: IIV axborot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda fuqarolarning jamoat joylarda xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy xavfli jinoyatlar, shu jumladan, kibermakondagi jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilingan.

    Ichki ishlar vazirining ta’kidlashicha, ko‘plab rahbarlar ichki xotirjamlikka berilgan, mahallalarga borib ishlamagan, o‘z vaqtida muammolarni aniqlab, ularga yechim topmagani sabab ayrim mahallalarda jinoyatchilik holatlari ko‘paygan.

    “Tartib-intizom, qonunlarga bo‘lgan hurmat, fuqarolarning xotirjamligi, birinchi navbatda, mahallalarda tartibga solingan bo‘lishi kerak”, — deydi Po‘lat Bobojonov.

    IIV rahbari Prezident so‘zlaridan iqtibos keltirib, profilaktika inspektorlariga keraksiz ishlar haddan tashqari yuklangani, bu esa ularning asosiy faoliyatini — jinoyatchilikning oldini olishga xalaqit berishini ta’kidlagan.

    Foto: IIV axborot xizmati

    Foto: IIV axborot xizmati

    Shundan kelib chiqib, vazir mahallalardagi faoliyatni yangi tizim bo‘yicha amalga oshirish vazifasini qo‘ygan. Xususan, mahallalar, tumanlar va shaharlar u yerdagi jinoyatchilik holatidan kelib chiqib uch toifaga ajratiladi — “qizil”, “sariq” va “yashil”. Jinoyat o‘choqlari mahallalarning o‘zida qayd etiladi, ularning paydo bo‘lish omillarini tahlil qilish asosida aniq va maqsadli ishlar olib boriladi.

    O‘z navbatida, jinoyatlar ko‘p sodir bo‘ladigan mahallalarga qo‘shimcha profilaktika inspektorlari biriktiriladi, shu yerning o‘zida tezkor, post-partul va yo‘l-patrul xizmati xodimlarini jalb etgan holda ichki ishlar bo‘linmasi shakllantiriladi. Jinoyatchilik holati murakkab bo‘lgan mahallalarga “jinoyat o‘chog‘ini” bartaraf etish uchun kuchlar yo‘naltiriladi.

    Bundan tashqari, “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari asosida mahallalar kesimida aniq ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, uning yordamida “muammoli har bir shaxs bilan individual ishlar olib boriladi”.

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurgan edi. O‘shanda davlat rahbari “hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda ekanligi, odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tgani”ni ta’kidlagandi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar xodimini Namangan shahar hokimiga o‘rinbosar bo‘lishini taklif qildi

    22.02.2021, 12:10   Izoh (0)   9585
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining katta miqdordagi mablag‘ni talon-toroj qilgan bosh hisobchi ishdan olindi

    22.02.2021, 11:42

    Bosh prokuratura bir guruh onkologiya xodimlarining Prezidentga yo‘llagan murojaatiga rasmiy munosabat bildirdi

    22.02.2021, 10:22

    O‘zbekistonda 23-fevraldan havo harorati keskin sovib ketishi kutilmoqda

    22.02.2021, 09:48

    AQSh O‘zbekistondagi mustaqil OAVlarini rivojlantirishni moliyalashtirmoqchi

    22.02.2021, 07:49

    Fransiya Toshkentda suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi

    21.02.2021, 23:53

    Farg‘ona shahri prokurori: “Uydan chiqib qarasa, ro‘parasida besh qavatli ‘dom’ turibdi. O‘tirib gaplashadigan joy yo‘q”

    21.02.2021, 23:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.